|
Inshootlarni qurish va ekspluatatsiya
|
bet | 30/106 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 17,83 Mb. | | #238557 |
Bog'liq 5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docxKeskin-kontinental iqlim, issiq va quruq. Qish (yanvar) da o‘rtacha harorat – 8oC dan +3oC, tog‘li tumanlarda – 16oC gacha tushib ketishi mumkin. Yoz (iyul) da mamlakatning shimoliy tumanlarida +26 dan – 32oC gacha, ayni paytda janubi (Termiz va Sherobod) da esa +41 dan – 42oC gacha o‘zgaradi.
Bir yildagi yog‘in-sochin mamlakatning shimoliy qismidagi cho‘l tekis tumanlarida 80mm, g‘arbiy viloyatlarda – 200–300mm gacha, va tog‘larda – 1000mm gacha. Bunda havoning nisbiy namligi yil davomida deyarli hamma joyda past (60–65%), maksimum yog‘in-sochin esa kuz-qish davrida sodir bo‘ladi. Qishda tog‘li tumanlarda ko‘p miqdorda qor tushadi, u yon bag‘irlarda aprel-may oylarigacha turadi, ba’zi cho‘qqilar u bilan yil bo‘yi yopilgan
Foydalanish davrida namlik va havo darajasi sharoitlarining ta’siri. Yil, oy, kun davomidagi havo darajasining o‘zgarishi inshootga yuklama ta’sir ko‘rsatadi. Tashqi muhitdagi haroratni o‘zgarishi inshootdagi termodinamika xossasi mutanosibligini tiklash maqsadida inshoot konstruksiyasidagi haroratni o‘zgartiradi. Konstruksiyada harorat o‘zgarishi pastdan boshlab bir xilda amalga oshmaydi. Materialning tashqi qatlamida harorat ichki qatlamga nisbatan tez o‘zgaradi. Shu sababli konstruksiyaning har xil ichki qatlamida har xil harorat bo‘ladi. Har qatlamda haroratning har xil bo‘lishi konstruksiya qismlarida har hil bosim turlicha bo‘lishiga olib keladi.
Issiqlikni yaxshi o‘tkazadigan, masalan, po‘latda siklik deformatsiya paydo bo‘lishiga, ba’zi hollarda ruxsat etilmagan darajada kattalashishi va konstruksiyani ishdan chiqarishga olib keladi. Masalan, ko‘prik va rezervuarda yoriq paydo bo‘lishi.
Vaqt o‘tishi bilan qurilish materiallari xossasi o‘zgarishining ta’siri. Inshoot materiallari o‘zining biologik xossasiga asosan «yashaydi», ya’ni vaqt o‘tishi bilan ma’lum bir sabablarga ko‘ra (material turi, foydalanish sharoiti va qabul qiladigan yukiga ko‘ra) uning holati va harakteristikasi o‘zgaradi. Umumiy tavsifga ega bo‘lgan bir necha misollarni ko‘rib chiqamiz. Barchaga ma’lumki, inshootlarda beton mustahkamligi vaqt o‘tishi bilan oshib boradi. Biroq noqulay sharoitlarda – past haroratda yangi yotqizilgan, suv bilan yaxshi qorilmagan betonda, nafaqat beton mustahkamligini oshishi sekinlashadi, balki butunlay to‘xtab qoladi, ba’zi bir hollarda qarama-qarshi natijalarga olib keladi.
Inshootning ish faoliyati va holati vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadi. U o‘z ichiga uch bosqichni oladi:
Moslashish davri – asosiy element materiallari va uning bog‘lov-chilarida deformatsiya turg‘un bo‘lgunga qadar davom etadi;
Normal ish jarayoni davri;
Eskirish davri. Bu davrda inshootning barcha qism va ko‘rsatkichlari yomonlashishi, har xil shikastlanishlar paydo bo‘lishi, bog‘lovchi qismlarda nosozliklar paydo bo‘lishi kuzatiladi.
5.5. Ko‘priklar va transport tonnellarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha umumiy tushunchalar
Sun’iy inshootlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish - bir necha ketma - ket bosqichlarda hal qilinadigan murakkab muhandislik vazifasidir. Loyihalashning boshlang‘ich bosqichida inshootning bosh o‘lchamlarini aniqlanadi, oraliq qurilmalar uzunliklari belgilanadi, oraliq qurilmalar, tayanchlar va poydevorlarining turlari tanlanadi. Buni inshootning turli variantlarini ishlab chiqish va ularni solishtirish yo‘li bilan hal qilinadi. Variantli loyihalash asosida inshootning optimal konstruktiv-texnologik yechimlari tanlanadi.
Ko‘prik qurishda industrlashtirish darajasini ko‘tarish yanada mukammalroq texnologik usullardan foydalanish, qurilishni mashinaviy ishlab chiqarishga aylantirish hisobiga, ya’ni zamonaviy usullar asosida qurishni tashkil qilish va effektiv tenologiyalardan foydalanish, shuningdek ishlarni mexanizatsiyalashtirish darajasini yuqoriga ko‘tarish va iqtisodiy jihatdan arzon konstruksiyalardan foydalanish bilan bajariladi.
Inshootlarning ko‘zda tutilgan xizmat davrida normal ishlashini ularni loyihalash, qurish va undan foydalanish davrida ta’minlanadi. Ko‘prik va quvurlardan foydalanishning asosiy maqsadi - ular orqali harakatni xavf-xatarsiz va oson o‘tkazib yuborish bo‘lib, buning uchun, har doim ularning holatlarini kuzatib turish va hosil bo‘lgan nuqsonlarni o‘z vaqtida tuzatib turishdan iborat.
Keltirilgan qat’iy kompleks talablarga rioya qilib loyihalangan va qurilgan ko‘prik inshootlari ekspluatatsiya qiluvchilar uchun quyidagi bir qancha foydalanish xususiyatlariga ega:
o‘tkazuvchanlik qobiliyati;
yuk ko‘tarish qobiliyati;
harakat xavfsizligi;
uzoqqa chidamlilik.
|
| |