• 7.4. Temirbeton quvurlarni saqlash
  • Temirbeton oraliq qurilmalarni ta’mirlash




    Download 17,83 Mb.
    bet39/106
    Sana16.05.2024
    Hajmi17,83 Mb.
    #238557
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   106
    Bog'liq
    5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx

    7.3. Temirbeton oraliq qurilmalarni ta’mirlash
    Temirbeton oraliq qurilmalarda uchraydigan nuqsonlarning asosiysi betondagi yoriqlardir. Ruxsat etilmagan kenglikdagi yoriqlarning mavjudligi armaturaning jadal ravishda korroziyalanishi va konstruksiyaning ko‘tarish qobiliyati kamayishiga olib kelishi mumkin. Oldindan zo‘riqtirilgan simli armaturaning korroziyasi ayniqsa xavflidir. Shu sababli temirbeton ko‘priklarni saqlash davrida gidroizolyatsiya, suv qochirish holati va yoriqlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishini oldini olish lozim, birinchi navbatda konstruksiyalarning ko‘tarish qobiliyatini kamayishiga olib kelishi mumkinlariga e’tibor beriladi. Bunday yoriqlarga, birinchi navbatda, devorchalardagi qiya yoriqlar va harakat qismi plitasining to‘sinlar devorchalariga birlashuv qismidagi bo‘ylama yoriqlar kiritiladi.

    1. konstruksiyaning ish muddati va ko‘tarish qobiliyatini kamaytirmaydigan nuqsonlar (yuzadagi g‘ovaklar, ochilish kengligi 0,2 mm dan kam bo‘lgan yoriqlar, armatura ochilishisiz betondagi ko‘chkilar va shu kabilar);

    2. konstruksiyaning ish muddatini kamaytiradigan nuqsonlar (ochilish kengligi 0,2 mm dan katta bo‘lgan yoriqlar, armatura ochilishiga olib keladigan betondagi ko‘chkilar va g‘ovaklar);

    3. konstruksiyaning ko‘tarish qobiliyatini kamaytiradigan nuqsonlar (to‘sin devochalaridagi qiya yoriqlar, plitaning va devorchalarning birlashuv qismidagi gorizontal yoriqlar va shu kabilar).

    a guruhi nuqsonlarining mavjudligi tez muddatda ta’mirlash ishlarini olib borilishini talab qilmaydi. Bu nuqsonlar joriy saqlash jarayonida bartaraf etilishi mumkin.
    b guruhi nuqsonlarini bartaraf etish bilan bog‘liq bo‘lgan ta’mirlash ishlari inshootning ish muddatini oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bunda qo‘llaniladigan materiallar yaxshi himoya hususiyatlariga ega bo‘lishi lozim.
    v guruhi nuqsonlarini bartaraf etishdan maqsad konstruksiyaning ko‘tarish qobiliyatini tiklash.
    Ta’mirlash ishlari texnologiyasi va qo‘llaniladigan materiallar mustahkamlik talablariga javob berishi kerak.
    Qurilish konstruksiyalaridagi yoriqlarni epoksid kleylari yoki polimer qorishmalari yordamida berkitish, armaturani tashqi muhit ta’siridan himoya qilish va yoriqlar bilan shikastlangan konstruksiya yaxlitligini tiklash uchun bajariladi.
    Yoriqlarning ochilish kengligiga qarab yoriqlarni berkitishning ikki usuli taklif etiladi:

      1. polimer qorishmalar yordamida - yoriqlarning ochilish kengligi 0,3 mm dan kam bo‘lganda;

      2. epoksid kompozitsiyalar yordamida in’eksiyalash - yoriqlarning ochilish kengligi 0,3 mm va undan ortiq bo‘lganda.

    Temirbeton oraliq qurilmalari konstruksiyalaridagi yoriqlarni berkitishda, ta’mirlash joylarini tayyorlash ushbu tartibda bajariladi:

    1. temirbeton konstruksiyalari yuzasini turli iflosliklardan tozalash lozim – asfalt, moy, sement suti, eski bitum mastika va bo‘yoq izlari po‘lat chyotkalar, boshqa asboblar yoki qum oqimi usuli bilan. Yog‘li ifloslanishlar aseton yordamida tozalanadi;

    2. yoriqlar 2-3 mm chuqurlikka 45-60 burchak ostida tozalanadi;

    3. betonning shikastlangan yuzalari urib tushiriladi (chegaralari bolg‘a bilan urib chiqish yordamida aniqlanadi);

    4. ochilib qolgan armatura zangdan, okalinadan yoki boshqa iflosliklardan po‘lat chyotkalar yordamida toza metall rangigacha tozalanadi. Tozalangan armatura changsizlantiriladi va aseton bilan yog‘sizlantiriladi;

    5. beton yuzasi bosim ostida suv bilan yuviladi va quritiladi.

