• 20‐modda
  • 22‐modda
  • 23‐modda
  • Inson huquqlari bo'yicha yevropa sudi




    Download 0,67 Mb.
    bet5/7
    Sana17.12.2023
    Hajmi0,67 Mb.
    #121081
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1 ТОПШИРИҚ

    19‐modda


    Har bir inson maslak erkinligiga va bularni erkin ifodalash huquqiga egadir; ushbu huquq hech bir xalalsiz oʻz maslaklariga rioya etish erkinligini va axborot va gʻoyalarni har qanday vositalar bilan hamda davlat chegaralaridan mustaqil tarzda qidirish, olish va tarqatish erkini qamrab oladi.

    20‐modda


    Har bir inson osoyishta yigʻilishlar va uyushmalar oʻtkazish (tuzish) huquqiga egadir. Hech kim biror bir uyushmaga majburan kiritilish mumkin emas.

    21‐modda


    Har bir inson bevosita yoki erkinlik bilan saylangan vakillari vositada oʻz mamlakatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga egadir.
    Har bir inson oʻz mamlakatida davlat xizmatiga kirishda teng huquqiga egadir. Xalq irodasi hukumat hokimiyatining negizi boʻlmogʻi lozim; bu iroda vaqti‐vaqti bilan boʻladigan va soxtalashtirilmagan saylovda oʻz aksini topishi, ushbu saylov yalpi va teng saylov huquqiga koʻra, yashirin ovoz berish yoʻli bilan yoki ovoz berish erkinligi taʼminlaydigan boshqa tengma‐teng shakllar vositasida oʻtkazilish kerak.

    22‐modda


    Jamiyat aʼzosi sifatida har bir inson milliy kuch‐gʻayratlar sarflash va xalqaro hamkorlik vositasida hamda har bir davlatning tuzimi va resurslariga binoan ijtimoiy taʼminot huquqiga, uning qadr‐qimmatini saqlab turish va shaxsini erkin kamolga etkazish huquqiga egadir.

    23‐modda


    Har bir inson mehnat qilish, ishni oʻz erki bilan tanlab olish, mehnatning adolatli va qulay sharoitlari boʻlishi va ishsizlikdan muhofaza etilish huquqiga egadir.
    Har bir inson, biror bir kamsitishsiz teng mehnatga teng haq olish huquqiga egadir. Har bir ishlayotgan odam, uning oʻzi va oilasi uchun munosib yashashni taʼminlaydigan adolatli va qoniqarli daromad olish, zarur boʻlgan hollarda ijtimoiy taʼminotning boshqa vositalari bilan toʻldiriladigan daromad olish huquqiga egadir. Har bir inson, kasb ittifoqlari tuzish va oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun kasb ittifoqlariga kirish huquqiga egadir.

    Download 0,67 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Inson huquqlari bo'yicha yevropa sudi

    Download 0,67 Mb.