• IV bob uchun nazorat savollari
  • V BOB . AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY INSHOATLARDAN FOYDALANISH ISHLARINI TASHKIL ETISH
  • Joriy ko‘rikda
  • Maxsus ko‘riklar
  • Drenaj va suv qochirish moslamalarini o‘rnatish




    Download 17,83 Mb.
    bet26/106
    Sana16.05.2024
    Hajmi17,83 Mb.
    #238557
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   106
    Bog'liq
    5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx

    Drenaj va suv qochirish moslamalarini o‘rnatish
    Suv qochirish moslamalarini qurishda suv qochirish quvurlarini ishlatish maqsadga muvofiqdir. Suv qochirish amalga oshirilmasa, harakat qismi bo‘ylama va ko‘ndalang nishablarida oqib tushayotgan suv ko‘prik asosiy konstruksiyalariga ta’siri bo‘lishi mumkin. Shuning uchun oxirgi yillarda surtiladigan gidroizolyatsiya qo‘llaniladi. Sifatli surtilgandan so‘ng suv o‘tkazmaslik yaxshi bo‘ladi. Po‘lat plitalarni yuzalarini korroziyadan saqlash uchun korroziyaga qarshi rux qo‘shilgan aralashma qo‘llaniladi.
    Xavfsizlik to‘siqlari ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlarda po‘lat barer tipidagi to‘siqlardan foydalaniladi. Bunda shuni ketma-ketligi quyidagicha bo‘ladi:

    1. Temirbeton chekka plitalarini tayyorlashda anker sterjenli - chiqiq armaturalari bo‘lishini ta’minlash.

    2. Montaj ishlari va to‘sin choklarini to‘ldirish amalga oshirilgandan so‘ng to‘siq ustunlari bilan biriktirish uchun qo‘shimcha armatura va boshqa metall qismlar o‘rnatiladi.

    3. O‘rnatilgan elementlar to‘liq mustahkamlik olgandan so‘ng po‘lat to‘siqlar joylashtiriladi.

    IV bob uchun nazorat savollari
    1.Po’lat temirbeton oraliq qurilma konstruksiyalari turlari ko’ndalang kesimi bo’yicha qanday qoidalarga asoslanib tanlanadi?
    2.Po’lat temirbeton oraliq qurilmalarni loyiha holatiga o’rnatish usullarini aytib bering?
    3.Panjara sistemasidagi po’lat oraliq qurilmalarni montaj qilish usullari qanday qoidalarga asosan tanlanadi?
    4.Arkali, osma va vant ko’rinishdagi oraliq qurilmalarni montaj qilish texnologiyalarini ko’rsatib bering?
    5.Ko’prik polotnosini o’rnatishda nimalarga e’tibor berish kerak?
    6.Uzlukli va uzluksiz oraliq qurilmalarni montaj qilishda mashina va mexanizmlar qanday qoidalarga asosan tanlanadi?

