|
Ko‘prikli inshootlarning o‘tkazuvchanlik xususiyati
|
bet | 31/106 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 17,83 Mb. | | #238557 |
Bog'liq 5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docxKo‘prikli inshootlarning o‘tkazuvchanlik xususiyati ko‘prik bo‘ylab maksimal transport harakati jadalligi, shuningdek uning ostidan ko‘ndalang yo‘nalishda kema qatnovi, suv oqimi, transport (yo‘lo‘t-kazgichlar uchun) va kommunikatsiyalar o‘tkazish imkoniyatlari bilan ifodalanadi. U ekspluatatsion talablar me’erlarida keltirilgan va saqlangan o‘tish gabariti va ko‘prikosti bo‘shlig‘i gabariti, ko‘prik va quvurlar bo‘shlig‘i hisoblarini bajarish orqali ta’minlanadi.
Harakat xavfsizligi – ko‘prikli inshootlar orqali harakatni xavf-xatarsiz va oson o‘tkazib yuborish.
Uzoqqa chidamlilik - muayyan vaqt davomida ob’ektning ish qobiliyati holatini saqlashi (uning saqlanishi va ta’mirlanishi bo‘yicha bajariladigan ishlar hisobga olingan holda).
V bob uchun nazorat savollari
1.O’zbekistonda ko’prik va sun’iy inshootlardan foydalanish qanday tashkil etiladi?
2.Sun’iy inshootlarni tekshirish va sinash qanday hollarda tashkil qilinadi?
3. Transport inshootlari texnik holatini baxolashning asosiy qoidalari nimalardan iborat?
4.O’zbekiston Respublikasi sharoitida asosiy transport inshootlariga ta’sir qiladigan omillarni aytib bering?
5. Ko’prik inshootlarining o’tkazuvchanlik xususiyati qanday omillarga bog’liq?
VI BOB. O‘ZBEKISTONDAGI MAVJUD SUN’IY INSHOOATLARDA UCHRAYDIGAN NUQSON VA BUZILISHLAR
6.1. Ekspluatatsiya jarayonida inshootlarni asbobli kuzatish
Harakat qismi, to‘sin va ferma belbog‘lari profili tasvirga tushiralayotganda nivelirlardan, ularning tarhi tasvirga tushirilayotganda teodolitlardan foydalaniladi.
Harakat qismini nivelirlashda o‘q bo‘ylab joylashgan, yon kesimdagi barcha o‘zgarishlarni aniqlash imkonini beradigan nuqtalardan, jumladan tayanch va oraliq o‘rtasidagi, foydalaniladi. Ko‘prikka keluv yo‘llarida, ko‘prikning ko‘tarma bilan birlashuv sifatini ko‘rsatuvchi, 20-25 m uzunlikdagi qismi nivelirlanishi lozim. Harakat qismi ko‘ndalang profili kesimni xarakterlovchi uchta nuqta bo‘yicha o‘lchanadi (bordyurlar oldida va o‘q bo‘yicha).
Oraliq qurilmalarning bo‘ylama yon kesimini o‘lchashda to‘sin va ferma belbog‘lari uchun, ferma tugunlari o‘qi bo‘yicha joylashgan nuqtalardan, ko‘ndalang to‘sin, bog‘lovlar va diafragmalar uchun, tayanish kesimlarida va oraliq o‘rtasidagi nuqtalardan foydalaniladi.
Tarhni tasvirga tushirishda, bo‘ylama yon kesimni tasvirlashda qo‘llanilgan nuqtalarga gorizontal joylash- tirilgan reykalar nivelirlanadi. Reykalar belbog‘lar oldida vertikal devorchaga taqab o‘rnatiladi. Reykalardan o‘lchov olishda oraliq uzunligi bo‘yicha devorcha qalinligi o‘zgarishi hisobga olinadi.
Tayanchlarni vertikaldan og‘ishini kuzatish davrida ipga osilgan yuk (shoqul) yordamida aniqlanishi mumkin. Tayanch og‘ishining haqiqiy burchagi, tayanch qirrasi bo‘ylab o‘rnatilgan, teodolit yordamida aniqlanadi. Vizirlash yuzasi vertikal bo‘lishi kerak.
6.1-rasm. Teodolit -burchak o‘lcho‘vlarini bajarishga mo‘ljallangan maxsus asbob
|
6.2-rasm. Nivelir – turli nuqtalarning balandlikda bir biriga nisbatini o‘lchaydigan qurilma
|
6.3-rasm. Belgilangan nuktalar joylashuvi sxemasi: a - tayanch qiyaligini aniqlashda;
b - oraliq qurilma salqiligini aniqlashda. 1-belgilangan nuqta; 2-vizirlash yuzasi.
Barcha nivelirlash belgilari har safar bitta doimiy reperdan o‘lchanishi lozim, reper qurilish davrida yoki tekshirishdan oldin inshoot tashqarisiga o‘rnatilishi kerak. Reper absolyut yoki nisbiy belgiga ega bo‘lishi mumkin.
Geodezik ishlar, geodezik asboblar bilan ishlashning barcha talablarini bajargan holda, mutaxassislar tomonidan bajarilishi kerak. Har bir tasvirlash bir xil nuqtalar bo‘yicha kamida 2 marta olib boriladi (nivelir va teodolitning turli sathida). Natija sifatida o‘lchashlarning o‘rtacha arifmetik qiymatidan foydalaniladi.
