|
So‘ng ishlar quyidagi bosqichlarda olib boriladi
|
bet | 25/106 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 17,83 Mb. | | #238557 |
Bog'liq 5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docxSo‘ng ishlar quyidagi bosqichlarda olib boriladi:
simni oxirgi uchi o‘ram g‘ildiragiga ulanib tayanchga maxkamlanadi (bu bir yo‘la 2ta qirg‘oqda olib boriladi);
kanatlar bir biriga qarshi tomonga tortiladi;
o‘ram g‘ildiragi qirg‘oq tayanchiga yetganda, o‘ram simini yechib olibanker bashmaklariga kiygiziladi;
bu sikl o‘ram simlarini hisobiy soniga yetkuncha davom ettiriladi;
xama o‘ramlar, maxsus o‘ramli presga birlashtiriladi.
4.4. Ko‘prik polotnosini o‘rnatish
Ko‘prik elementlarini ekspluatatsiya jarayonida ko‘prik polotnosi yuklanishi ko‘proq bo‘ladi. Bu kuchli va tabiiy traktorlar (transportni dinamik ta’siri, yomg‘ir suvlari va qor, ko‘prik va yo‘llarni ekspluatatsiya jarayonida mexanizmlardan tushayotgan yuklar va b.) ostida bo‘ladi.
Ko‘prikni ekspluatatsiya jarayonida harakat qismi polotnosi va deformatsiya choklari ishdan chiqadi. Ko‘prikni uzoq muddat yashashiga, loyihadagi xatolik va qurilishdagi nuqsonlar sabab bo‘ladi.
Oxirgi paytlarda gidroizolyatsiya va deformatsiya choklarni mukammallashtirish ishlari olib borilyapti. Yangi yechimlar suv qochirish sistemalarida ham qo‘llanilyapti.
Gidroizolyatsiya sifati ham asosiy ahamiyatga egadir. Baxtga qarshi oxirgi 30-40 yillar avval qurilgan ko‘priklarda harakat qismi plitasida o‘yiqlar, yoriqlarni paydo bo‘lishi armaturani korroziyaga uchrashiga va metall oraliq qurilmalarni elementlarini korroziyaga uchrashiga olib kelyapti.
Ko‘prik qoplamasiga, yo‘l to‘shamasi konstruksiyasi, harakat qismi xavfsizlik to‘sinlari gidroizolyatsiya sistemasi, suv qochirish, perila to‘siqlari kiradi.
Yo‘l to‘shamasi, gidroizolyatsiya, drenaj harakat qismi to‘siqlarini o‘rnatish.
Yo‘l to‘shamasi temirbeton plitasi bo‘lganda quyidagilarni o‘z ichiga oladi: beton tekislovchi qatlam 30 mm qalinlikdan kam bo‘lmagan, gidroizolyatsiya, himoya qatlam 60 mm dan kam bo‘lmagan va asfaltobeton qoplamalari kiradi.
4.12-rasm. Eritilgan gidroizolyatsiya ishlatiladigan po‘lat ko‘prik to‘shamasi konstruksiyasi:
1) Asfaltli beton yuqori qatlami; 2) Asfaltli beton pastki qatlami; 3) Eritilgan rulon tipidagi gidroizolyatsiya; 4) Praymer; 5) Po‘lat plita.
Tekislovchi qatlam uchun bevosita ishchi maydonda tayyorlanadi yoki yaqin atrofdagi beton zavodidan keltiriladi. Beton yotqiziladigan joyga nasos, badya kran orqasi yoki telejkalarda olib boriladi. Beton qorishmasini o‘rnatish vidroreykalar orqali amalga oshiriladi. Yotqizilgan beton yuzasiga vaakum ishlov beriladi, bunda vaakum to‘shamasi yoyilib vaakum moslamasiga ulanadi. Bu jarayonda betondagi ortib qolgan suv beton qorishmasidan ajralib, atmosfera bosimi ostida mustahkamlanadi.
Vaakumlash ishi tugagandan so‘ng beton yuzasi artib chiqiladi bu esa beton sifatini yanada oshiradi.
4.13-rasm. Eritilgan gidroizolyatsiya po‘lat ko‘prik to‘shamasi konstruksiyasi:
1) Asfaltli beton yuqori qatlam; 2) Asfaltli beton pastki qatlam; 3) Himoya qatlami-60 mm; 4) eritilgan gidroizolyatsiya; 5) praymer; 6) tekislovchi qatlam -30 mm; 7) temirbeton plitasi.
4.14-rasm. Surtiladigan gidroizolyatsiya ishlatiladigan po‘lat ko‘prik to‘shamasi konstruktsiyasi:
1) Asfaltli beton yuuqori qatlami; 2) Asfaltli beton pastki qatlami; 3) Surtiladigan gidroizolyatsiya; 4) rux to‘ldirilgan mastika; 5) Po‘lat plita.
4.15-rasm. Rulonli gidroizolyatsiyani to‘shash tartibi
4.16-rasm. Izolyatsiya polotnosi materialini biriktirish
Tekislovchi qatlamni betonlab, ularga beton qarovini amalga oshirgandan so‘ng loyiga shartlariga qarab, bo‘ylama va ko‘ndalang qiyaliklar, beton pasporti va sifatini tekshirish zarur bo‘ladi.
Ko‘prik polotnosini o‘rnatishda gidroizolyatsiya asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Gidroizolyatsiya sifatsiz bo‘lsa temirbeton plitasi joylaridan suv kirishi, beton yuzasida o‘yiqlar hosil bo‘lib, armatura korroziyalanishi mumkin. Bu esa ekspluatatsiya davrini qisqartirib ko‘prik qoplamasini kapital ta’mirlashgacha olib kelishi mumkin.
Gidroizolyatsiyani o‘rnatishda qoidalarda keltiriladigan talablarga ya’ni tekislovchi qatlamni namligi, yuzasini vizual tekisligiga (ya’ni yoriqlar, rakovina, o‘yiqlar va hokazo) e’tibor qaratish zarur.
|
| |