|
Inshootlarni qurish va ekspluatatsiya
|
bet | 14/106 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 17,83 Mb. | | #238557 |
Bog'liq 5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx4-bosqich.
1.Konuslarni mustahkamlash, zinapoya, lotok va boshqa elementlarni o‘rnatish.
2.Konuslarni mustahkamlangandan so‘ng konus yuzasini 50x50 sm kesimda betonplitalarini betonlash amalga oshiriladi.
3.Ba’zi hollarda konuslarni mahkamlash 3qatlamda bo‘ladi; 10 sm qalinlikda beton qorishmasi to‘shaladi va uning yuzasiga beton plitalari o‘rnatib chiqiladi.
4.Temirbeton bloklaridan iborat zinapoya bloklari montaj qilinadi. Ba’zi hollarda zinapoyalar po‘lat konstruksiyalardan tashkil topgan bo‘ladi.
5.Piyoda yo‘laklari bloklari o‘rnatiladi.
Ko‘prik yaqinida daryo nomi yozilgan belgi o‘rnatiladi.
Chekka tayanchlarni qurish.
Daryo yoki kanalda suv kam bo‘lgan hollarda, agar kam kamli gruntlarda, grunt yuzasidan qoziqlar cho‘ktiriladi. Kotlovanni ekskavator bilan gruntni qazish ishlari olib boriladi.Poydevor usti konstruksiyalari massiv yoki yengillashgan bo‘lishi mumkin. Har bir qolip, armatura va beton ishlari ishlab chiqarish loyihasiga binoan olib boriladi. Bu hujjatlarda qurilayotgan inshootning ishonchliligi, yoriqbardoshligi va eksplutatsion sifatlarini yozib borishi kerak. Buning uchun sifatli materiallardan foydalanishi kerak, bu esa Davlat Standartlariga mos ravishda bo‘lishi kerak.
2.14-rasm. 3-4-bosqich: Ko‘prik birlashuvidagi ko‘tarmani o‘rnatish, konuslarni mustaxkamlash va jixozlarni montaj qilish; 8-kran ilgaki; 9-o‘tish plitasi bloki 10-chaqiqtosh yostiqchasidagi lejen bloki; 11-monolit beton bilan konusni mustaxkamlash; 12-beton ortilgan moslama (kublo)
Suv o‘zanidagi tayanchlarni qurish.
Ko‘prik qurilishida suv o‘zanidagi tayanchlarni qurish eng qiyin va muhim qismlaridan iboratdir. Qurish texnologiyasi ko‘k faktorlarga bog‘liq bo‘ladi: ya’ni qurilish maydonidagi tabiat o‘zgarishlari, suv o‘zanidagi yerning geologik buzilishi poydevor konstruksiyasi va muz ko‘chishi intensivligi, hisobga olinishi kerak. Suvni chuqurligi 2-3 metr bo‘lgan vaqtda tayanch yaqinida yarim orolcha quriladi va shpuntli to‘siqlar o‘rnatiladi. Suvni chuqurligi 18 m va undan ko‘p bo‘lsa, qalqib turgan moslama va maxsus ko‘tarish platformalari bo‘ladi.
2.15-rasm. Suv o‘zanida joylashgan tayanchni qurish
1-vibrobolg‘a; 2-qalqib turgan kranni ilgaki; 3-shpunt devori; 4-greyfer; 5-vibrocho‘ktirgich; 6-stulcha; 7-cho‘ktiruvchi-yo‘naltiruvchi karkas; 8-o‘ram 9-burg‘lash qozig‘ini himoyalovchi trubasi; 10-tushuruvchi truba; 11-burg‘ilash mashinasini ishchi xolati
2.16-rasm. Qoziqli rostverk plitasi va tayanch tanasini qurish
1-qoziqli rostverk plitasini betonlash; 2-tayanch tanasini betonlash; 3-betonli tampanaj qatlami; 4-burg‘ulanadigan qoziq; 5-tayanch tanasi yig‘ma blokla;ri 6-ustun qolipini o‘rnatish; 7-beton qorishmasi moslamasi (kublo)
|
| |