|
Ko‘prik poydevoridagi burg‘ulanadigan qoziqlar
|
bet | 11/106 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 17,83 Mb. | | #238557 |
Bog'liq 5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docxKo‘prik poydevoridagi burg‘ulanadigan qoziqlar
Burg‘ulanadigan qoziqlar avvaldan gruntni ichida skvajina qazib, so‘ng uning ichida armatura karnasi betonlashi bilan yuzaga keladi. Dunyo tajribasida burg‘ulanadigan qoziqlar juda keng tarqalgan bo‘lib, ular asosan qattiq gruntlarda (ya’ni 120 m chuqurlikda bo‘lsa) qo‘llaniladi. O‘zbekistonda burg‘ulanadigan qoziqlarni diametri Ø620...1500 mm uzunligi 70 m chuqurlikgacha cho‘ktirilishi mumkin. Burg‘ulanadigan qoziqlar xarakteri bo‘yicha gruntda qoziq-ustun va osilib turgan qoziq turlariga bo‘linadi.
Ustun-qoziqlarga, botirib bo‘lmaydigan (qoyatoshli, shag‘alli qum-lar, katta va o‘rta kattalikdagi qattiq loyli gruntlarda) gruntlar kiradi.
Osilib turuvchi qoziqlar botirib bo‘ladigan gruntlarda qo‘llaniladi.
Burg‘ulangan qoziqlar uchun quyidagi konus cho‘kish turli usullari qabul qilinadi:
10...16 sm – vertikal harakatlanadigan truba uchun
14...24 sm – bosim bilan to‘ldirilsa
3...7 sm – bunker arkali yo‘naltiruvchi truba orqali
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda KATO rusumli yapon moslamasi ishlatiladi. U bir vaqtda zarb va burash bilan burg‘ulashni amalga oshiradi.
Poydevorlarni qurishda SFA texnologiyasi moslamasi ya’ni burg‘ulash-shnekli bo‘lib, bu moslama BAUER burg‘ulash mashinasida jihozlangan. Bu usulni mohiyati quyidagilardan iborat:
30 m chuqurlikkacha burg‘ulash-shneki bilan burg‘ulanadi, bunda o‘rtadagi truba tubi mahsus probka bilan berkitilgan bo‘ladi.
Burg‘ulash-shneki yordamida belgilangan loyiha belgisigacha burg‘ulab, betonnasos bilan beton qorishmasi bilan to‘ldiriladi, bu vaqtda truba har doim beton ichida bo‘lishi kerak, chunki atrofidagi suvlar bilan aralashib ketmasligi uchun.
Shundan so‘ng beton qorishmasi ichiga vibrocho‘ktirgich yordamida armatura karkasi cho‘ktiriladi (bu paytda karkasni o‘z og‘irligi bilan ham cho‘ktirish mumkin).
Bunga o‘xshash burg‘ulash moslamasi diametri Ø0,4, 0,6, 0,8, 1,0, 1,2 m maksimal uzunligi 30 m bo‘lgan va ish unumdorligi bir sutkada 300 m gacha bo‘lgan (ya’ni 15 qoziq) burg‘ulash moslamalari qo‘llaniladi. Burg‘ulash moslamasi sistemani nazorat qilib turish va burg‘ulash parametrlarini sifatni olib shga mo‘ljallangan.
2.6-rasm. Burg‘ilanayotgan qoziqlarni qurish texnalogiyasi.
a) Sikvajinani burg‘ilash; b) Sikvajinani beton bilan to‘ldirish; v) Armatura karkasini tushurib beton bilan to‘ldirish. 1-Burg‘ilash moslamasi o‘rnatilgan mashina; 2-Burg‘ilash moslamasi; 3-Beton yuborish nasosi; 4-Armatura karkasi; 5-Vibrocho‘ktirgich
Bundan tashqari, burg‘ulovchi-tushiruvchi quvurlar (qolip va sifatini o‘taydi) bilan qoziqlarni o‘rnatish keng qo‘llaniladi. Bu texnologiyani qo‘llashdan avval quyidagi tayyorgarlik ishlari olib boriladi:
Buldozer yordamida maydonni o‘simlik va boshqa chiqindilardan tozalanib, planirovka qilinadi va kirish yo‘llari quriladi.
