|
Inshootlarni qurish va ekspluatatsiya
|
bet | 10/106 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 17,83 Mb. | | #238557 |
Bog'liq 5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docxQoziq o‘lchamlari
|
Qoziq uzunligi m
|
Qoziq og‘irligi t
|
Bolg‘a turi
|
35×35
|
6-8
|
1,8-2,5
|
UP-1800
|
35×35
|
8-10
|
2,5-3,1
|
UP-1800-2500
|
35×35
|
10-12
|
3,1-3,7
|
UP-2500
|
Ø 60
|
12
|
5
|
UP-2500-3500
|
Ø 60
|
12-16
|
5-6,7
|
UP-3500
|
Ø 60
|
16-24
|
6,7-10
|
UP-5000
|
Shuningdek dizel bolg‘alardan tashqari gidro bolg‘alar qo‘llaniladi. Gidro bolg‘alar dizel bolg‘alarga nisbatan ekologik toza va samaradorligi bir muncha yuqori.
Qoziqlarni qumli gruntlarga qoqish qiyinlashganda burg‘ulash jarayonida yuvilish bilan chuktirilib boriladi. Skvajina diametri 250-350mm bulganda burg‘alanadi. Qoziqlarni hisobiy qullash quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
bu yerda temir-beton qoziq uchun:
n = 0,015 ts/m2;
F - qoziq konturi bo‘yicha hisoblangan yuzasi;
Ep – Dizel bolg‘ani hisobiy energiyasi;
P = VkN - qoziqning maksimal yuk ko‘tarish qobiliyati, bu erda:
nk - ishonchlilik koeffitsienti;
N – qoziqqa tushayotkan hisobiy yuk;
m1, m2, m3 - bolg‘a, qalpoq va kallakning massalari.
Truba dizel bolg‘alar uchun qoqish energiyasi:
Ep=0.96H bo‘yicha hisoblaniladi;
bu yerda: G-urish qismini og‘irligi
H-urish qismiga tushish baklandligi
Qoziq cho‘ktirishni xaqiqiy cheklovi oxirgi 10ta dizel bolg‘ani urishdan kelib chiqadi.Qoziqlarni kotlavan tubiga o‘rnatishdan avval 20sm qalinlikda sement-qum aralashmasidan to‘shaladi.
2.5-rasm. Qoziqlarni rostverk bilan birlashuvi 2 sxemada olib beriladi
a) Qoziq boshi 2d uzunlikda rostverkka kiritiladi; b) Qoziq boshini buzib tashlab qoziqda joylashgan armature chiqiqlari bilan birlashtiriladi.
1-temirbeton monolit rostverk; 2-rostverk plitasini armatura setkasi; 3-temirbeton qoziqlar; 4-qoziq armature chiqiqlari bilan birlashtirish
Qoziqlarni rostverk bilan birlashuvi 2ta variant bo‘yicha olib boriladi:
Qoziq boshi 2m uzunlikda rostverkka kiritiladi
Qoziq boshini buzib tashlab qoziqqa joylashgan armatura chiqiqlari bilan birlashtiriladi
2.2. Ko‘prik inshootlari poydevoridagi burgulanadigan qoziqlar
Quduqlar devorlarini mustahkamlash uchun suvning ortiqcha bosimini yoki loyli qorishmadan foydalanish ruxsat etiladi. Inventar quvurlar yoki qobiqlar tushirilmagan va greyderlar bilan kovlanadigan (ayniqsa skvajinada suv bo‘lganda) skvajinalarda, ularning yon yuzalarini loyihaviy diametrigacha silindrik uskuna (kalibrlovchi) bilan tozalanishi kerak.
Burg‘ilab to‘ldiruvchi qoziqlar qurishda quduq osti beton qorishmasi yuborishdan oldin grunt to‘kilmasidan tozalangan bo‘lishi kerak. Namlangan quduqlarda beton qorishmasi yuborishda, quduq ostini tozalash vaqti va betonlash ishlari bajarishning boshlanishi orasida texnologik reglament bilan o‘rnatilgan minimal vaqt diapazonini ushlash lozim.
