|
‐modda
Har bir inson yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga egadir.
4‐modda
|
bet | 3/7 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 0,67 Mb. | | #121081 |
Bog'liq 1 ТОПШИРИҚ 3‐modda
Har bir inson yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga egadir.
4‐modda
Hech kim qullikda yoki qaramlikda saqlanishi mumkin emas; qullik va qul savdosining barcha turlari taqiqlanadi.
5‐modda
Hech kim azob‐uqubatga yoki vahshiylarcha, insonlikka isnod boʻlgan yoki qadr‐qimmatni xoʻrlaydigan muomala va jazoga mustahiq boʻlmasligi kerak.
6‐modda
Har bir inson, qayerda boʻlishidan qatʼi nazar, oʻzining huquq subyekti sifatida tan olinishi huquqiga egadir.
7‐modda
Barcha odamlar qonun oldida tengdir va, sira ayirmachiliksiz, qonun tomonidan bab-baravar muhofaza etilishi huquqiga egadir. Barcha odamlar mazkur Deklaratsiyani buzadigan har qanday kamsitishidan teng muhofaza qilinish huquqiga va ana shunday kamsitishga gij‐gijlashdan teng muhofaza qilinish huquqiga egadirlar.
8‐modda
Har bir inson, mabodo uning konstitutsiya yoki qonun berib qoʻygan asosiy huquqlari buzilgudek boʻlsa, nufuzli milliy sud tomonidan oʻz huquqlarining samarali tarzda tiklanishi huquqiga egadir.
9‐modda
Hech kim oʻzboshimchalik bilan qamalishi, ushlanishi yoki quvgʻin qilinishi mumkin emas.
10‐modda
Har bir inson, uning huquqlari va burchlarini belgilash va unga qoʻyilgan jinoiy aybning nechogʻligi asoslanganligini aniqlash uchun, batamom tenglik asosida, oʻz ishi oshkora, adolatning barcha talablariga rioya etilib, mustaqil va xolis sud tomonidan koʻrib chiqilishi huquqiga egadir.
11‐modda
Jinoyat sodir etishda ayblanayotgan har bir insonga himoya uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilib, sud majlisida oshkora tartibda qonuniy yoʻl bilan uning aybdorligi aniqlanmaguncha, beayb deb hisoblanish huquqiga egadir.
Hech kim, biror bir xatti‐harakat yoki faoliyatsizlik sodir etilgan vaqtda, bular milliy qonunlar yoki xalqaro huquqqa koʻra oʻsha paytda jinoyat deb topilmagan boʻlsa, shu jinoyatni sodir etganliklari asosida hukm qilinishlari mumkin emas. Shuningdek, jinoyat sodir etilgan vaqtda qoʻllanishi mumkin boʻlgan jazoga nisbatan ogʻirroq bir jazo qoʻllanishi ham mumkin emas.
|
| |