Har bir tayanchni ko‘ndalang o‘qlari geodezik belgilash bilan o‘qlanadi, qurilish maydoniga burg‘ulash, kran va betonolit moslamasi olib kelinadi.
Burg‘ulash moslamasi uchun maydonga beton plitalari yotqiziladi. Tayyorgarlik ishlari tugagandan so‘ng skvajikani burg‘ulash quyidagi tartibda olib boriladi:
Burg‘ulash mashinasini ishchi holatiga joylashtirgandan so‘ng, strelali kran yordamida tushiruvchi qolip vazifasini o‘taydigan trubani pastki qismi o‘natiladi.
Shundan so‘ng burg‘ulash moslamasi bilan tushiruvchi truba aylanma harakatda gruntga botiriladi va greyfer yordamida grunt tashqariga chiqarib tashlanadi. Truba ichidagi suv ham nasos yordamida tortib olinadi.
Bu vaqtni o‘zida trubani boshqa seksiyalari ham mahsus qulflar bilan birlashtirilib aylantirish bilan cho‘ktirilib boriladi.
Burg‘ulash tushiruvchi trubalar loyiha belgisigacha botirib tushirgandan so‘ng, armatura karkasi strelani kran yordamida tushiriladi.
Karkasni o‘rnatilgandan so‘ng beton ishlari boshlanadi. Beton qorishmasi qurilish maydoniga avtobetonoqorishtirgichlarda olib kelinadi. Qishki paytlarda beton qorishmasini iloji bo‘lsa havo harorati +5ºC dan past bo‘lmagan haroratda betonlash tavsiya etiladi.
2.7-rasm. Burg‘ulanadigan qoziqlarni betonalit turbalari bilan betonlash texnologiyasi.
a) Cho‘ktiriladigan qolib trubasini loyiha xolatiga olib kelish; b) Tuproqni cho‘mich blan olib tashlash; v) Skvajinaga armature karkasini tushurish; g) Vertikal joylashgan truba yordamida skvajinani betonlash. 1-burg‘ulash moslamasi, 2-cho‘ktirib olinadigan qolib trubalar, 3-tuproq-loyli qorishma, 4-burg‘ulash moslamasini ishchi qismi, 5-armatura karkasi, 6- betonolit trubasi, 7-betonolit trbasini berkitish joyi, 8-betonlangan ustun qismi
Burg‘ulash qoziqlarini vertikal harakatlanuvchi trubalar (VXT) usuli yordamida betonlansa, u trubalarni seksiyalari d – 250-325 mm germetik bo‘lishi zarur. Bu usulni asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:
Ishlarni boshlanishdan avval betonolit trubalarni seksiyalari germetik yopilgan bo‘lishi kerak.
Betonolit trubani tushirishdan oldin skvajinani tubi belgisini aniqlab so‘ng tushiriladi.
Betonolit trubasini eng pastki seksiyasida probka o‘rnatiladi, bu esa betonolit trubasi ichiga suv kirmasligi va betonlash jarayonida truba tubi har doim beton qorishmasi ichida bo‘lishi zarur.
Betonlash protsessida seksiyalarni olib tashlash ishlari ham borilishi kerak.
2.8-rasm. Avtokran yordamida qolip sektsiyalariga qushish sxemalari
1-Avtokran, 2-l-2,4,6 metr uzunlikdagi truba qoliplari, 3-KATO rusumli burg‘ulash moslamasi,4-Temirbeton plitalar
Beton qorishmasini grunt bilan yaxshi o‘tirishini saqlash uchun jarayonda qoziq cho‘ktiruvchi trubani sekin-asta aylana harakatida ya’ni 20÷30 sm gacha ko‘tarib, 10 – 15 sm gacha tushirib olib borilishi betonni grunt bilan zichlanishiga olib keladi.
Ishlarni olib borish jarayonida quyidagilar nazorat ostiga olinishi kerak.
