• X BOB. TONNELLARNI QALQON VA OCHIQ USULLARDA QURISH
  • IX bob uchun nazorat savollari




    Download 17,83 Mb.
    bet56/106
    Sana16.05.2024
    Hajmi17,83 Mb.
    #238557
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   106
    Bog'liq
    5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx

    IX bob uchun nazorat savollari
    1.Tog’ sun’iy bo’shlig’i qismlari qanday va ularni qazish usullari?
    2. Tonnel qurishda burg’ulash-portlatish usullari qanday amalga oshiriladi?
    3. Yaxlit tonnel qoplamalarini qurish qanday texnologik talablarga javob berishi kerak?
    4. Tonnel qurilishida “sachratma beton” usuli bilan betonlash qanday amalga oshiriladi?
    5. Tonnel qurilishida gruntni ortish va tashish uchun qanday mashina va mexanizmlar qo’llaniladi?
    6. Tonnellarni tog’ usulida qurish bosqichlari nimalardan iborat?
    7. Yigma qoplamali tnnellarni tog’ usulida qurishning o’ziga xos xususiyatlari?

    X BOB. TONNELLARNI QALQON VA OCHIQ USULLARDA QURISH


    10.1. Tonnel qurish ishlari
    I bosqich - loyiha topshirig‘i yoki texnik loyiha bо‘lib, uning tarkibida quyidagilar yoritiladi: tonnel trassasi va tonnelga kirish joylari (portal)ning rejada va kesimda joylashuvi, qoplamalar kо‘ndalang kesimlarining о‘lchovlari, konstruksiyasi, ashyolari va qurilish usullarini asoslash; qurilish maydonchalari, yordamchi qorxonalar, turarjoy va madaniy-maishiy binolar, suv, elektrenergiya, sement, tо‘ldirgichlar, transport aloqalari, hamda qurilish muddati va dastlabki qiymatini belgilash masalalarining hal etilishi. Bu hammasi tonnel quriladigan joyni batafsil о‘rganish va variantlarni texnik-iktisodiy solishtirish (asoslash), ya’ni TIA, asosida bajariladi.
    II bosqich - loyiha topshirig‘i asosida ishlanadigan, ishchi chizmalari bо‘lib, uning tarkibida quyidagilar yoritiladi: umumiy chizmalar (reja va kesimlar), detall (batafsil) chizmalar, zarur qurilish ashyolari, konstruksiya va buyumlari, qurilish mexanizmlari va uskunalarining ruyhatlari.
    Tonnel qurilishi tasdiqlangan qurilishni tashqil qilish loyihasi, ishlarni bajarish loyihasi, amaldagi texnik xavfsizlik talab va qoidalariga muvofiq odatda, tonnel alohida qismlarining ketma-ket qurilishi va ishlar bajarilishining uzluksizligini ta’minlaydigan usulda olib boriladi.
    Ishlarni bajarish loyihasi loyiha tashqiloti yoki qurilish tashqiloti tomonidan qurilishni tashqil qilish loyihasida kо‘rsatilgan yechimlar asosida ishlanadi va quyidagilarni aks ettiradi: nonnel ishlarini bajarishning texnologik sxemalari va kalendar rejasi; qurilishni ashyolar, konstruksiyalar, asbob-uskunalar, ishchi kuchi, energiya, transport vositalari bilan ta’minlash grafiklari, asosiy qurilish mashinalari va mexanizmlarining ish grafigi va tushuntirish xati.
    Qurilishning hammasi uchun ham, har bir qurilish maydonchasi uchun ham qurilishning bosh rejasi tuzilib, unda doimiy tonnel inshootlari, shaxta naylari va qurilish maydonchalari, turar-joy binolari, ustaxonalar, tashqi tarmoklar va energo-ta’minot qurilmalari, qurilish joyiga boradigan yо‘l, grunt tо‘kish joylari va boshqalarning joylashuvi kо‘rsatilgan bо‘lishi kerak
    Sikl - bu davriy qaytariluvchi birmuncha ishchi jarayonlar katori bо‘lib, ularning bajarilishi sun’iy bо‘shliqdagi qazilayotgan joy (zaboy)ni о‘tish bо‘lagiga oldinga siljishini ta’minlaydi. Buning uchun kerak bо‘lgan muddat sikl muddati deyiladi. Qurilishni tashqil qilish loyihasi shunday tuzilishi lozimki, har bir sutkada, iloji bо‘lsa har bir smenada butun sonli sikl bajarilsin.
    Tonnel qurilishi burg‘ilash-portlatish usuli bilan bajariladigan holda sikl vaqti quyidagi formula bilan aniqlanishi mumkin:
    T= t h + t p + t sh + t o
    t h – qazilayotgan joyni xavfsiz holatga keltirish (tekislash, vaqtincha mahkamlash va h.k.) va burg‘ilash ishlarini bajarish;
    t p - shpurlarga portlovchi moddalar joylash va portlatish;
    t sh– portlatishdan keyin qazilayotgan joyni shamollatish;
    t o - gruntni ortish.
    1 metr Tonnel qazish ishlarining qiymati quyidagicha aniqlanadi:
    S=
    bu yerda: v - Tonnelning butun uzunligi yoki bir qismi uchun sarflanadigan barcha shartli-doimiy ashyoviy va pul harajatlarining yig‘indisi;
    m – 1 metr tonnel qurilishiga sarflanadigan barcha proporsional ashyoviy va pul harajatlarining yig‘indisi;
    W - bir sikldagi о‘tish bо‘lagining uzunligi, m.;
    t - tonnel butun uzunligi yoki bir bо‘lagining qurilish muddati.
    Bu formuladan kurinib turibdiki, sikl muddati T ning kamayishi bilan boshqa bir xil sharoitlarda tonnel bо‘lagini о‘tish qiymati pasayadi.
    Qazib olish tartibida ishlaydigan kavlash kombaynlariga harakatlanuvchi dasta uchida joylashgan kesuvchi qismini qazilayotgan yuza bо‘yicha harakatlantirib va boshqarib boruvchi mashinalar tegishlidir. Bunday kombaynlar faqat о‘rta mustahkamlikdagi (f ≤ 8) gruntlarda foydalaniladi. Bu – ularning asosiy kamchiligi. Shuning bilan birga, qazib olish tartibida ishlaydigan kombaynlar yetarli darajada harakatchan va har qanday kо‘rinishdagi sun’iy bо‘shliqlarni Kavlash imkonini yaratadi. Ularning yoy kо‘rinishdagi ishchi organiga ega (10.1-rasm) turlari keng tarqalgan. Ishchi asbob-anjomlar quyidagilardan iborat (10.2-rasm):


    Download 17,83 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   106




    Download 17,83 Mb.