• Ko‘priklar ekspluatatsiyasining ta’rifi va strukturasi
  • Buyurtmachi”
  • Inshootlarni qurish va ekspluatatsiya




    Download 17,83 Mb.
    bet41/106
    Sana16.05.2024
    Hajmi17,83 Mb.
    #238557
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   106
    Bog'liq
    5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx

    I. Nazorat qilish (qarab turish) – bu ko‘prikning transport-ekspluatatsion sifatini kamaytiradigan nuqson va shikastlanishlarni o‘z vaqtida oshkor qilish uchun kuzatuvlarning ma’lum bir tizimi.
    Nuqson – bu ko‘prik konstruksiyasi elementlarining loyiha yoki me’yoriy hujjat (QMQ, O‘zRDSt, sertifikat, texnik pasport) lar tomonidan o‘rnatilganiga mos kelmasligi.
    Shikastlanish – ekspluatatsiya jarayonida nuqsonlar mavjudligi yoki tashqi muhit agressiv omillari (suv, havo, texnogen va b.lar) ning ta’siri keltirib chiqargan, konstruksiya yoki inshootning ayrim elementlarining har qanday buzilishi.
    Ko‘priklar ekspluatatsiyasining ta’rifi va strukturasi. Ko‘priklar ekspluatatsiyasi – ko‘priklar, regulyatsion inshootlar va ularga bevosita tutashadigan hududlarning jami hisobiy xizmat qilish muddatini yaroqli holda ishining to‘liqligini ta’minlovchi, tashkiliy va texnik chora-tadbirlar majmui. Xizmat qilish muddatining kalendar davomiyligi mazkur inshoot uchun loyihada yoki normativ hujjatlarda belgilanadi.
    Umuman ko‘priklar xizmat qilish zonasiga quyidagilar kiradi:

        1. bo‘ylama yo‘nalishda - ko‘prik (yo‘l o‘tkazgich)ning o‘zi va ikki tomondan unga tutashadigan kirish uchastkalari;

        2. ko‘ndalang yo‘nalishda - ko‘priklar ko‘tarma konusida yoki regulyatsion inshootlar mavjudligida uzunligi bo‘ylab inshootning yuqori va past tomoniga 25m uzunlikka. Yo‘l o‘tkazgichlarda bu zona inshoot konusining eni bilan cheklanadi;

        3. suv oqimi o‘zani oqim bo‘yicha yuqori va pasti bo‘ylab 100m uzunlikda kuzatiladi.

    Ko‘priklar ekspluatatsiyasi bo‘yicha ko‘priklar ekspluatatsiyasi xizmati shug‘ullanadi. Ko‘priklar ekspluatatsiyasi xizmatining vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

        1. yo‘l uchun o‘rnatilgan hisobiy tezlikda va hisobiy o‘q yuklari bilan transport vositalari hamda piyodalar harakatini yil davomida, uzluksiz, xavfsiz va har jihatdan qulay (komfortli) ta’minlash;

        2. ish va material-texnik manba (resurs)larning minimal xarajatlarida inshootlarning texnik yaroqlilik holati va ularning xizmat qilishining hisobiy muddatini ta’minlash;

        3. yo‘llardagi harakat jadalligi va transport vositalarining massasi o‘sishini e’tiborga olib inshootning transport-ekspluatatsion holatini muttasil yaxshilash;

        4. inshootlarning tashqi ko‘rinishini lozim bo‘lgan (tegishli) holatda ushlab turish.

    Buyurtmachi” – tasarrufida umumiy foydalanishdagi yo‘l turgan, ko‘priklar ekspluatatsiyasini o‘tkazish bo‘yicha Shartnoma bo‘yicha boshqa yuridik shaxslarga topshiradigan ijrochi hokimiyat organi.

    Download 17,83 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   106




    Download 17,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Inshootlarni qurish va ekspluatatsiya

    Download 17,83 Mb.