|
To‘sin stropovkasi qoidalari va sxemalari
|
bet | 18/106 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 17,83 Mb. | | #238557 |
Bog'liq 5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docxTo‘sin stropovkasi qoidalari va sxemalari
To‘sinlarni ortish tushirishda to‘sinlarni stropovkasi qilish qoidalariga qat’iy amal qilish kerak. Montaj ishlari olib borilayotganda M va Q zo‘riqishlarini hisobga olish zarur, cho‘pli to‘sinni eksplu-atatsiya jarayonida hosil bo‘ladigan zo‘riqishlarga mos kelishi kerak.
Asosiy stropovka sxemalari quyidagi rasmlarda keltirilgan.
L-15m uzunlikkacha bo‘lgan to‘sinlarni stropovkasi uchun ilgaklar ko‘zda tutiladi. Agar L-33m va undan katta bo‘lsa, maxsus stropovka uchun maxsus tirqishlar qoldiriladi. Strapovkani qulayligi uchun traversalarishlatiladi bu esa stropovka balandligini qisqartirish va montaj elementidagi siquvchi kuchlarni yo‘q qilishiga olib keladi. Stro-palar sifatida maxsus qayishqoq kanatlar qo‘llaniladi.Stropolarni qan-day turini tanlash va hisoblash montaj qilinayotgan elementni og‘irligi, ko‘tarishi burchaklariga bog‘liq konstruktiv xususiyatlariga bog‘liq. Ko‘tarishi prossisida stropolar beton elementlarini buzilishi va yemirilishini olish kerak.
3.3. Oldindan zo‘riqtirilgan yig‘ma to‘sin uzluksiz va rama shaklidagi oraliq qurilmalarni montaj qilish
Uzluksiz oraliq qurilmalarni montaj qilish quyidagi usullarda quriladi:
Yo‘lo‘tkazgichlar oraliq qurilmalari va ko‘priklarni chekka oraliq qurilmalarini yig‘ish va montaj qilish xovonlar ustidan turib amalga oshiriladi.
Uzluksiz oraliq qurilmalarni yarim osma usulda va osma usulda yig‘ishi.
Po‘lat xovonlar ustidan bo‘ylama to‘sin bo‘ylab xarakatlanishi bilan plitali-qoburg‘ali oraliq qurilmalarni yig‘ish.
Konsol-shluzli kran-agregat bilan yig‘ishi.
Ichki-kolveyer usuli bilan siljitish bilan yig‘ish.
Qirg‘oqda yig‘ib, keyinchalik loyiha holatiga qalqib turuvchi moslamalar bilan yig‘ish.
Rama, konsol, to‘sin-uzluksiz varama konsolni ko‘priklar uchun osma yig‘ish yoki xovonlardan turib yig‘ishlarni amalga oshirish mumkin.
Xovonlarni ustidan turib yig‘ish.
Bu usul ko‘pgina hollarda anker moslamani oraliq qurilmalarda daryoni chekka tomonidan turib amalga oshiriladi.
3.9-rasm:Tarkib elementlaridan tuzilgan oldindan zo‘riqtirilgan To‘sinlarni montaj qilish sxemalari
a) ko‘prik osti xovonlardan turib yig‘ish; b) yuqoridan turib yig‘ish; v) ko‘prik osti xarakatlanuvchi xavonlardan turib yig‘ish; g) konsol-shlyuzli agregat bilan yig‘ish; d) konveyer ichidan turib bo‘ylama siljitish bilan yig‘ish; e) qalqima vositalarida turib bloklarni yig‘ish. 1. Montaj qilinayotgan oraliq qurilma; 2. Oraliq qurilma bloklari; 3. Butunlasi ko‘prik osti xovonlari; 4. Konsolli kran 5. Strelali kran; 6. Xarakatlanuvchi ko‘prik osti xovonlari; 7. Avanbek; 8. Taglik 9. Suzib turuvchi taynch 10. Shlyuzli montaj agregati
Osma va yarim osma usulda yig‘ish.
Uzluksiz to‘sinli 3 oraliqli ko‘prik inshootlari uchun bir necha stadiya amalga oshiriladi.
3.10-rasm. Tarkibdan tuzilgan oraliq qurilmalarni shlyuzli agregat orqali montaj qilish.
1. Birlashuv yaqinida strelali kran yordamida agregatni yig‘isg; 2. Shlyuzli agregat; 3. Oraliq tayanchni kengaytirish konstruktsiyasi; 4. Tayanch usti bloki; 5. Siljitish tumbasi; 6. Oraliq qurilma blokini montaji; 7. Montaj qilingan tayyor bloklar; 8. 1-2 orali qurilmadagi qarshi-og‘irlik; 9. Orali qurilmada o‘rtasidagi monalit bloki; 10. Agregatni yuk tashish aravachasi
Stadiya 6 va 7. Kranni №2-3 oraliqlarga konsol sxemasi bilan suriladi.
Stadiya 8. №3 tayanch ustida blokni montaj qilinadi.
Stadiya 9. №2-3 oraliqlari o‘rta konsol qismini to‘sin-uzluksiz sistemaga keltiriladi.
Stadiya 10. №3-4 oraliqlarga kran-agregatli suriladi.
Qolgan oraliqlarda ham huddi shunday stadiyadagi ishlar bajariladi.Montaj ishlari tugagandan so‘ng strelali kran yordamida shlyuz-krani demontaj qilinadi.
Konveyer ichidan siljitish bilan yig‘ish.
Qirg‘oqda maxsus qurilmada oraliq qurilmalarni seksiyalari yeg‘iladi.Ishchi armaturadan montaj armaturasi o‘rnatiladi, bu esa montaj armaturasi tomonidan cho‘zuvchi zo‘riqtirishlarni qabul qiladi, ular eksplutatsiya stadiyasi jarayonida siquvchi kuchlanishlar hosil bo‘ladi. Konsolda hosil bo‘ladigan eguvchi momentni kamaytirish uchun konsol qismida qisqa avonbek (0,6….0,7)L qo‘shiladi.
Bu yerda L-oraliq qurilmani maksimal uzunligi.
Oraliq qurilmani seksiyalari gorizontal siljitish hisobiga amalga oshiriladi bu esa domkratlar orqali ko‘tarma-itarish bilan olib boriladi.
3.4. Oldindan zo‘riqtirilgan monolit oraliq qurilmalarni qurish
Monolit oraliq qurilmalarni sifatli amalga oshirish yig‘ma oraliq qurilmalardan ko‘ra uzoq muddat ishlashini ta’minlash kerak bo‘ladi. Monolit to‘sinni oldindan zo‘riqtirilgan oraliq qurilmalar uzluksiz sistemada, shu jumladan planda egri chiziqli va bunda deformatsion choklarni soni keskin kamayishiga va eksplutatsiya bir muncha normal holatga kelishi mumkin.
Monolit oldindan zo‘riqtirilgan oraliq qurilmalar materiallariga quyidagi talablar qo‘yiladi.
Beton sinfi B-35 dan kichik bo‘lmasligi.
Portlandsement M-500 saqlash muddati 30 kundan oshmasligi kerak.
Sement sarfi: B35-450kt/m3 B40-500kt/m3 B 45-550kt/m3
3.11-rasm. Uzluksiz oraliq qurilmalarni ko‘ndalang kesimlari
a, b-plitali; v) qovurg‘a – plitali; g) Karobkasimon.
|
| |