|
Transport inshootlari texnik holatini baholashning asosiy qoidalar
|
bet | 29/106 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 17,83 Mb. | | #238557 |
Bog'liq 5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx5.3. Transport inshootlari texnik holatini baholashning asosiy qoidalar
Tayanch so‘zlar va iboralar: sun’iy inshootlarni davriy ko‘riklari, nuqson va shikastlanishlarining rivojlanishi, nuqson va shikastlanishlarining rivojlanishi darajasi.
Sun’iy inshootlar texnik holatini baholashning maqsadi ularning ekspluatatsion yaroqliligini o‘rnatish, hamda joriy davrda ta’mirning talab qiladigan turlari va ta’mirlash-tiklash ishlarining hajmini aniqlash hisoblanadi.
Sun’iy inshootlarni davriy (bahorgi va kuzgi) ko‘riklari jarayonida ularda nuqson va shikastlanishlarining rivojlanishi mavjudligi va darajasi to‘g‘risida axborot olinadi. (1-jadval). Bu axborot ekspluatatsiya qilinayotgan ko‘priklar va suv o‘tkazuvchi quvurlarning texnik holatini baholash va saqlovi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Hozirgi vaqtda ekspluatatsiya qilinayotgan sun’iy inshootlarning texnik holati va saqlovini baholash axborot-analitik kompyuter tizimini ASU ISSO qo‘llab amalga oshiriladi. Kompyuter texnologiyasini qo‘llash sun’iy inshootlarning texnik holatini baholash jarayonini ancha tezlashtiradi va konstruksiyalarning ta’mirga yaroqlilik masalalarini yechishda ob’ektivlikning oshishiga imkon tug‘diradi.
Sun’iy inshootlarning holatini boshqarish tizimi o‘z ichiga uchta asosiy darajani oladi: axborot yig‘ish; texnik holatni baholash; talab qilinadigan ta’mir turi, ta’mirlov-tiklov ishlarining hajmi va tarkibi to‘g‘risida qaror qabul qilish.
Yevropa (Germaniya, Fransiya, Angliya, Finlandiya, Daniya, Shvesiya) mamlakatlari va AQSh da ham ekspluatatsiya qilinayotgan ko‘priklar texnik holatini baholash, har xil konstruksiyalarda shikastlanishlar sathini yorituvchi holatlar gradatsiyasi (bir bosqichdan boshqasiga o‘tish izchilligi) ni hisobga olib, balli tizim bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda holatlarning 4 -10-balli tizimini o‘z ichiga oladigan har xil baholar qabul qilingan: a’lo, juda yaxshi, yaxshi, qoniqarli, xavfli emas, maqbul, yomon, kritik, xavfli, avariyali. Mazkur holatlarga ishlarning ma’lum bir turlari mos keladi, ular qatoriga yangilash, tiklash, funksional modernizatsiyalash, almashtirish. Chet elda qabul qiligan ko‘priklar holatini boshqarish tizimi ularning saqlovi va ta’mirini rejalashtirishni, hamda, mamlakatimizdagidan farqli o‘laroq, ekspluatatsiyaning har xil strategiyalarini ishlab chiqishni ta’minlaydi.
Beton mustahkamligining instrumental tadqiqoti natijalarini statistik qayta ishlash metodikasi. Beton mustahkamligini aniqlash uchun uchastkalarni ekspluatatsion yuk yoki oldindan zo‘riqtilgan armaturaning siqilgan kuchi bilan yuklangan buyum va konstruksiyalar elementlarining kamroq kuchlangan zonalarida tanlash lozim bo‘ladi. Inshoot yuzasining old (yuza) tarafini inshoot estetikasi (nafosati) ni saqlash nuqtai nazaridan buzmaslik lozim. Beton yuzasi sifati (tadqiqot qilinadigan uchastkaning joylashishi) ga qo‘yiladigan talablarni hisobga olish zarur, ular aniq pribor uchun ko‘rsatiladi. Beton singan bo‘laklari va shikastlanishlar, namunalar olingan uchastkalar namuna olingandan so‘ng 5 kuch ichida polimersementli kirishmaydigan rastvor bilan bekitiladi.
O‘rtacha qiymat quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
(1)
bu yerda n – sinovlar soni. O‘rtacha kvadratik farq (chetga chiqish) quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
(2)
Beton mustahkamligining variatsiya koeffitsienti quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
(3)
Keyin shu uchastkalarda beton mustahkamligini aniqlashning qiyinroq aniq usul (yorib uzib olish yoki qovurg‘asini yorib olish) lari bilan o‘lchovlar seriyasi (uchtadan ko‘p) o‘tkaziladi. Olingan bilvosita qiymatlar aniq pribordagi instruksiyaga (yo‘l-yo‘riqqa) muvofiq siqilishdagi mustahkamlikka Ri o‘tkaziladi.
Keyin betonni siqilishda mustahkamligining o‘rtacha qiymati topiladi
(4)
Betonning minimal mustahkamligi (MPa da) quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
(5)
5.4. O‘zbekiston Respublikasi sharoitida transport inshootlariga ta’sir qiladigan omillar
|
| |