Inshootlarni qurish va ekspluatatsiya




Download 17,83 Mb.
bet60/106
Sana16.05.2024
Hajmi17,83 Mb.
#238557
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   106
Bog'liq
5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx

10.10-rasm. Arka tipidagi sachratma-beton qoplama

Bunday mustahkamlash inshooti turli darajada yoriqli qoyatosh va yarimqoyatosh gruntlarda qо‘llaniladi. Qalinligi 20-30 sm bо‘lgan arkalar odatda yuqori darajada seryoriq joylarda tog‘ bosimini qabul qilish uchun о‘rnatiladi. Arkalar orasidagi yuza grunt nurashi va kо‘chib tushishi oldini olish maqsadida 5-10 sm qalinlikda sachratmabeton qoplanadi. Alohida arkalar orasidagi masofa muayyan geologik sharoitlarga qarab tayinlanadi. Portlatish ishlari bajarilganda arkalar qazilayotgan joydan 10-15 m masofada quriladi. Arkali sachratmabeton mustahkamlash inshooti tutash turiga nisbatan arzonroq, ammo ularni qurish murakkabroq.


Sachratmabeton boshqa turdagi mustahkamlash inshootlari bilan birgalikda qо‘llanilganda, gruntni yer osti atmosferasi ta’siridan muhofaza qilishi va yuk kо‘taruvchi “qoplama-grunt” sistemasi hosil qilishi hisobiga bu mustahkamlash inshootlari ishlash sharoitlarini yaxshilaydi, ularning yuqori yuk kо‘tarish qobiliyatini, sun’iy bо‘shliqning uzoq muddatga ishonchli saqlanishini ta’minlaydi.
Ankerlar va sachratmabeton birikuvi ankerlar yuqori mexanik mustahkamligini va sachratmabeton namо‘tkazmaslik xususiyatini tо‘la foydalanish imkonini yaratadi. Bunda ankerlar yuqori yuk kо‘tarish qobiliyatiga ega bо‘lgani tufayli tog‘ sun’iy bо‘shliqlari muvozanatini ta’minlaydi. Bu qurama mustahkamlash inshootida, odatda, ankerlar tog‘ bosimini qabul kilishga, sachratmabeton qoplamasi esa – ankerlar orasidagi kichik grunt bо‘laklari kо‘chib tushishining oldini olish va namо‘tkazmaslik vazifasini bajarishga xizmat qiladi. Sachratmabeton qoplamasi qalinligi va anker mustahkamlash inshooti parametrlari hisoblab topiladi.
Bunday qurama mustahkam-lash inshootini qurish texnologiyasi quyidagicha: sun’iy bо‘shliq yuzasini biroz tekislash uchun birinchi qavat sachratiladi. U qotganidan sо‘ng shpurlar qazilib, ularga ankerlar о‘rnatiladi. Ankerlarning shpurlardan chiqib turgan uchlariga metall tо‘rlar osilib, ular yopilguncha ikkinchi qavat sachratmabeton yopishtiriladi. Nurashga moyil tog‘ jinslarida sachratmabeton qoplamalarni qazilayotgan joylarga iloji boricha yaqin holda tez qotuvchi sementlar yoki qotishni tezlatuvchi qо‘shimchali oddiy sementlardan foydalanib, hosil qilish lozim.

10.11-rasm. Ankerlar va metall to‘rdan quriladigan kombinatsiyalangan sachratmabeton

Sachratmabeton va metall arkalardan qurilgan qurama mustahkamlash inshooti bо‘sh va seryoriq gruntlarda qо‘llaniladi. Bu holda sun’iy bо‘shliq avval metall arkalar bilan mustahkamlanib, sо‘ng sachratmabeton qoplama yopishtirilib, о‘zaro bog‘lanadi. Natijada metall profillar tuproqqa zich yopishadi, mustahkamlash inshootining yuk kо‘tarish qobiliyati oshadi.


Seryoriq qoyatosh va yarimqoyatosh gruntlarda armaturalangan sachratmabeton mustahkamlash inshooti qо‘llaniladi. Bu holda armatura sifatida tekislovchi sachratmabeton qavatiga metall tо‘rlar о‘rnatiladi. Bu metall tо‘rlar grunt bilan kalta montaj ankerlari va betonga kirgiziladigan 0,5÷3 sm li metall sterjen-fibralar bilan mahkamlanadi. Fibrali sachratmabeton (fibrasachratmabeton) yuqori darajada yoriqbardosh va chо‘zilishga qarshi bо‘lib, ulardan bо‘sh tuproq sharoitlarida va katta chо‘zuvchi kuchlanishlar hosil bо‘ladigan og‘ir iqlim sharoitlarida foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Quruq qorishma tayyorlaydigan sachratma-beton yopishtiradigan mashinaning uzluksiz ishlashini ta’minlovchi har xil (S-220A, S-339, S-693, S-739) aralashtirgichlar (qorishma yoki betonaralashtirgichlar) qо‘llaniladi. Majburiy ta’sir kо‘rsatib ishlaydigan aralashtirgich (S-632-09 va S-868) lardan kengroq foydalanish tavsiya etiladi. Kuruq qorishma materiallarning massasi yoki maxsus idishlar hajmi yordamida dozalanadi.

10.12-rasm. Sachratma beton yopishtirish mashinalarining asosiy turlari:
1 – yig‘uvchi bunker; 2 – ishchi kamera; 3 – tarelka tipidagi dozalagich; 4 – silindr yacheykalari bо‘lgan baraban; 5 – maydalagich (yumshatgich); 6 – shnek; 7 – haydovchi kamera.

Sachratmabetonni yopishtiradigan mashinalarning kamerali (10.12,a-rasm), rotorli (10.12, b-rasm), qorishmani purkash kamerasiga tik (14.3, v-rasm) va yotiq (10.12, g-rasm) yо‘nalishda uzatadigan shnek turlari bor. Aralashtirilgan quruq qorishmani mashinalarga ortish uchun S-832 konveyeri, T-44 transporteri, T-50 elevatori va boshqa ortgichlar qо‘llaniladi.






Download 17,83 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   106




Download 17,83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Inshootlarni qurish va ekspluatatsiya

Download 17,83 Mb.