|
Inshootlarni qurish va ekspluatatsiya
|
bet | 13/106 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 17,83 Mb. | | #238557 |
Bog'liq 5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx1-bosqich.
Chekka tayanch qoziqli tayanch poydevorlarni qurish:
Gruntni o‘sib chiqqan o‘simliklarini kesib olib tashlab kelinadi.
Hisob belgisiga qarab gruntni planirovka qilinadi.
10 sm qalinlikda chaqiq tosh tayyorlovi to‘shaladi va 2x3m razmerda temirbeton plitasi, qoziq qoqish moslamasi uchun o‘rnatiladi.
Grunt yuzasida qoziqlar qoqiladi.
Qoziqlarni boshlari olib tashlanib, armatura chekkalari rostverk plitasiga birlashtirlishi uchun tozalanadi.
Rostverk plitasi tagiga chaqiq tosh yostiqchalari to‘shaladi.
Yog‘och yoki po‘lat qoliplar maxsus yog‘lar bilan bo‘yalgan holda o‘rnatiladi.
Plita rostverki to‘rlar bilan armaturalanadi.
Rostverk plitasini qatlam-qatlam beton qorishmasi bilan betonlab chuqurlik vibratorlari yordamida mustahkamlanadi.
Beton qotish jarayoni kuzatilib boriladi.
2-bosqich.
Chekka tayanch tanasi qurilishi.
Kran yordamida temirbeton stakanlarini o‘rnatish va rostverk bilan biriktirish.
Ustunlarni stakan ichiga geodezik belgilash nazorati bilan yog‘och pona va po‘lat qistirgichlar bilan fiksatsiya qilib o‘rnatiladi.
Xovonlarni o‘rnatib richagni betonlash uchun qoliplar yasaladi.
Rigel betonlanadi, shkaf devorchasi, ochiq va yopiq qanotlar kran yordamida betonanasos bilan betonlanadi va betonni qotish jarayoni kuzatib boriladi.
Qoliplarni buzib olinadi.
Podfermennikva suv qochirish moslamasi betonlanadi.
Temirbeton elementlari grunt bilan joylari 2 qatlamda issiq sayin surtiladigan gidroizolyatsiya bilan surtib chiqiladi.
3-bosqich.
Ko‘tarmani ko‘prik bilan birlashuvini o‘rnatish.
Qatlam-qatlam ko‘prik chekka konusini grunt bilan to‘ldirib boriladi va suv sepish shibbalash va zichlash ishlari amalga oshiriladi (bu keyinchalik ko‘tarmani cho‘kishini oldini oladi).
O‘tish plitalarini o‘rnatish bilan, ko‘prikni ko‘tarma bilan birlashu-vidagi gruntlarni, grunt yuvilishiva boshqa narsalarni oldini oladi.
O‘tish plitalari quyidagi turda bo‘ladi:
Eni 1m bo‘lgan yig‘ma-monolit plitalardan iborat.
Monolit tarzda 2 qavat to‘r setkalardan iborat beton sinfi B30, F300, W8. Armaturalashni quyuq qilishdan maqsad plita tagi gruntini yuvilishini oldini olish.
|
| |