    V BOB . AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY INSHOATLARDAN FOYDALANISH ISHLARINI TASHKIL ETISH


    5.1. Ko‘prik va sun’iy inshootlarni ta’mirlash va saqlash ishlarini tashkil qilish asoslari
    Ko‘prik va quvurlardan foydalanishning asosiy maqsadi - ular orqali harakatni xavf-xatarsiz va oson o‘tkazib yuborish bo‘lib, buning uchun, har doim ularning holatlarini kuzatib turish va hosil bo‘lgan nuqsonlarni o‘z vaqtida tuzatib turishdan iborat.
    Sun’iy inshootlar doimo ularning mustahkamligini kamaytiradigan ta’sirlar ostida bo‘ladi. Bularning asosiylari: vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turuvchi havo darajasi va namligi, yog‘ingarchiliklar, daryo suvlari va muzlarning ta’siridir. Bu inshootning qaysi geografik kenglikda joylashganiga qarab o‘zgaradi.
    Yana bir ta’sir bu ulardan o‘tayotgan transport vositalari ta’siridir. Ularning ham xususiyatlariga qarab turlicha bo‘ladi.
    Yildan-yilga transport vositalarining jadalligi, og‘irligi va tezliklarining oshib borishi inshootlarni yanada og‘irroq sharoitda ishlashga majbur qiladi.
    Inshootlarning ko‘zda tutilgan xizmat davrida normal ishlashini ularni loyihalash, qurish va undan foydalanish davrida ta’minlanadi.
    Loyihalarda kamchiliklar kam bo‘lishi mumkin. Lekin yangi-yangi materiallarning topilishi, ularni yaxshi o‘rganish zaruratini uyg‘otadi.
    Ko‘prik va quvurlarning xizmati davrini oshirishning asosiysi qurilish sifatini yaxshilashdir.
    Ulardan foydalanish davri ham katta rol o‘ynaydi. Chunki o‘z vaqtida, hosil bo‘layotgan nuqson va buzilishlarini aniqlab ularni yo‘qotib turish lozim.
    Ko‘prik va quvurlarni qurish juda katta material va mablag‘ talab qiladigan inshootlar bo‘lgani uchun ularni doimo foydalanish davrida kuzatib turilishi va nuqsonlarini o‘z vaqtida aniqlab tuzatib turish zarur. Foydalanish xizmatining asosiy ho‘jalik va ishlab chiqarish birligi bo‘lib, joylardagi yo‘l bo‘limlari xizmat qiladi.
    Buning uchun boshlang‘ich material bo‘lib qurilish vaqtidagi ijroya hujjatlari xizmat qiladi. Agar bunday hujjatlar bo‘lmasa unda inshootni turgan holati bo‘yicha tekshirilib kerakli yuklar yordamida ularning ko‘tarish qobiliyatini sinab ko‘riladi.
    Nazorat va ko‘rik ishlari: doimiy nazorat va ko‘rik, joriy-davriy va maxsus ko‘riklarga bo‘linadi.
    Doimiy nazorat va ko‘rikda ta’mirlovchi tomonidan doimo inshootning holatini nazorat qilib, tozalab mayda nuqsonlarini o‘z vaqtida yo‘qotib, barcha elementlarini ko‘zdan kechirib turiladi. Bundan tashqari inshootdagi harakatlarning ruxsat etilganiga mosligi; chiroqlar, yong‘inga qarshi jihozlarning mavjudligini tekshirib turiladi.
    Joriy ko‘rikda yo‘l ustalari kamchiliklarni aniqlaydi va yo‘qotish chora-tadbirlarini ko‘radi.
    Yog‘och ko‘priklar har kvartalda bir joriy ko‘rikdan o‘tkazib turiladi. Beton, tosh, temirbeton va metall inshootlar har yarim yilda.
    Davriy ko‘riklar har yili bahor suvlari tugagach va ta’mirlash ishlaridan so‘ng olib boriladi. Unda bosh fermalarini asboblar yordamida tarxda va bo‘ylama s’yomkalash ishlari hamda bajarilgan ta’mirlash ishlarining sifati tekshiriladi. Bu ishni yo‘l bo‘limining boshlig‘i yoki bosh muhandisi olib boradi.
    Maxsus ko‘riklar inshootning holatini va yuk ko‘tarish qobiliyatini tekshirish maqsadida olib boriladi.
    Bunda yuqoridagi ko‘rsatilgan ishlardan tashqari maxsus ixtisoslashtirilgan ko‘priklarni sinash stansiyalarining yordamida statik va dinamik sinashlarini olib boriladi. Bu ishlar yangi ko‘prikni foydalanishga topshirishda, kapital ta’mirlash yoki kuchaytirish ishlaridan so‘ng ham olib borilishi kerak. Bundan tashqari maxsus ko‘riklar quvurlar va yog‘och ko‘priklarda 3-4 yilda, metall ko‘priklarda 6-8 yilda, haybatli (massiv) ko‘priklarda 10-12 yilda o‘tkazib turiladi. Ko‘riklarning natijalari maxsus hujjatlarda aks ettiriladi.


    Download 17,83 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   106




    Download 17,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Drenaj va suv qochirish moslamalarini o‘rnatish

    Download 17,83 Mb.