    Polimer qorishmalar yordamida yoriqlarni bartaraf etishda, qorishmalarning ushbu tarkibi tavsiya etiladi:

    1. Portlandsement M400 GOST 10178-85 bo‘yicha tarkibdagi uchkalsiy alyuminat qiymati 10% dan ko‘p emas - 10;

    2. Mayda qum - 3,5-10;

    3. Ichimlik suvi - 4,5-5;

    4. Polivinilasetat emulsiya PVAE suv qiymati 50%

    Polimer qorishmasini tayyorlash va ishlatish ushbu tartibda bajariladi:

        1. Polivinilasetat emulsiyasi suv bilan aralashtiriladi.

        2. Aralashmaga portlandsement, qum qo‘shiladi va yengil harakatchan qorishma tayyor bo‘lguncha aralashtiriladi.

    Kam miqdordagi polimer qorishmani - 3-4 kg gacha, “qo‘l” usulida yaxshilab aralashtirish yordamida tayyorlash mumkin. Katta miqdordagi qorishmalarni tayorlashda vibroqoruvchi yoki boshqa turdagi qoruvchi moslamalardan foydalanish tavsiya etiladi.
    Polimersement qorishmalar surtish oddiy masteroklar, shpatellar va shu kabilar yordamida bajariladi. Qorishma surtilgandan so‘ng taxminan 1 soatdan so‘ng suv bilan namlanadi, sement sepiladi va tekislanadi. Tashqi muhit harorati yuqori bo‘lganda (T·30·S) ta’mirlash joyi har kuni 2-3 marta namlanadi.

    7.3-rasm. Yoriqlarni ochilish sxemasi:
    1 – armatura o‘zagi; 2 – beton himoya qatlami; 3 – yoriq.

    7.4-rasm. Yoriqlarni in’eksiyalash sxemasi:
    a – prinsipial sxema; b – trubkasimon inyektor; v - yopishgan inyektor; 1 – yoriq; 2 – konstruksiya betoni; 3 – inyektor; 4 – manometr; 5 – siqilgan havo; 6 – qorishma yoki germetik solingan idish; 7 – inyektor trubkasi; 8 – yoriq ichiga kiritilayotgan qorishma yoki germetik; 9 – epoksid kley surtmasi; 10 – g‘ovakli rezina; 11 – metall plastina.
    7.4. Temirbeton quvurlarni saqlash
    Temirbeton quvurlarini saqlash va ta’mirlashda terma holatiga, deformatsiyalar yo‘qligiga, jumladan quvurlarning alohida bo‘g‘inlari siljishi, choklar va yoriqlardan ko‘tarma gruntlari yuvilishi, shuningdek kirish va chiqish portallari holatiga e’tibor beriladi. Quvurlar o‘z vaqtida oqib kelgan gruntlardan tozalanishi kerak.



    7.5-rasm. Suv o‘tqazuvchi quvurlarning turlari
    Temirbeton quvurlarini saqlashda nuqsonlarni bartaraf etish usullari, beton, temirbeton va metall ko‘priklarni saqlashda shu kabi nuqsonlarni bartaraf etish bilan bir xil. Quvurlar ko‘ndalang kesimida sezilarli deformatsiyalar va yoriqlar paydo bo‘lganida, kapital ta’mirlash bajarilgunga qadar quvurlarni vaqtincha kuchaytirish bajariladi (tirgaklar, ramalar, krujalalar va shu kabilar o‘rnatiladi).
    Metall quvurlarning asosiy shikastlari ushbular: korroziya, yoriqlar va boltli bog‘lovlarda metalldagi uzilishlar, himoya qatlamlari va lotokdagi shikastlar. Aniqlangan nuqsonlar tezda bartaraf etilishi, quvur metallida uzilishlar ko‘p bo‘lgan hollarda esa almashtirilishi lozim.
    Tirgak devorchalarni saqlash va ta’mirlashda devorlarning termasi holati va deformatsiyalar yo‘qligiga e’tibor beriladi. Terma choklari yemirilgan hollarda, ularni to‘ldirishdan oldin tozalash lozim. Bo‘shab qolgan toshlar ponalar yordami mahkamlanadi va sement qorishmasiga o‘tqaziladi yoki olib tashlanadi va o‘rni beton bilan to‘ldiriladi.
    Tirgak devorchalarda deformatsiyalar yoki yoriqlar paydo bo‘lganda, ularning holati o‘zgarishini kuzatish tashkil qilinadi va paydo bo‘lishi sabablari o‘rganiladi. Kengayishi to‘xtagan yoriqlarni polimersement yoki sement-qum qorishmalari yordamida bartaraf etiladi.



    Download 17,83 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   106




    Download 17,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Temirbeton oraliq qurilmalarni ta’mirlash

    Download 17,83 Mb.