• II BOB. O‘ZBEKISTONDA QURILAYOTGAN SUN’IY INSHOOTLAR TAYANCHLARINI QURISH XUSUSIYATLARI
  • Qoziqlarni turli tuproqlarga cho‘ktirish sifatini operatsion va qabul qilib olish nazoratlari talablari
  • I bob uchun nazorat savollari




    Download 17,83 Mb.
    bet7/106
    Sana16.05.2024
    Hajmi17,83 Mb.
    #238557
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   106
    Bog'liq
    5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx

    I bob uchun nazorat savollari
    1. O’zbekistonda ko’prik qurilish ishlari qanday tashkil qilinadi?
    2. Sun’iy inshootlarni qurilishida geodezik ta’minot tartiblari nimalardan iborat?
    3. Avtomobil yo’llaridagi sun’iy inshootlarni qurishda qurilish maydonini rejasi qanday tashkil etiladi?
    4. O’zbekistonda monolit ko’prik va yo’l o’tkazgichlarni loyihalashda qanday umumiy hollar o’rganiladi?

    II BOB. O‘ZBEKISTONDA QURILAYOTGAN SUN’IY INSHOOTLAR TAYANCHLARINI QURISH XUSUSIYATLARI


    2.1. O‘zbekiston sharoitida qurilayotgan sun’iy inshootlarni asos va poydevorlarini qurish
    Asos va poydevorlarni qurish bo‘yicha ishlarni mahalliy sharoitlar, QMQ 3.02.01-97, ShNK 3.01.01-03, QMQ 3.03.01-98 va ShNQ 3.06.04-14 talablarini inobatga olib tuzilgan loyiha, qurilishni tashkil qilish loyihasi va ishlarni bajarish loyihasiga muvofiq bajarish lozim.
    Har xil turdagi poydevorlarni qurish bo‘yicha ishlarni qabul qilib olishda, mazkur bo‘lim talablariga, bunda quyidagi qo‘shimcha materiallardan foydalanib amal qilinishi kerak:

    1. poydevorlar, rostverklar, qoziq elementlari va shpunt to‘siqlarning ijroiya shakllaridan, ularning tarxda va balandligi bo‘yicha chetga chiqishlarini ko‘rsatish bilan;

    2. qoziqlarni, qoziq qobiqlarni va shpuntlarni cho‘ktirishning to‘planma vedomostlari va jurnallari, burg‘ulash va burg‘ulangan qoziqlar uchun quduqlarni betonlash jurnallari,

    3. qoqib yoki tebratib cho‘ktiriladigan qoziqlarni dinamik sinashlar natijalari;

    4. qoziqlar, qoziq-qobiqlar yoki gruntlarni statik sinashlar (agar ular ishchi hujjatlarda ko‘zda tutilgan bo‘lsalar) natijalari;

    5. burg‘ulash ustunlari betonning bir butunligini buzmaydigan ultrotovush usulida nazorat qilish natijalari.

    Ishlarni bajarishdagi loyihadan chetlanishlar albatta loyiha tashkiloti bilan kelishilishi kerak.
    Boshlovchi skvajinaning chuqurligini qoziqni tuproqqa cho‘ktirish uzunligining 0,9 ga teng qilib, 0,9 diametriga, prizmatik qoziqlarda 0,8 diagonaliga teng qilib olinishi va sinov cho‘ktirishlari natijalari bo‘yicha aniqlanishi kerak.
    Qoziq-qobiqlarni tuproq va suvning musbat harorat zonasida (ularning butun balandligida yoki faqat quyi qismlari bo‘yicha), ularni cho‘ktirish, ichki bo‘shlig‘idan tuproqni chiqarib olish, tozalash, asosini qabul qilib olish (jumladan, kengaytirilgan bo‘shlig‘ini) va zarur bo‘lganda armatura sinchlarini o‘rnatish ishlarini qabul qilib olingandan so‘ng beton aralashma bilan to‘ldirilishi kerak.
    Majburiy tanaffusdan keyin, agar tanaffus davomida yotqizilgan aralashma harakatchanligining yo‘qolishiga olib kelmasa beton aralashmani yotqizishni davom ettirilishi mumkin. Aks holda, yotqizilayotgan aralashmani oldin o‘tqazilgani bilan sifatli biriktirishni ta’minlovchi choralar ko‘rilganidan so‘nggina ishni davom ettirishga ruxsat etiladi.
    Temirbeton qoziq elementlarining, atrofidagi muhitning (suvning, havoning, tuproqning) harorat belgisi o‘zgarib turadigan zonasi chegarasida, quyi tomoniga qarab qo‘shimcha elementning diametriga, lekin 1 m dan kam bo‘lmagan qismida beton aralashma bilan to‘ldirish ishlarini, element betonida yorilishlarni hosil bo‘lishining oldini olishga yo‘naltirilgan loyihada va IBL da ko‘rsatilgan maxsus talablarga (aralashma tarkibini tanlashga, uni yotqizishga, ichki yoki yuzalarini tozalashga va boshqalarga taa’lluqli) amal qilgan holda bajarilishi kerak.

    Qoziqlarni turli tuproqlarga cho‘ktirish sifatini operatsion va qabul qilib olish nazoratlari talablari






    Download 17,83 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   106




    Download 17,83 Mb.