• 1.3. O‘zbekistondagi monolit yo‘l o‘tkazgich va ko‘priklarni qurishdagi umumiy hollar. Qurilishning geodezik ta’minoti
  • Monolit ko‘priklarni qurishdagi umumiy hollar
  • Inshootlarni qurish va ekspluatatsiya




    Download 17,83 Mb.
    bet6/106
    Sana16.05.2024
    Hajmi17,83 Mb.
    #238557
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
    Bog'liq
    5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx

    Bino, inshootlar nomi

    O‘lchov birligi

    Maydon

    Qisqa tasnif

    1

    Prorabxona, tibbiy punkt

    m2

    20

    Vagoncha

    2

    Instrumentlar ombori

    m2

    10

    Vagoncha

    3

    Oziq-ovqat qabul punkti

    m2

    15

    Vagoncha

    4

    Ishchilar turar joyi

    m2

    20

    Vagoncha

    5

    Armatura ombori

    m2

    30

    Ayvon

    6

    Temir konstruksiyalar va yog‘och materiallar ombori

    m2

    25

    Ayvon

    7

    Yong‘in shiti (qalqoni) 3 dona




    -




    8

    Bioxojatxona (2 dona)

    -

    -




    9

    Axlat uchun idish

    -

    -




    10

    Harakatchan elektrostansiya




    5

    Ayvon

    11

    Tinitadigan hovuz

    dona

    1





    1.3. O‘zbekistondagi monolit yo‘l o‘tkazgich va ko‘priklarni qurishdagi umumiy hollar. Qurilishning geodezik ta’minoti
    Samarqand shahridan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining 1083-kilometrida yangi yo‘l o‘tkazgich "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyatining "Ko‘prikqurilishloyiha" korxonasi hamda Rossiyaning yetakchi mutaxassislari bilan hamkorlikda tayyorlangan loyiha asosida barpo qilinmoqda.
    Osmalimetrni tashkil etib, inshootdan ikki tomonga yo‘nalish bo‘ylab ikkita syezd mavjud. Ushbu yo‘l o‘tkazgich foydalanishga topshirilgach bir soatda qariyb 600ga yaqin, bir sutkada esa 14 mingta avtomobilni o‘tkazish imkoniyati yaratiladi. Amalga oshirilayotgan loyihaning oraliq qurilmasi kesimsiz uch oraliqli balka bo‘lib, qurilish balandligi bo‘yicha o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ikki chetidagi oraliq qurilmaning uzunligi 33 metr, o‘rtadagi oraliq qurilmaning uzunligi esa 42 metrdan iborat bo‘ladi. Mazkur yo‘l o‘tkazgichga jami 6000 metr kub beton yotqizish ishlari mo‘ljallangan bo‘lib, hozirgi kunga qadar 3000 metr kub beton yotqizildi.

    1.2-rasm. O‘zbekistondagi monolit yo‘l o‘tkazgich va ko‘priklarni qurishdagi xollar

    Deformatsion choklar rezina-metalli qoplama turidan iborat bo‘lib, o‘tkazgichning eni va uzunligi bo‘ylab harakatlanishiga imkoniyat beradi va avtomobillarning tekis va ravon harakatlanishiga zamin yaratadi. Mutaxassislarning aytishicha, bunday deformatsion choklar birinchi marotaba ishlatilmoqda.


