• 13‐modda
  • 15‐modda
  • 17‐modda
  • Inson huquqlari bo'yicha yevropa sudi




    Download 0,67 Mb.
    bet4/7
    Sana17.12.2023
    Hajmi0,67 Mb.
    #121081
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1 ТОПШИРИҚ

    12‐modda


    Hech kim insonning shaxsiy yoki oilaviy hayotiga oʻzboshimchalik bilan aralashishi, insonning uy‐joyi daxlsizligiga, uning xatlaridagi sirlarga yoki or‐nomusi va shaʼniga oʻzboshimchalik bilan tajovuz qilishi mumkin emas. Har bir inson ana shunday aralashish ѐki ana shunday tajovuzdan qonun yoʻli bilan himoya huquqiga egadir.

    13‐modda


    Har bir inson har bir davlat hududida erkin yurish va oʻziga istiqomat joyi tanlash huquqiga egadir.
    Har bir inson har qanday mamlakatdan, shu jumladan oʻz mamlakatidan chiqib ketish va oʻz mamlakatiga qaytib kelish huquqiga egadir.

    14‐modda


    Har bir inson taʼqibdan boshqa mamlakatlarda boshpana izlash va bu boshpanadan foydalanish huquqiga egadir.
    Mabodo, aslida siѐsatga daxldor boʻlmagan jinoyat yoki Birlashgan Millatlar Tashkiloti maqsadlari va prinsiplariga zid boʻlgan xatti‐harakat sodir etilishi asosida jinoyat yuzaga kelsa bu huquqdan foydalanish mumkin emas.

    15‐modda


    Har bir insonning fuqarolik huquqi bor.
    Hech kim oʻzboshimchalik bilan oʻz fuqaroligini oʻzgartirish huquqidan mahrum etilishi mumkin emas.

    16‐modda


    Balogʻatga etgan erkaklar va ayollar, irqi, millati yoki diniga qarab biror bir cheklashsiz nikohdan oʻtish va oila qurish huquqiga egadirlar. Ular nikohdan oʻtayotganida ham, nikohda boʻlgan vaqtida ham va nikoh bekor qilinayotganida ham bir huquqlardan foydalanadilar.
    Nikoh, nikohdan oʻtayotgan ikkala tomonning xohishi va batamom roziligi bilangina tuzilishi mumkin.
    Oila jamiyatning tabiiy va asosiy hujayrasidir va u jamiyat, davlat tomonidan muhofaza etilishi huquqiga egadir.

    17‐modda


    Har bir inson yakka oʻzi yoki boshqalar bilan birgalikda mulkka egalik qilish huquqi sohibidir.
    Hech kim oʻzboshimchalik bilan oʻz mulkidan mahrum qilinishi mumkin emas.

    18‐modda


    Har bir inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga egadir; bu huquq oʻz dini yoki maslagini oʻzgartirish erkini, oʻz dini yoki maslagiga yakka tartibda yoki boshqalar bilan birgalikda, taʼlimot, toat‐ibodatda hamda diniy rasm‐rusumlar va boshqa shunga oʻxshash marosimlarni ado etishda xaloyiq bilan birgalikda yoki xususiy tarzda eʼtiqod erkinligini qamrab oladi.

    Download 0,67 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Inson huquqlari bo'yicha yevropa sudi

    Download 0,67 Mb.