|
Ko‘prikli inshootlarni tekshirish va sinash
|
bet | 27/106 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 17,83 Mb. | | #238557 |
Bog'liq 5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx5.2. Ko‘prikli inshootlarni tekshirish va sinash
Inshootlarni tekshirib ko‘rish ularning holati va yuk ko‘tarish qobiliyati to‘g‘risida baho berish imkoniyatini tug‘diradi.
Tekshirish puxta ko‘rikdan o‘tkazish va instrumental s’yomkalar orqali olib boriladi.
Tekshirish inshootni ijroiya hujjatlarini ko‘rib chiqish va ularni loyihasi bilan solishtirishdan boshlanadi.
Inshootlar maxsus tekshirib turishga mo‘ljallangan havon va moslamalardan turib amalga oshiriladi. (Zarur bo‘lganda yopiq qurilmalarni ochiladi, masalan: qatnov qismi qoplamalari .....).
Asosan inshootni yuk ko‘tarish qobiliyatini va ularni pasaytiruvchi nuqsonlarga etibor beriladi.
Metall qurilmalar tekshirishda elementlarni to‘g‘riligini, mahalliy deformatsiyalarini (bukilishi, ezilishi va hokozo) va metallarning yorilishlarini aniqlanadi.
Tayanchiqlarni o‘z o‘rnidaligi, harakat qism, piyodalar yo‘lagi holati.
Tayanchlar poydevorlarini, suv ichidagi qismi tekshiriladi yopiq ishlarni ijroiya xujjatlarini o‘rganish bilan cheklaniladi. (Hujjatlarda tuproqlar tarkibi, qoziqlarning qoqilishi, poydevor balandlik belgilari va x.k. bo‘lishi kerak).
Agar qandaydir shubha tug‘ilsa g‘ovvoslar yordamida tekshirish ishlarini ham olib borish mumkin.
Tekshirishda ko‘prikning o‘zidan tashqari, o‘tish joyining boshqa inshootlari (ko‘tarmalar, dambalar, qiyaliklar) ham ko‘rib chiqiladi.
Hamma aniqlangan nuqsonlar o‘lchanib, nuqsonlar jadvaliga yoziladi va mel yoki bo‘yoq bilan joylari belgilab qo‘yiladi. Ko‘priklar va ularning alohida elementlari tarxiy va bo‘ylama s’yomkalar bilan tekshirib ko‘riladi.
Quvurlarni tekshirishda ularning qurilmalarini, choklarini, tublarining holatlarini ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Materiallarning mexanik xususiyatlarini aniqlash. Nuqsonlarning aniqlashning fizik usullari.
Inshootlar yuk ko‘tarish qobiliyatini baholash uchun ular qurilgan materiallarning mexanik xususiyatlarini bilish zarur.
Tekshirishda materiallar to‘g‘risida hujjatlar bo‘lmasa ularni nazorat qilinadi.
Bunday malumotlarni laboratoriya tadqiqotlari orqali olinishi mumkin.
Nuqson aniqlashning fizik usullarining ko‘p tarqalgani yana ultra tovush bilan va rentgen yoki gamma-nurlar bilan yoritish orqali aniqlashdir.
Bundan tashqari yana magnit, elektromagnitli usullari ham mavjuddir.
5.1-rasm. Ko‘prik tayanchlaridagi nuqsonlar
|
| |