• I BOB. KO‘PRIKLARNI QURISH VA EKSPLUATASIYA QILISH BO‘YICHA UMUMIY TUSHUNCHALAR
  • IBSN: © “Transport” nashriyoti, Toshkent, 2023




    Download 17,83 Mb.
    bet3/106
    Sana16.05.2024
    Hajmi17,83 Mb.
    #238557
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
    Bog'liq
    5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx

    IBSN:
    © “Transport” nashriyoti, Toshkent, 2023
    © SH.SH. Shojalilov., 2023.

    Kirish
    |Darslik Avtomobil yo‘llaridagi sun’iy inshootlar, jumladan: ko‘priklar, yo‘lo‘tkazgichlar va tonnelarni qurish va ekspluatatsiya qilish xaqida asosiy ma’lumotlar berilgan. 60730800 – Yo‘l muhandisligi (avtomobil yo‘llaridagi sun’iy inshootlar), ta’lim yo‘nalishi bakalavriat talabalari va professor-o‘qituvchilar uchun darslik sifatida tavsiya etilgan. Bundan tashqari darslikda ko‘priklar, yо‘lо‘tkazgichlar va tonnellarni qurish va ekspluatatsiya qilishda keraklik bo‘lgan asosiy ma’lumotlar ham berilgan.
    Mamlakatimizda chuqur o‘zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha tomonlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlari jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida belgilab olingan va izchil ravishda amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zamin yaratmoqda.
    Darslik “Avtomobil yo‘llaridagi suniy inshootlar” fanining mazmuni, predmeti va metodi, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari, O‘zbekiston Respublikasida qurish va ekspluatatsiya faoliyatini tashkil qilishning huquqiy va tashkiliy asoslari, quruvchi kasbiga malakaviy va ahloqiy talablar, qurilishda muhimlik va shu kabi mavzular uzviylik va uzluksizlik nuqtai nazaridan mantiqiy ketma-ketlikda o‘z aksini topgan. “Ko‘priklar, yо‘lо‘tkazgichlar va tonnellarni qurish va ekspluatatsiya qilish” fanini chuqur o‘rganish tegishli sohalar muammolarini hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. “Avtomobil yo‘llaridagi sun’iy inshootlarni qurish va eksplutatsiya qilish” fani muhandislik fanlaridan biri hisoblanadi. Avtomobil yo‘llarida quriladigan sun’iy inshootlarning zamonaviy arxitekturasi, ularni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq bilimlarni talabalarga yetkazib berish bu fanni o‘rgatishdagi asosiy maqsaddir.
    Avtomobil yo‘llaridagi sun’iy inshootlarni qurish va eksplutatsiya qilish fani ixtisoslik fan hisoblanib, 6,7,8-semestrda o‘qitilishi maqsadga muvofiq.
    Darslik fan dasturini amalga oshirish uchun o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan matematik va tabiiy-ilmiy xamda umumkasbiy fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi. O‘z navbatida mazkur fan xam yo‘nalishning asosiy ixtisoslik fanlarni o‘rganishda zamin bo‘lib xizmat qiladi.
    Darslik bakalavr yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat Ta’lim Standartlariga muvofiq bakalavrlar qilib tayyorlashdir, hamda ularni avtomobil yo‘lidagi sun’iy inshootlarni zamonaviy loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda loyihalash, ilmiy izlanish olib borish, yangi loyihaviy yechimlarni zamonaviy hisoblash texnikalari yordamida amalga oshirishni o‘rgatishdir.
    Darslikda keltirilgan maqsadlarning amalga oshirilishi mazkur yo‘nalishlar talaba-bakalavr uchun o‘qish davomida ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar va mustaqil ishlar bajarilishi ko‘zda tutilgan.
    Darslik “ Avtomobil yo‘llaridagi sun’iy inshootlarni qurish va eksplutatsiya qilish” fanining vazifasi - talabadan ko‘proq o‘zining shaxsiy intellektini tarbiyalash, chizmachilik fanidan olgan tasavvur qilish qobiliyatini namoyon qilishni, sun’iy inshootlarni loyihalashda yer relefini saqlab qolgan holda loyihani amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Ayniqsa, tanlanayotgan har bir sun’iy inshoot loyihasi har tomonlama zamonaviy talablarga, ya’ni odamlarni ichki hissiyotlarini ijobiy tomonga yo‘naltirishdan ruhiy qoniqish omillari uchun xizmat qiladi.
    Darslikda qurilish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish orqali qurilish samaradorligini oshirish. Yig‘ma va yaxlit temirbeton konstruksiyalarini tayyorlashni tashkil etish. Ko‘priklarni qurish va eksplutatsiya ishlari, ishlab chiqarish loyihalari asoslari. Tabiiy zaminli ochiq handaklarda poydevorlarni qurish asoslari. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda metro qurilishida ochiq va qalqon usullaridan keng foydalanilyapti. Qoziqli poydevorlarni qurish asoslari. Ko‘prik va transport inshootlarining yaxlit temirbeton oraliq konstruksiyalarini loyihalash va qurish. Ko‘priklarning yig‘ma temirbeton konstruksiyalarini qurish, transport inshootlari qurish va hakazolar keltirilgan.
    Muallif darslikni tayyorlashda kafedra professorlari Ishanxod-jayev A.А., Salixanov S. S, va dotsent Axmedov Sh B.larga ko‘rsatgan yordamlari va maslahatlari uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

