• 1.7)Rejimli kuzatuv
  • 2.1)Parvarish qilish
  • 2.2)Profilaktika
  • 2.3)Rejali-ogohlantiruv ta’miri (ROT)
  • Inshootlarni qurish va ekspluatatsiya




    Download 17,83 Mb.
    bet44/106
    Sana16.05.2024
    Hajmi17,83 Mb.
    #238557
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   106
    Bog'liq
    5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx

    1.6)Diagnostika – bu inshootning texnik holatini baholash, hamda ko‘prik texnik pasportini tuzish va unga tuzatish kiritish uchun ekspluatatsiyaning xavfsiz rejimini aniqlash. O‘tkazish vaqti besh yilda bir marta. Diagnostikani ixtisoslashtirilgan tashkilot o‘tkazadi va tekshiruv hamda sinovni o‘z ichiga oladi.
    1.7)Rejimli kuzatuv – bu ko‘prik zonasidagi o‘zan jarayonlarini nazorat qilish. Rejimli kuzatuv o‘z ichiga oladi: suv sathini o‘lchash va daryo o‘zani profilini tuzish. Rejimli kuzatuvlarni ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bajaradi.
    O‘rtacha va katta ko‘priklarda suv sathi o‘lchovlarining o‘tkazish davri tayanchlari oldi yuqori tomonida – oyida 4 marta, muz ko‘chishi va toshqin vaqtida – har kuni o‘tkaziladi. O‘lchovlar natijalari sathlar grafigi ko‘rinishida rasmiylashtiriladi va ko‘prik kitobiga yozib qo‘yiladi.
    II. Saqlov – bu ko‘prik bo‘ylab ekspluatatsiyasining butun hisobiy muddati davomida xavfsiz va qulay harakatini ushlab turish bo‘yicha ishlar turi, ko‘prik, regulyatsion inshoot va ularga tutashadigan hududlar elementlarida sodir bo‘lgan nuqsonlar to‘g‘risida xabar berish yoki ularni bartaraf etish bo‘yicha ishlarni bajarish.
    2.1)Parvarish qilish – bu nuqsonlar sodir bo‘lishini oldini oladigan ishlar, ya’ni inshoot elementlari yuzasidan zararli modda va begona predmetlarni yig‘ish va olib tashlash, hamda muz ko‘chishi va toshqin suvlarini o‘tkazishni tashkillashtirish ishlari. Davriyligi: yil davomida doimiy ravishda.
    2.2)Profilaktika – bu inshoot elementlarining 10% gacha yedirilishida nuqsonlar sodir bo‘lishining boshlang‘ich bosqichida bartaraf etishni ta’minlovchi ishlar. Ishning taxminiy tarkibi: beton va temirbeton uchun – betonning gidrofobizatsiyasi (nam yuqtirmasligi), yog‘och uchun – antiseptiklash, metall uchun – bo‘yash. Davriyligi 3 – 10 yil.
    2.3)Rejali-ogohlantiruv ta’miri (ROT) – bu inshoot elementlarining 10% dan ko‘p, ammo 25% dan kam yedirilishida nuqsonlarni bartaraf etishni ta’minlovchi ishlar. ROT texnik pasportning nuqsonlar vedomosti asosida bajariladi. Ishning taxminiy tarkibi: qoplamaning chuqurlar ta’miri; xavfsizlik to‘siq va perilalari ayrim elementlarining ta’miri; piyodalar yo‘li va deformatsion choklarning ta’miri; gidroizolyatsiyaning lokal ta’miri; tayanch va oraliq qurilmalar elementlarining yuzalarini tishlash; kirish ko‘tarmasi bilan ko‘prik birikish tugunlarining ta’miri. Davriyligi 5 – 20 yil.

    Download 17,83 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   106




    Download 17,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Inshootlarni qurish va ekspluatatsiya

    Download 17,83 Mb.