Beton qorishmasini harakatlanishi
Quyish intensivligi
Betonolit trubasi ichidagi beton qorishmasini sathi tekshirilib turilishi kerak
Betonolit trubasini eng pastki seksiyasi holati har doim nazoratda bo‘lishi kerak
Ko‘prik poydevorlariga qo‘shimcha burg‘ulanadigan po‘latdan tayyorlangan diametric 1-1.5gacha bo‘lgan quvur qoliplar qo‘llaniladi. Ular 50 tonnalik KATO rusumli burg‘ulash mashinalaridan foydalaniladi. Bu jarayon po‘lat -quvurlar tuproqlarni bosib cho‘ktirish bilan olib boriladi. Bunda greyfer bilan tuproq tashqariga olib tashlanadi. Loyiha belgisiga yetgandan so‘ng karkasni tushurilib betonqolib trubalar yordamida beton to‘shaladi va po‘lat qoliblar sug‘orilib olib tashlanadi.
2.3. Temirbeton kuprik poydevorlaridagi qobiq-qoziqlarni vibrochо‘ktirgich yordamida qurish
Temirbeton vibrocho‘ktirgich qobiq-qoziqlar diametri 1 m va undan katta bo‘lgan qoziqlar qoziqli rostverklarda va rostverkli tayanchlarda qo‘llaniladi. Qobiq qoziqlarni cho‘ktirish 70 metrgacha cho‘kishi va ko‘tarish qobiliyati 200 tonnagacha bo‘lishi mumkin. Yig‘ma temirbeton qobiqlar monolit beton yoki temirbeton bilan to‘ldirilishi mumkin.Qobiqlarni cho‘ktirishni osonlashtirish uchun eng pastki seksiya po‘lat puchoklar bilan jihozlangan bo‘ladi.Seksiyalar bir- biri bilan maxsus choklari bilan payvandlash yo‘li bilan birlashtiriladi. Diametri 1metr gacha bo‘lgan qobiq-qoziqlar yumshoq gruntlarda zarb-bolg‘asi bilan olib boriladi.Buning uchun qobiqni pastida po‘lat birlashtiruvchi moslama, yuqori qismida qobiq boshini kiydiruvchi moslama bilan jihozlanadi.
Diametri 1mdan ortiq bo‘lgan qobiq-qoziqlarda pastki seksiyasi ochiq holatda bo‘lishi mumkin. Bunday qobiq-qoziqlarni vibrocho‘ktirgichlar bilan cho‘ktirib, ularni ichki qismidan gruntlarni olib tashlash bilan olib boriladi.
Vibrocho‘ktirgichlarni yaxshi tomoni, ular qumli gruntlarga yaxshi moslashgan bo‘ladi. Qobiq-qoziqlarni loyiha holatiga keltirish uchun yo‘naltiruvchi-strelalar, karkaslar va konduktorlar kerak bo‘ladi. Yo‘naltiruvchi karkaslar ko‘pincha bir xil tipdagi poydevorlarni qurish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Tayyorgarlik ishlari tugagandan so‘ng:
qobiqlar seksiyalari qurilish maydoniga keltirilib, ostki seksiyalar, yo‘naltiruvchi karkaslar yordamida, boshqa seksiyalar bilan boltli yoki payvand choklari bilan birlashtirilib germetizatsiyalanadi.
yuqori seksiyaga o‘tish moslamasi o‘rnatilib, vibrocho‘ktirgich gruntga botiriladi.
greyfer yoki erlift yordamida qobiqni ichki qismidan gruntlar olib tashlanadi.
qobiqni ichki tarafiga kran yordamida armatura karkasi o‘rnatiladi.
qobiq qoziqni ichi (BXT) vertikal-harakatlanuvchi truba orqali beton qorishmasi bilan betonlanadi.
shpunt to‘sinlari o‘rnatilib, plita betonlanadi.
2.9-rasm: Temir-beton qobiqlarni sentrifugalash yo‘li bilan ishlab chiqarish: a) Qobiqlarni cho‘ktirish; b) yadroni betonlash. 1) Sentrifuga, 2) Qolib formasi, 3) Armatura karkasi, 4) beton qorishmasi
2.10-rasm. Yig‘ma qobiq qoziqlarni o‘rnatish: 1 - temir-beton qobiq-qoziq; 2 – vibrocho‘ktirgich; 3 - greyfer; 4 – betonolit truba; 5 – Vertikal joylashgan truba yordamida skvajinani betonlash.
|
| |