    I BOB. KO‘PRIKLARNI QURISH VA EKSPLUATASIYA QILISH BO‘YICHA UMUMIY TUSHUNCHALAR


    1.1. Ko‘prik qurish ishlarini tashkil qilish
    O‘zbekistondagi ko‘priklar va quvurlarning 90% dan ko‘prog‘i temirbetondan qurilgan bo‘lib, ularning asosiy qismi yig‘ma temirbetondandir. Hozirgi vaqtda yaxlit temirbetondan foydalanish kengayib bormoqda.
    Ko‘prik qurishda industrlashtirish darajasini ko‘tarish yanada mukammalroq texnologik usullardan foydalanish, qurilishni mashinaviy ishlab chiqarishga aylantirish hisobiga, ya’ni zamonaviy usullar asosida qurishni tashkil qilish va effektiv texnologiyalardan foydalanish, shuningdek ishlarni mexanizatsiyalashtirish darajasini yuqoriga ko‘tarish va iqtisodiy jihatdan arzon konstruksiyalardan foydalanish bilan bajariladi.
    Hozirgi kunda O‘zbekistonda qurilish konstruksiyalari o‘lchamlari maxsus modul sistemasi asosida belgilanadi. Ushbu sistemaga asosan ko‘prik konstruksiyalarida modul 10 sm, oralik kurilmalar uzunligi uchun esa - 300 sm tanlangan.
    Uzlukli to‘sinli oraliq qurilmalar uchun unifikatsiyalangan namunaviy to‘sinlar va plitalar ishab chiqilgan bo‘lib, ularning uzunligi - 6, 9, 12, 15, 18, 24, 33 va 42 m. Katta oraliqlar uzunligi 21 metrli modul bilan quriladi - 63, 84, 105, 126 m va xokazo.
    Mexanizatsiyalashtirish qisman yoki kopmleks bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarish jaraenida ayrim ishlarni mashinalar bajarib, qo‘l mehnati saqlanib qolsa qisman mexanizatsiyalashtirish amalga oshirilgan bo‘ladi. Barcha ishlar mashinalar yordamida bajarilganda, kompleks mexanizatsiyalashtirish joriy etilgan hisoblanadi. Kompleks mexanizatsiyalashtirishning eng yuqori darajasi avtomatlashtirishdir.
    Bir vaqtning uzida bir necha kichik va o‘rta sun’iy inshootlar qurilaetgan vaqtda qurish jaraenini oqimli usul yerdamida bajarish maqsadga muvofiqdir. Ushbu usulda barcha ishlar mexanizatsiya-lashtirilgan bo‘lim ishchilari tomonidan bajariladi. Xar bir bo‘lim ishlar bo‘yicha maxsus tayerlangan va jixozlangan bo‘lishi lozim.
    Oqimli usul o‘z navbatida tezlashtirilgan oqimli yoki ketma-ket oqimli bo‘lishi mumkin.
    I-III kategoriyali avtomobil yo‘llaridagi shaxar va avtomobil yo‘l-lari ko‘priklari va yo‘lo‘tkazgichlari, shuningdek temir yo‘l ko‘priklari «7 chi ko‘prik qurish» tresti korxonalari tomonidan quriladi.
    Kichik va o‘rta ko‘priklar va suv o‘tkazish quvirlarini qurish bo‘yicha katta xajmdagi ishlar «O‘zavtoyo‘l» konserni korxonalari tomonidan bajariladi.
