• 1.2)Doimiy nazorat
  • 1.4)Davriy ko‘rik.
  • 1.5)Maxsus ko‘rik
  • Texnik hujjatlarga qo‘shimcha




    Download 17,83 Mb.
    bet43/106
    Sana16.05.2024
    Hajmi17,83 Mb.
    #238557
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   106
    Bog'liq
    5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx

    Texnik hujjatlarga qo‘shimcha quyidagilar kiradi: loyiha va ijro etuvchi hujjatlari (ko‘prikning ijro etuvchi chizmalari; loyihadan chetga chiqishlarning kelishilgan hujjatlari; yopiq (nooshkor) ishlarning qabul qiluv aktlari; qurilish materiallariga guvohnomalar).

    Texnik hujjatni olib borish davriyligi: muntazam. Yil oxirida barcha hujjatlar ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning boshlig‘i va “Buyurtmachi” tomonidan tekshiriladi.
    1.2)Doimiy nazorat – bu sodir bo‘ladigan nuqson va shikastlanishlarni o‘z vaqtida oshkor qilish, o‘tkazish muddati 10 kunda bir marta. Inshootning doimiy nazorati usta (master) tomonidan tashqi (vizual) ko‘rik orqali bajariladi.
    1.3)Joriy ko‘rik – bu inshoot elementlari va uning barcha ko‘rinadigan qismlarining umumiy holatini aniqlash, ulardagi nuqsonlarni oshkor qilish va ularni bartaraf etish, hamda muz ko‘chishi va toshqinni o‘tkazish va yong‘inga qarshi chora-tarbirlarni tashkillashtirish choralarini ko‘rish. Joriy nazorat inshootni zaruriy nazorat-instrumental o‘lchashlar bilan vizual ko‘rigini o‘z ichiga oladi. Bahorda inshootni muz ko‘chishi va toshqin o‘tganidan so‘ng ko‘rikdan o‘tkazadi, kuzda esa – batamom muzlashdan oldin.
    1.4)Davriy ko‘rik. Vazifasi xuddi joriy nazoratdagi kabi, ammo bosh muhandis yoki boshliq tomonidan o‘tkaziladi. O‘tkazish muddati bahor va kuzda, hamda ko‘prikda avariyali vaziyatda, yirik ta’mirlar tugagan yoki rekonstruksiyadan so‘ng.
    Joriy va davriy ko‘riklar vaqtida oshkor qilingan barcha nuqsonlar, nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha me’yordan tashqari ishlarni o‘tkazish rejasiga kiritish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan ko‘prik kitobiga kiritilishi lozim.
    1.5)Maxsus ko‘rik – ko‘prikning haqiqiy yuk ko‘taruvchanligini va uning ekspluatatsion ishonchliligi (rad emaslik, uzoqqa chidamlilik, ta’mirga yaroqlilik, saqlanganlik) ni aniqlash. Maxsus ko‘rik quyidagilarni o‘z ichiga oladi: tekshirish (vizual ko‘rik, nazorat-instrumental o‘lchash, defektoskopiya usullari bilan qurilish materialining xossalarini aniqlash) va sinov (statik va dinamik) o‘tkazish.
    Ko‘rik bunday ishlarga OQI (ob’ekt qurilish ishlari) ruxsatiga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan o‘tkaziladi. Maxsus ko‘rikni o‘tkazish muddatlari: rejali – qurilish materiali turiga bog‘liq holda, rejadan tashqari – ta’mir va rekonstruksiyadan keyin, MOYu (me’yordan ortiq yuk) larni o‘tkazishdan oldin va keyin hamda joriy va davriy ko‘riklar natijalari bo‘yicha. Maxsus ko‘rik natijalari akt va texnik hisobot ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.

    Download 17,83 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   106




    Download 17,83 Mb.