6.4-rasm. O‘zbekistondagi mavjud sun’iy inshooatlarda uchraydigan nuqson va buzilishlarni aniqlash jaroyonidan foto lavxalar.
Reykalar o‘rnatiladigan joy konstruksiyada bo‘yoq yordamida yoki boshqa usul bilan belgilanadi. Ishlarni boshlashdan oldin ushbu joylar ifloslanishdan tozalanadi.
O‘lchash ishlarini, quyosh bo‘lmagan vaqtda, ya’ni barcha konstruksiyalarga yorug‘lik tushishi va qizishi bir xil bo‘lganda, olib borish tavsiya etiladi.
6.2. Ko‘prik va quvurlarda uchraydigan nuqson va buzilishlar. Quvurlarni saqlash va ta’mirlash
Texnologik yoriqlar: tirishish yoriqlari, beton qotayotgan vaqtda, beton yuzasida qarov yomon bo‘lganligi sababli paydo bo‘ladi, shuningdek cho‘kish yoriqlari, beton qorishmasini zichlashtirish davrida notekis cho‘kishidan yoki opalubkadagi deformatsiyalardan paydo bo‘ladi; bu yoriqlar notekis qirralarga ega bo‘lib, uzunligi bo‘yicha o‘zgaruvchan kenglikka ega;
harorat-tirishish yoriqlari, qotgan betonda issiqlik-namlik sharoiti yomon bo‘lganligi sababli paydo bo‘ladi va odatda kengligi 0,2 mm gacha bo‘lgan yoriqlar turida bo‘ladi;
betonlash nuqsonlari: bo‘shliqlar va ko‘chishlar; betondan sement yuvilishi; armaturaning ochilishi yoki himoya qatlami qalinligi yetarli emasligi;
boshqa nuqsonlar: betondagi ko‘chkilar, ko‘zda tutilmagan ta’sirlardan kuch yoriqlari (odatda armaturasi kam bo‘lgan joylarda paydo bo‘ladi).
Temirbeton konstruksiyalarda kuchlar va ta’sirlardan ushbu turdagi yoriqlar paydo bo‘lishi mumkin:
betondagi kuch yoriqlari: cho‘zilgan elementlarda va egilgan elementlarning cho‘zilgan mintaqalarida ko‘ndalang, siqilgan elementlarda va egilgan elementlarning siqilgan elementlarida bo‘ylama, to‘sin devorchalarida qiya;
zo‘riqtirilgan armatura ankerlari o‘rnatilgan mintaqalarda mahalliy yuklar ta’siridan, tayanish joylarida va shu kabi joylardagi yoriqlar.
Armaturada korroziyaning rivojlanishi sabablari ushbulardan iborat bo‘lishi mumkin: beton himoya qavatining yetarli emasligi, himoya qavati betoni zichligining pastligi va buning natijasida betonning havo o‘tkazmaslik xususiyati pasayishi, bu agressiv tashqi muhit sharoitida (ko‘p hollarda xlorli tuzlar) yanada xavfli.
O‘z navbatida korroziya qoldiqlari qalinligi korroziyalangan metall qalinligidan 2,5-3 barobar katta.
Konstruksiyalarda, betonning nam muhitda ketma-ket muzlashi va erishi bilan bog‘liq bo‘lgan, korrozion nuqsonlar paydo bo‘lishi mumkin. Bunday nosozliklar natijasida beton yuzasida yorilishlar paydo bo‘lishi, betonning zichligi yo‘qolishi va tashqi qatlamlar yemirilishi kuzatiladi.
Tayanchlar yonidagi qiya yoriqlar
Tayanchlar yonidagi qiya yoriqlar
Armatura bo‘ylab yoriqlar
6.5-rasm. Temirbeton oraliq qurilmalarning asosiy shikastlari sxemasi:
a – to‘sin fasadi; b – to‘sinning ko‘ndalang kesimi; 1 – betonning ishqorlanishi; 2 – armatura yalang‘ochlanishi bilan betonning ko‘chishi.
Suv o‘tkazish quvurlarini saqlash va ta’mirlashda terma holatiga, deformatsiyalar kerak.
Suv o‘tkazish quvurlarini saqlashda nuqsonlarni bartaraf etish usullari, beton, temirbeton va metall ko‘priklarni saqlashda shu kabi nuqsonlarni bartaraf etish bilan bir xil. Quvurlar ko‘ndalang kesimida sezilarli deformatsiyalar va yoriqlar paydo bo‘lganida, kapital ta’mirlash bajarilgunga qadar quvurlarni vaqtincha kuchaytirish bajariladi (tirgaklar, ramalar, krujalalar va shu kabilar o‘rnatiladi).
Shikastlanishlar
|
Deformatsiyalar
|
Ko‘prikning o‘qi bo‘ylab ko‘rinishi
|
Ko‘prikning ko‘ndalang o‘qi bo‘ylab ko‘rinishi
|
Ko‘prikning o‘qi bo‘ylab ko‘rinishi
|
Ko‘prikning ko‘ndalang o‘qi bo‘ylab ko‘rinishi
|
6.6-rasm. To‘sinli ko‘priklar oraliq tayanchlarining shikastlanishlar va deformatsiyalanishlar sxemasi: a – oblitsovkasiz beton va temirbeton; b – u ham oblitsovkali; 1 –oblitsovka toshining tushib ketishi; 2 – beton ko‘chishi va qisman buzilishi; 3 – ishqorlanish; 4 – yoriqlar; 5 – kren (siljish)
|
| |