• Geodezik belgilash asoslarining texnik talablari, hajmi va nazorat usullari
  • Qurilishning geodezik ta’minoti




    Download 17,83 Mb.
    bet4/106
    Sana16.05.2024
    Hajmi17,83 Mb.
    #238557
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
    Bog'liq
    5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx

    Qurilishning geodezik ta’minoti
    Monolit ko‘priklarni qurilishida bajariladigan geodezik ishlar tarkibi quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:

    1. qurilish uchun geodezik belgilash asoslarini yaratish;

    2. qurilish maydoni ichida inshootlar va vaqtinchalik bino va inshootlar (ular mavjud bo‘lganda) ni belgilash bo‘yicha ishlar;

    3. detal belgilash ishlari va tiklanayotgan inshootlar geometrik parametri aniqligini geodezik nazorat qilish va ular bo‘yicha bajarish geodezik hujjatlari tuzilgan bajarish s’yomkalari;

    4. punkti bo‘yicha geodezik ishlar byurtmachining majburiyati bo‘lib, b) va v) punktlari bo‘yicha esa bajaruvchi majburiyatlariga kiradi.

    Ko‘prik qurilishi uchun geodezik belgilash asosi (GBA) quyidagilarni ta’minlashi lozim:

    • qurilishning barcha bosqichlarida belgilash, qurish va ishlarni nazorat qilishning talab qilinadigan aniqligini;

    • tayanchlar markazlari holatini belgilash va nazorat qilish uchun maksimal qulaylik;

    • qurilish jarayoni va uni yakunlagandan so‘ng inshootni ekspluatatsiya qilishda ulardan foydalanish uchun GBA punktlarini saqlab qolish;

    • qurish jarayonida GBA punktlari tarmog‘ini kengaytirish, o‘zan qismida qazish ishlari yakunlangandan so‘ng yoki yangi yarimorolchalar va oqim qismida orolchalar (zarur bo‘lganda) qurilgandan so‘ng yangi punktlar joylashtirish imkoniyati.

    Qurish uchun geodezik belgilash asosini qurilish hududida mavjud bo‘lgan geodezik tarmoqlar punktlariga bog‘lab yaratish lozim.
    Ko‘prik qurilishi uchun geodezik belgilash asoslari sifatida quyidagilar xizmat ko‘rsatadilar:

    1. qirg‘oq chizig‘i bo‘ylab qurilish murakkabligiga bog‘liq holda ko‘prik triangulyatsiyasi yoki trilateratsiyasi yoki chiziqli-burchakli tarmoqlar punktlari (uzunligi 300 m dan katta bo‘lgan ko‘priklar, vantli ko‘priklar, egrilikdagi ko‘priklar, shuningdek balanligi 15 m dan katta bo‘lgan tayanchlarga ega ko‘priklar);

    2. ko‘prikning bo‘ylama o‘qini (quvurlar uchun – yo‘l trassasi o‘qining quvur o‘qi bilan kesishish nuqtasini) bog‘lovchi punktlar;

    3. bosh o‘qga parallel bo‘lgan yordamchi o‘qlarni bog‘lovchi punktlar, uzunligi 100 m dan katta bo‘lgan qayir qismlari berkituvchi ko‘priklari qurishda, ko‘priklarni murakkab sharoitlarda (tabiiy yoki ish bajariladigan joydagi qurilgan imoratlar bilan bog‘liq bo‘lgan) qurishda va asos punktlari qurilish jarayonida buzilib ketishi mumkin bo‘lgan hollarda;

    4. balandlik reperlari (markalari);

    5. ulanishlar ko‘prik loyihasi tarkibiga kiritilgan hollarda, ko‘prikka ulanish o‘qi bo‘ylab joylashgan nuqtalar;

    6. uzunligi 100 m dan katta bo‘lgan ko‘priklar o‘zan tayanchlari, vaqtli ko‘priklar, egrilikdagi ko‘priklar va tayanchlari balandligi 15 m dan katta bo‘lgan ko‘priklar o‘qi bo‘ylab joylashgan nuqtalar;

    7. ko‘prik bo‘ylama o‘qiga tik yoki loyihaviy burchak bo‘yicha joylashgan ko‘prik tayanchlari bo‘yicha naturaga chiqarilgan ko‘ndalang tekisliklar;

    8. tayanchlar markazlarini belgilash va qurilish jarayonida ular holatini nazorat qilishni amalga oshirish mumkin bo‘lgan, joyning sharoitlarini inobatga olib o‘rnatilgan boshqa GBA punktlari.

