|
-bosqich
Tayanch o‘qiga transport qurilmasini yo‘naltirishib shpuntni cho‘ktirishadi.
2-bosqich
|
bet | 15/106 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 17,83 Mb. | | #238557 |
Bog'liq 5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx1-bosqich
Tayanch o‘qiga transport qurilmasini yo‘naltirishib shpuntni cho‘ktirishadi.
2-bosqich
Greyfer yordamida gruntga ishlov beriladi.
II bob uchun nazorat savollari
1. O’zbekiston sharoitida qurilayotgan sun’iy inshootlarni asos va poydevorlarini qurishda qanday mahalliy sharoitlar hisobga olinadi?
2. Ko’prik inshooti poydevorlaridagi qoziqlar turlarini aytib bering?
3. O’zbekiston sharoitida quriladigan sun’iy inshootlarini poydevorlarini qurishda ishlatiladigan mashina va mexanizmlar nimaga asoslanib tanal olinadi?
4. Burg’ulanadigan qoziqlarning qanday qurish texnologiyalarini bilasiz?
5. Qobiq qoziq va tushiruvchi quduq qoziqlarini texnologik bosqichlari nimalardan iborat?
III BOB. KO‘PRIK VA YO‘L O‘TKAZGICHNING ORALIQ QURILMA TO‘SIN VA PLITALARNI MONTAJ QILISH USULLARI
3.1. Yig‘ma temirbeton oraliq qurilmalarni montaj qilish texnologiyasi
Butunlasi tashiydigan elementlardan tashkil topgan yig‘ma oraliq qurilma konstruksiyalari.
Yig‘ma to‘sinni oraliq qurilmalar qobirg‘ali va plitali turlarga bo‘linadi. Oraliq qurilmalar alohida montaj bloklaridan tuzilgan bo‘lib, to‘sin va plitalardan iborat.
Oxirgi paytlarda qobirg‘ali oraliq qurilmalar ya’ni butunasiga tashib keltiriladigan tavr shakilli 33 m uzunlikkacha bo‘lib bo‘ylamasiga to‘sinlar orasidagi choklar monolit tarzda birlashtiriladi.
Ishchi armaturalash tipi bo‘yicha oraliq qurilmalar quyidagi konstruksiyalarga bo‘linadi.
Karkasni oldindan zo‘riqtirilmagan.
Oldindan zo‘riqtirilgan K-7 bog‘lamli o‘ramlardan tashkil topgan.
Bu kabi to‘siqlar MJBK zavodlarida tayyorlanadi.
L-42 m li to‘siqlar (90t).Butun tarzda bo‘lmasligi mumkin.Bu kabi to‘sinlarni 2 ta variant konstruksiyalari bo‘lishi mumkin.
Ko‘prik yaqinlashuvida maxsus qolipda armaturani betonlashdan so‘ng amalga oshiriladi.
Qisqa bloklarni zavod sharoitida tayyorlab, umumiy yig‘ish ko‘prik yaqinlashuvida amalga oshiriladi.
Plitali oraliq qurilmalar ya’ni bo‘shliqni, П-shaklli plitalar kam qo‘llaniladi.Oxirgi paytlarda bunday oraliq qurilmalar ustini temirbeton monolit beton 110 mm qalinlikda qo‘yiladi, bu esa o‘z navbatida oraliq qurilmalarni yig‘ma-monolit ko‘rinishiga olib keladi.
3.1-rasm. Tashib keltiriladigan to‘sin va plitalarning konstruktiv turlari
a) oldindan zo‘riqtirilgan armaturali tavr shaklli to‘sinning namunaviy turlari; b) oldindan zo‘riqtirilgan armaturani balandligi qisqartirilgan namunaviy turlari; v) tavr shaklli karkasli zo‘riqtirlmagan armaturali to‘sinlar; g) bo‘shliqli plitalar; d) gumbazsimon plitalar; e) ikki konsolli plitalar; j) tashib keltiriladigan to‘sin qovurg‘asi armo elementi.
Butunlasi tashib keltiriladigan to‘sinlarni tayyorlash va ularni transportirovka qilish.
Oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton yig‘ma oraliq qurilmalar to‘sinlari MJBK zavodlarida tayyorlanib potokli-agregat texnologiyasi asosida maxsus sexlarda tayyorlanadi. Po‘lat qoliplarga beton qorishmasi solingandan so‘ng uni aralashib, o‘tirishi uchun vibrasiya qilinadi, issiq namli qayta ishlov va beton mustahkamligi qabul qilingandan so‘ng prosess davom ettiriladi.
Beton qotishi uchun va tayyorlov jarayonini tezlashtirish uchun 70−80ºC temperaturada maxsus kameralarda quritiladi. Tayyor bo‘lgan to‘sinlar maxsus to‘sin tashuvchi avtomobil-telejkalarda tashiladi. Tashish vaqti GAI bilan kelishilgan holda olib boriladi.
3.2-rasm. Tashib keltiriladigan oqim – agregatli to‘sinlarni tayyorlash sxemasi
1-armatura sexi; 2-zavod bosh korpusi; 3-ko‘chma stent; 4-beton to‘shash moslamasi; 5-quritish kamerasi; I armatura ishlari posti; II betonlash posti; III oldindan betonni tob tashlash posti; IV issiq-namlik qayta ishlash posti; V to‘sinni oldindan zo‘riqtirish va kuch berish posti
3.3-rasm. Oldindan zo‘riqtirilgan to‘sinlarni stentda tayyorlash sxemasi
1-stentga kuch berish; 2-tayyorlanayotgan to‘sin; 3-zo‘riqtirilgan armaturali kanat; 4-ikkita xarakatli damkrat; 5-yopiq xoldagi anker; 6-temirbeton plitali qopqoq.
Karkas armaturali tavr shaklli namunaviy to‘sinlarni tayyorlash xususiyatlari.
Hozirgi vaqtda karkasli tavr shaklli to‘sinlar stend usuli bilan ko‘prik qurilish tashkilotlari bazalarida tayyorlanadi.Bunday to‘siqlarni forma qolipi yig‘ma bo‘ladi.To‘sinlarni maksimal uzunligi L-18 m, polka qismini qalinligi oxirgi yillarda 15 sm dan 18 sm gacha oshdi.To‘sinlarni bir biri bilan bo‘ylama birlashtirish uchun armatura chekkalari sterjenlar bilan bog‘lanib choklar to‘ktiriladi, bu paytda montaj ilgaklari ham montaj qilinadi.
|
| |