    Monolit oraliq qurilma ham yaxlit havozalarda 2 bosqichda quri-ladi. Dastlab bir yo‘nalishda uchta harakat yo‘li, ikkinchi yo‘nalishda xuddi shuncha harakat yo‘li quriladi. Ushbu yo‘l o‘tkazgich qurilishini "Ko‘prikqurilish tresti" korxonasining 200 nafar mutaxassisi zamonaviy texnika va uskunalardan foydalangan holda amalga oshirmoqda.
    Monolit ko‘priklarni qurishdagi umumiy hollar
    Monolit ko‘priklarni qurishda, ShNQ talablaridan tashqari, davlat standartlari, shuningdek boshqa normativ hujjatlar, shu jumladan, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish standartlari va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha normativ hujjatlar talablarini ham bajarish lozim.
    Inshootlar tiklashni loyiha bo‘yicha va konkret ish turi uchun texnologik reglamentga muvofiq bajarish lozim. Texnologik reglamentlar konstruksiyalarni ishlab chiqqan loyiha tashkiloti bilan kelishilgan va byurtmachi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishlari lozim.
    Ajratilgan qurilish maydonchalaridan tashqaridagi yondashuvchi maydonlarda daraxt va o‘simliklarni kesish, chiqindilar to‘kish, ash’yolar taxlash, o‘t-o‘lanlarni buzish, shuningdek tekislash, yer osti suvlarning mavjud sathini o‘zgartiruvchi drenaj-quritish va boshqa ishlar bajarish ruxsat etilmaydi.
    Inshootni doimiy ekspluatatsiyaga topshirishdan oldin, qurilish ishlari bajarilgan maydonlar vaqtinchalik va yordamchi inshootlardan tozalangan, qolgan ash’yolar va konstuksiyalar olingan, grunt yuzasi tekislangan, rekultivatsiya va hududni obodonlashtirish bo‘yicha ko‘zda tutilgan ishlar bajarilgan, shuningdek ko‘prik osti qirg‘oqlari va quvurlar teshiklari tozalangan bo‘lishi kerak.
    Ishlab chiqarish korxolarida, poligonda, tashkilot sexida tayyorla-nuvchi ko‘priklar konstruksiyalari, shu jumladan polimer kompozitsion materiallar (bunday keyin PKM) dan tayyorlanuvchi konstruksiyalar, mahsulot sifatida o‘rnatilgan talablarga javob berishi, shuningdek mahsulot sifati bajarish hujjati bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
    Qo‘priklarning daryolar, ko‘llar va boshqa suv havzalari akvatoriyasida qurilishida, ularning xavfsizligi va loyihada kelishilgan xo‘jalik faoliyati ushbu suv havzalari akvatoriyalarini ekspluatatsiya qilish yoki ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilot yoki tizimlar (suv transporti, baliqchilik xo‘jaligi, sug‘orish tizimlari, suv ta’minoti, rekreatsiya va b.) ishidagi zarar hajmlari ta’minlangan bo‘lishi lozim. Ko‘prik inshootini qurish ishlari piyodalar, temir yo‘l va avtomobil yo‘llarida, aholi yashaydigan punktlardagi aloqa yo‘llarida va ularning bevosita yaqinida harakatni to‘xtatmay olib borilganda, loyihada kelishilgan transport va piyodalar harakati va ishlayotgan odamlar xavfsizligi shartlari, shuningdek qurilish zonasida joylashgan mavjud bino, inshootlar va kommunikatsiyalar buzilmasligi shartlarini bajargan holda amalga oshirilishi lozim.
    Mahalliy materiallarni (chaqiq toshni, qumni, shag‘al materiallarni, yog‘och materiallarni) tayyorlov ishlarida, qurilish joyida shu materialni texnik talablarda ko‘zda tutilgan sifatini va materiallar xossalarini tadqiq qilishni nazorat qilib borish ta’minlanishi kerak.
    Navbatdagi ishlarni bajarishga “Yopiladigan” ishlarni oraliq qabul dalolatnomasi tuzish bilan ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng amalga oshirishga ruxsat etiladi. Qurilish maydonini joylashtirish va yordamchi inshootlar va jihozlar konstruksiyalarini belgilashda, suvning ishchi sathi sifatida, ishlarni bajarish davridagi uning 10 % gacha ko‘tarilish ehtimolidagi hisobiy suv sarfiga mos keladi.



    Download 17,83 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




    Download 17,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Inshootlarni qurish va ekspluatatsiya

    Download 17,83 Mb.