    Ko‘prik va yo‘lo‘tkazgichlardan foydalanish va ta’mirlash «O‘zbekiston temir yo‘llari» va «O‘zavtoyo‘l» konserni korxonalariga zimmasiga yuklatilgan.
    Ko‘prik qurish ishlarini tashkil qilish va qurish-montaj ishlariga boshchilik qilish chiziqli va to‘rli kalendar grafiklar yerdamida bajariladi. Ushbu grafiklarda ishlarning ayrim turlari ketma-ketligi, xajmi va vaqti belgilanadi. Grafiklar bir necha turda bo‘lishi mumkin.
    General yoki direktiv grafiklar ko‘prik loyixasi va qurishni tashkil qilish loyixalari asosida, qurish ishlarini bajarish muddatini hisobga olgan xolda ishlab chiqiladi. Bu grafikda ko‘prik kechuvi bo‘yicha ishlarning barcha turi (ko‘prik, ko‘tarma va yo‘naltiruvchi inshootlar qurish) hisobga olinadi, ya’ni qurilishning tayerlov, asosiy va yakunlovchi bosqichlari.
    Grafikda qurilish montaj ishlarining ayrim turlari gorizontal chiziqlar bilan vaqt masshtabida ko‘rsatiladi. Yuqori tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan grafiklar direktiv bo‘lib, bajarilishi majburiydir.
    General grafiklardan tashqari ishchi grafiklar xam ishlab chiqiladi. Ishchi grafiklar ko‘prikning alohida elementlari yoki ishning biron bosqichi uchun ishlab chiqiladi, misol uchun alohida tayanchlar poydevorini qurishga, tayanch va oraliq kurilma yigma konstruksiyalarini yitsishga, xarakat qismini jixozlashga va boshqalar.
    Ishlarni tashkil qilish davrida qurilishning general grafigiga qo‘shimcha shaklida yordamchi grafiklarni tuzish tavsiya qilinadi, misol uchun asosiy qurilish montaj jixozlariga, xarakatlanuvchi va xarakatsiz kranlarga, kompressor va elektr stansiyalariga, beton qorish moslamalariga talab, yisma temirbeton konstruksiyalarga va qurilish materiallariga talab va keltirish muddatlari.
    Yirik ko‘prik kechuvlarini qisqa muddat ichida qurish kerak bo‘lgan xollarda qurishni tashkil qilish to‘rli grafiklar asosida bajariladi. To‘rli grafiklarning asosiy afzaliklari ushbulardan iborat: 1) qurilishning muddatiga ta’sir qiluvchi asosiy ishlar aniq belgilanadi; 2) orqada qolaetgan ishlarni aniqlash, nazorat qilish va kerak bo‘lganda yerdam berish imkonini beradi; 3) bajariladigan ishlarning texnologik ketma-ketligi yaqqol bilinadi; 4) grafikni qayta ishlamasdan unda xosil bo‘lgan konkret sharoitlarni ko‘rsatish.

    Download 17,83 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




    Download 17,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    IBSN: © “Transport” nashriyoti, Toshkent, 2023

    Download 17,83 Mb.