• 26‐modda
  • 27‐modda
  • 28‐modda
  • Inson huquqlari bo'yicha yevropa sudi




    Download 0,67 Mb.
    bet6/7
    Sana17.12.2023
    Hajmi0,67 Mb.
    #121081
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1 ТОПШИРИҚ

    24‐modda


    Har bir inson dam olish va boʻsh vaqt huquqiga, jumladan ish vaqtini oqilona qisqartirish hamda haq toʻlanadigan davriy taʼtil olish huquqiga egadir.

    25‐modda


    Har bir inson oʻzi va oilasining sihat‐salomatligini va farovonligini asrash uchun zarur boʻlgan turmush darajasiga, shu jumladan oziq‐ovqat, libos, uy‐joy, tibbiy qarov va zarur ijtimoiy xizmat huquqiga hamda ishsiz qolganida, betobligida, nogironligida, beva boʻlib qolganida, qariganida yoki oʻziga bogʻlik boʻlmagan holatlarga koʻra tirikchilik uchun mablagʻi boʻlmay qolganida taʼminlanish huquqiga egadir.
    Onalik va bolalik alohida vasiylik va yordam huquqini beradi. Nikohda turib tugʻilgan va nikohsiz tugʻilgan barcha bolalar bir xil ijtimoiy muhofazadan bahramand boʻlishlari kerak.

    26‐modda


    Har bir inson bilim olish huquqiga egadir. Taʼlim kam deganda boshlangʻich va umumiy taʼlim tekin boʻlishi kerak. Boshlangʻich taʼlim majburiy boʻlishi lozim. Texnikaviy va hunar taʼlimi barchaga muhayyo etilishi, oliy taʼlim esa har bir odamning qobiliyati asosida barcha uchun bir xil muhayyo etilishi kerak. Taʼlim inson shaxsining barkamolligiga hamda inson huquqlari va asosiy erkinliklariga hurmatning ortib boraverishiga qaratilishi lozim. Taʼlim barcha xalqlar, irqiy va diniy guruhlar oʻrtasidagi hamjihatlikka, sabr‐bardoshga va doʻstlikka koʻmaklashishi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotning tinchlikni saqlash borasidagi faoliyatiga yordamlashishi kerak.
    Ota‐onalar yosh bolalari uchun taʼlim turini tanlab olishda nufuzli huquqqa egadirlar.

    27‐modda


    Har bir inson jamiyatning madaniy hayotida erkin ishtirok etish, sanʼatdan bahramand boʻlish, ilmiy taraqqiyotda qatnashish va uning neʼmatlaridan bahramand boʻlish huquqiga egadir.
    Har bir inson oʻzi muallifi boʻlgan ilmiy, adabiy yoki badiiy asarlar yuzasidan maʼnaviy va moddiy manfaatlari himoya qilinishi huquqiga egadir.

    28‐modda


    Har bir inson Mazkur Deklaratsiyada bayon etilgan huquqlar va erkinliklar toʻla‐toʻkis roʻyobga chiqadigan ijtimoiy va xalqaro tartib boʻlishi huquqiga egadir.

    Download 0,67 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Inson huquqlari bo'yicha yevropa sudi

    Download 0,67 Mb.