Quduq ostidagi zarrachalari qovushmagan gruntlarni jipslashda vibroshtamplash usulida, shu jumladan bikr materiallar (sheben, bikr beton qorishmasi va b.) qo‘shib bajarilishi mumkin.
Po‘lat quvurlar yoki temirbeton qobiqlar bilan o‘ralgan, shuningdek, suglinoklar va tuproqlar qatlamlarida burg‘ilangan, yer osti suvlari sathidan yuqorida joylashgan qatlamchalar va bog‘lanmagan linzalarga ega bo‘lmagan va bo‘sh bog‘langan, qalinligi 20 sm dan katta bo‘lgan qumlar va supeslardagi quruq tik quduqlarni, betondan quyilgan quvurlardan foydalanmay, beton qorishmasini 6 m gacha balandlikdan tashlash usilida betonlash ruxsat etiladi. Oldindan o‘rnatilgan armaturaga ega va uzunligi 3 m dan kam bo‘lmagan yo‘naltiruvchi patrubkali bunker mavjud bo‘lgan holda beton qorishmasini 40 m gacha balandlikdan yotqizish ruxsat etiladi. Bunda 3-6 sm qo‘zg‘aluvchanlikka ega beton qorishmasidan foydalaniladi. Quduq qancha chuqur bo‘lsa, qo‘zg‘aluvchanlik shuncha past. Quduq ostida 10 sm dan ko‘p qalinlikdagi qoldiq suvi bo‘lishi ruxsat etilmaydi.
Ham quduq, ham suvli quduqlarga beton yotqizishda, qoziq betoni bir butunligi va mustahkamligini, qoziq yon yuzasida betonning grunt bilan birlashish sifatini ta’minlash maqsadida beton qorishmasini vibroyotqizish va vibroshtamplash usullari qo‘llanilishi mumkin. Beton yotqizishning barcha bosqichlarida quduqdagi beton qorishmasi sathi va beton quyish quvurini beton qorishmasiga chuqur qilib borishini (TSQ usuli bilan betonlashda) nazorat qilish zarur.
Muayyan maxalliy sharoitlarda eng yaxshi yechimlarni asosli ravishda tanlash uchun, quduqlarni tayyorlashning turli usullarini amalga oshirishni (bor bo‘lgan vositalar bilan) texnik imkoniyatlarini va iqtisodiy tomondan maqsadga muvofiqligini tekshirib chiqilishi kerak: poydevorlarni quriladigan joyida (oldindan tayyorlangan maydonchada, to‘kib hosil qilingan orolcha ustida, stassionar havonlarda) va poydevorlar quriladigan joydan boshqa yerda (maxsus poligonda, suzuvchi yoki statsionar havonlarda), hamda, quduqlarni tuproqqa cho‘ktirish usullari: xususiy og‘irligi ta’sirida (ballast yordamida ustiga qo‘shimcha yuk, domkratlar bilan va ularsiz suv bilan yuvilishni qo‘llab, tiksotrop ko‘ylakni qo‘llash bilan va boshqalar) va titratgich cho‘ktirgich yordamida.
Zurur bo‘lgan hollarda loyihada quduqlarni “kesson” larga aylantirish usullari ko‘zda tutilishi kerak.
Quduqni loyihaviy sathigacha tushirish davrida, quduqlarni qiyshayib ketishining (yo‘naltiruvchi jihozlarni qo‘llash, ichidagi bo‘shlig‘i maydoni bo‘yicha tuproqni tekis kovlab chiqarish, ballast yoki gidravlik domkratlar qo‘llanilgan hollarda, ustiga tekis yuklanish va boshq.) yoki tuproq bilan siqib qo‘yilishining (tiksotrop qo‘ylakning, gidravlik yoki gidropnevmatik yuvishni, ustidan yuklantirishni va boshq. qo‘llash) oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilishi kerak.
|
| |