    Agar ko‘prikning o‘qi orolni kesib o‘tgan bo‘lsa, qo‘shimcha ra-vishda unda kamida bitta ko‘prik o‘qida joylashgan tarxdagi geodezik asos punktlari va bitta balandlik reperi joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
    Egrilikda joylashgan ko‘prik o‘qi, ko‘prikning boshi va oxirini tortib turuvchi xord chizig‘iga bog‘lanadi. Ko‘prik o‘zan qismi to‘g‘ri chiziqda, chetki qismlari egrilikda joylashgan holda, ko‘prik egri chiziqli bo‘laklarida tangenslar, burchaklar uchlari va bissektrisalar bog‘lanishlari lozim.
    Qurilishni amalga oshirish va ko‘prik elementlari deformatsiyala-nishlarini kuzatish uchun GBA qurishda, agar traditsion usullarni qo‘llash mumkin bo‘lmasa yoki iqtisodiy nazardan maqsadga muvofiq bo‘lmasa, GPS, GLONAS global yo‘ldosh navigatsion tizimlardan foydalanib, yuqori aniqlikdagi o‘lchovlarni qo‘llash lozim.
    GBA punktlari balandlik holatlarini davlat tarmog‘i reperlaridan aniqlash lozim. Daryoning qarama-qarshi qirg‘oqlarida joylashgan reperlar, balandlikni hisoblashning yagona tizimidagi belgilarga ega bo‘lishlari kerak. Ishchi zonadan tashqarida joylashgan doimiy reperlardan tashqari, har bir tiklanayotgan inshootda, uning belgilari doimiy nazorat qilinuvchi ishchi reperlar o‘rnatish lozim.
    Uzunligi 100 m dan katta bo‘lgan ko‘priklarda, vantli ko‘priklarda, egrilikdagi ko‘priklarda va tayanchlari balandligi 15,0 m dan katta bo‘lgan ko‘priklarda, rejaviy va balandlik geodezik asoslar punktlarini yuqori qirralariga asboblar o‘rnatish maydonchalari payvandlangan temirbeton markazlar va po‘lat quvurlar bilan bog‘lash lozim:

    • qurilish davrida – aniqlik haqida ma’lumotlar va ko‘prik belgilash tarmog‘ini bajarish usullari, tarmoq punktlarining joylashish va mahkamlash sxemalari; belgilash markazlari turlari; detal belgilash ishlari (shu jumladan ko‘prik tayanchining detal belgilanishi, oraliq qurilma montajida) bajarilishining aniqligi, usullari, vositalari va tartibi, nazorat o‘lchamlari va bajarish s’emkalari haqida ma’lumotlar; geodezik ishlar bajarish grafigi;

    • inshoot ko‘chishlari va deformatsiyalarini kuzatish davrida – qurilish ob’ektlari ko‘chishlari va deformatsiyalarini kuzatishning aniqligi, usullari, vositalari va tartibi haqida ma’lumotlar; geodezik tarmoq sxemasi, belgilashning aniqligi va barpo etish sxemasi, belgilar markazlari turlari; geodezik ishlar bajarish grafigi.

    Geodezik belgilash asoslarining texnik talablari, hajmi va nazorat usullari





    Texnik talablar

    Nazorat

    Nazorat qilish turi va usullari

    1

    2

    3

    4

    1.

    Ko‘prikning bo‘ylama o‘qini tarxda geodezik belgilash asoslarining reperlari va punktlarini:
    -quvurlar va uzunligi 50 m gacha bo‘lgan ko‘priklar - 1 ta reper va ko‘prik (quvur) ning bo‘ylama o‘qida kamida 20 ta punktlar; uzunligi 50 m dan 300 m gacha bo‘lgan ko‘priklarda - har bir qirg‘oqda 1 tadan reper va kamida 2 tadan punktlar.
    -uzunligi 300 m dan katta ko‘priklar, vantli ko‘priklar, burilishlarda joylashgan ko‘priklar va tayanchlarining balandligi 15 m dan katta bo‘lgan ko‘priklarda – har bir qirg‘oqda 2 tadan reper va kamida 2 tadan punktlar
    -kirish yo‘llari trassalarida - 1 km trassaga – 1 ta reper va 2 ta punktlar.



    har bir reper va punktni
    xuddi shunday


    -

    O‘lchov (geodezik belgilash asoslarini qabul qilishdagi geodezik o‘lchovlar)


    xuddi shunday


    -

    2

    Uzunligi 300 m dan katta ko‘priklar, vantli ko‘priklar, buzilishda joylashgan ko‘priklar va tayanchlarining balandligi 15 m katta bo‘lgan ko‘priklarda

    har bir punktni

    -

    3.

    Aniqlashning o‘rtacha kvadrat xatolari, mm da:

    • tarxdagi geodezik asoslar punktlari-ning koordinatalari – 6;.

    • tayanch poydevorlari markazlarining koordinatalari – 50;

    • tayanchlar markazlarining poydevor qirrasi va undan yuqori sathlaridagi koordinatalir – 12.

    • qirg‘oqlardagi va tayanchlardagi belgilar: doimimylari – 3, vaqtinchaliklari – 5.

    Tarxdagi geodezik asoslarning hamma punktlari hamma markazlari
    hamma reperlar

    o‘lchovli


    o‘lchovli (geometrik yoki trigonometrik nivelirlash)


    Download 17,83 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




    Download 17,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qurilishning geodezik ta’minoti

    Download 17,83 Mb.