|
Tayanch poydevorlarini o‘rnatish
|
bet | 9/106 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 17,83 Mb. | | #238557 |
Bog'liq 5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docxTayanch poydevorlarini o‘rnatish.
Sayoz joylashgan poydevorlar
Quruq va kamnamlik gruntlarda sayoz joylashgan poydevorlar ochiq handaklarda quriladi. Tayyorlov davrida kerakli asbob-uskunalar olib kiriladi, geodezik-belgilash ishlari va qurilish maydonini rejalashtirish ishlari olib boriladi.
1 statiyada kotlovanlar mustahkamlash ya’ni qattiq gruntlarda mustahkamlash ishlari olib boriladi. Tayyorlangan kotlovan 1-2 kundan oshmasidan, ya’ni devorlarni buzilishni va yomg‘ir suvlaridan yuvilib ketmasligi kerak. Gruntlarni tayyorlovchi kotlovan tubiga chaqish tosh tayyorlov qalinligi 10 sm dan ortiq bo‘lmagan holatlarda o‘rnatiladi.
2 statiyada poydevor yostiqchasi yig‘ma bloklardan bir-biri bilan choklari to‘ldirilishi bilan bloklanadi. Har bir poydevor qismi ayniqsa yer ostida joylashgan qismlari gidroizolyatsiya surtish bilan 2 marta olib boriladi.
Yakunlash statiyasida kotlovanni grunt bilan to‘ldiriladi. Bunda suv shimmaydigan loyli tuproqlar to‘shalishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Qurilish davrida atrof-muhit muhofazasi tadbirlariga rioya qilish kerak.
Qoziqli poydevorlarni qoqiladigan temir beton qoziqlarni cho‘ktirish
Ko‘prik qurilish ishlarida prizma shaklidagi 35×35 sm va 40×40 sm, uzunligi 6-18 m li temir beton qoziqlari qo‘llaniladi. Qoziqlar mahsus markirovka bilan tayyorlanadi (masalan, SM 12-35TU-qoziq – ko‘priklar uchun, uzunligi – 12 m, kesim yuzasi 35×35 sm, 0,1 mm 4 tik yoriq bardoshlilik bilan). Raqamlar qanday armaturalanganini bildiradi. Qoziqlar uchun sterjenli A – II va A – III, beton sinfi 1322,5 ....27,5 bo‘lgan mustahkamlikda bo‘ladi.
2.1-rasm. 1-bosqich. Poydevor tagliklarini qurish
2.2-rasm. Sayoz joylashgan poydevor qurish
a) Tosiqsiz kotlavanda temirbeton bloklarini o‘rnatish; b) Shpunt to‘siqlari bilan jixozlangan poydevorni qurish sxemasi
2.3-rasm. 3-bosqich. Poydevor va tayanch tanasini tiklash.
Katta yuklar va bo‘sh gruntlarda qobiq-qoziqlar d – 60 sm devor qalinligi 10 sm, cho‘ktirish uzunligi 30 m gacha bo‘lgan qoziqlar qo‘llaniladi. Har bir seksiyani uzunligi 4,6,8,12 m gacha bo‘ladi. Har bir seksiyani oxirida payvandlanadigan po‘lat nakladkalardan tashkil topgan.
Avval armatura karkasi bo‘ylama sterjenlar va ko‘ndalang armatura (xomutka) lar bilan tayyorlanadi. Tayyor bo‘lgan karkaslar, metall qoliplarga joylashtirilib, beton qorishmalari bilan to‘ldiriladi. Beton qilib bo‘lgandan so‘ng 850S maksimal temperaturada quritiladigan kameralarga joylashtiriladi.
Katta ko‘priklarni qurishda qoziq cho‘ktirish ishlari ishlab-chiqarish loyihasiga binoan o‘tkaziladi.
1 stadiyada tayyorlov ishlari olib boriladi, maydon rejalashtiriladi.
Qurilish maydoni rejalashtiriladi. Qoziq qoqish moslamasi uchun temir beton plitasini joylashtiriladi, qoziqlarni olib kelib taxlanadi, qoziqlarni maydonini geodezik belgilash ishlari va yer osti kommunikatsiyalari belgilanadi.
2 stadiyada qoziq qoqish agregati ±10 mm aniqlikda o‘rnatiladi (35×35 sm), ±20 mm aniqlikda (40×40 sm) o‘rnatiladi.
Qoziq boshiga metall kallakni qoziq qoqilayotganda qoziqni buzilib, yemirilib ketmasligi uchun o‘rnatiladi.
Dizel – bolg‘ani quyidagi formula bo‘yicha tanlanadi.
Yeh≥0,045N
bu yerda, Yeh – dizel-bolg‘ani urish energiyasi.K.Dj.
N – qoziqqa tushayotgan hisobiy yuk.
2.4 rasm “Daisy” tipidagi qoliplarga temirbeton qoziqlarni ishlab chiqarish sxemalari
1-bosqich. Qoziqlarni betonlash; 2-bosqich. Tayyor qoziqlarni qolipdan chiqarish. 1-po‘latdan yasalgan qolip; 2-moslashuvchan qolipli taglik 3-tayyor qoziqlar
Ko‘prik quruvchilarini tajribasi shuni ko‘rsatadiki o‘rta tuproq sharoitida temirbeton prizmatik qoziqlarni qoqishda quyidagi dizel bolg‘alarni qo‘llash tavsiya etiladi
|
| |