• 2. Magistrlik dissertatsiyasining tarkibi va uning mazmuniga quyiladigan talablar
  • Instituti




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet28/94
    Sana17.12.2023
    Hajmi2,53 Mb.
    #121790
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   94
    Bog'liq
    Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

    Ilmiy unvon
    19
    : oliy o`quv yurtlari o`qituvchilari va ilmiy tekshirish institutlari ilmiy 
    xodimlariga beriladigan unvon. 
    O`zbekistonda oliy o`quv yurtlarida dotsent va professor, ilmiy tekshirish 
    muassasalarida katta ilmiy xodim va proffessor ilmiy unvonilari joriy etilgan. 
    Proffesor, dotsent va katta ilmiy xodim unvoni ilmiy darajasi bo`lgan va oliy o`quv 
    yurti yoki ilmiy tekshirish muassasasida pedagogik yoki ilmiy tekshirish ishlarini 
    bajarish jarayonida etarli malaka ko`rsatgan shaxslarga oliy o`quv yurtlari va ilmiy 
    tekshirish institut ilmiy kengashlari tavsiyasiga asosan O`zbeksiton Respublikasi 
    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK tomonidan beriladi. 
    2. Magistrlik dissertatsiyasining tarkibi va uning mazmuniga quyiladigan 
    talablar 
     
    O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-
    sonli Qaroriga asosan tasdiqlangan “Magistratura to`g’risidagi Nizomda”: 
    Dissertatsiya talabaning ta`lim dasturlarini o`zlashtirishni yakunlovchi va o`qish 
    davrida egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajargan ilmiy-tadqiqot 
    ishlarining natijasi hisoblanadi”- deb ko`rsatilgan. 
    Dissertatsiya quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo`lishi kerak: 
    • titul varaq; 
    • ikki tilda (o`qitish tili va ingliz tilida) magistrlik dissertatsiyasining 
    qisqacha annotatsiyasi; 
    • mundarija; 
    • kirish; 
    • asosiy qism; 
    • xulosa; 
    • adabiyotlar ro`yxati; 
    • ilovalar (mavjud bo`lsa). 
    Kirish quyidagilarni qisqacha o`z ichiga olishi lozim: 
    • magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi; 
    • tadqiqot ob`ekti va predmeti; 
    • tadqiqot maqsadi va vazifalari; 
    19
    ЎзР ВМ ҳузуридаги ОАК Раёсатининг 2017 йил 31 майдаги 239/5-сон «Илмий унвонлар бериш тартиби 
    тўғрисидаги низомга ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш ҳаqида»ги қарори (ЎзР Адлия вазирлиги 
    томонидан 2017 йил 23 июнда рўйхатдан ўтказилди, рўйхат рақами 2793-2). 


    40 
    • ilmiy yangiligi; 
    • tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari; 
    • tadqiqot mavzusi bo`yicha adabiyotlar sharhi (tahlili); 
    • tadqiqotda qo`llanilgan metodikaning tavsifi; 
    • tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati; 
    • ish tuzilmasining tavsifi. 
    Magistrlik dissertatsiyasining asosiy qismi kamida uch bobdan iborat bo`lib, 
    boblar hajm jihatidan o`zaro mutanosib bo`lishi va quyidagilarni o`z ichiga olishi 
    lozim: 
    • tadqiqot mavzusiga taalluqli boshqa manbalarda keltirilgan nazariy, amaliy 
    va empirik tadqiqotlar natijalarining tanqidiy tahlili; 
    • tadqiqot metodikasi va ishning amaliy qismi bayoni; 
    • tadqiqot olib borilgan masalani hal etishda magistratura talabasining 
    shaxsiy hissasi ko`rsatilgan holda tadqiqotning asosiy natijalari bayoni. 
    Magistrlik dissertatsiyasining xulosa qismida barcha boblarda qayd etilgan 
    natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati, shuningdek ilmiy tadqiqot muammosini hal 
    etish bo`yicha xulosalar yoritiladi. Xulosa qismi 4 sahifadan oshmasligi kerak. 
    Magistrlik dissertatsiyasiga uning mazmunini bayon etish uchun bevosita zarur 
    bo`lgan qo`shimcha ma`lumotlarni o`z ichiga olgan materiallar ilova qilinishi 
    mumkin. Ilova qismining hajmi magistrlik dissertatsiyasi umumiy hajmining uchdan 
    bir qismidan oshmasligi lozim. 
    Magistrlik dissertatsiyasi ustida ishlayotgan magistratura talabasi kasb odob-
    axloqi qoidalariga rioya etishi (plagiat, ma`lumotlarni soxtalashtirish, shuningdek 
    yolg’on tsitatalar keltirishga yo`l qo`ymaslik) lozim. 
    Dissertatsiya matni standart varaqda yozilgan bo`lib, unda quyidagi qoidalarga 
    rioya etilgan bo`lishi lozim: 
    • qatorlar oralig’i — 1,5 sm; 
    • yuqori va pastki hoshiya 2 sm, satr boshi: chap tomondan 3 sm, o`ng 
    tomondan 2 sm; 
    • xatboshilar orasidagi oraliq — 5 yoki 6 belgili. 
    Magistrlik dissertatsiyasi matnini Misrosoft Word matnli redaktorida Times 
    New Roman shriftida yozish tavsiya etiladi. 
    Magistrlik dissertatsiyasining hajmi titul varaq, mundarija, adabiyotlar ro`yxati 
    va ilovalardan tashqari 70 - 80 sahifa bo`lishi tavsiya etiladi. 
    Magistrlik dissertatsiyasi magistratura talabasi o`qigan tilda (kafedra yoki 
    magistratura bo`limi tavsiyasiga muvofiq chet tilda) tayyorlanadi. CHet tilda 
    tayyorlangan magistrlik dissertatsiyasiga davlat tilida yozilgan annotatsiya ilova 
    etiladi. Bunday magistrlik dissertatsiyalarining dastlabki va rasmiy himoyalari 
    tarjima bilan o`tkaziladi. 
    Magistratura mutaxassisligi xususiyati hisobga olingan holda magistrlik 
    dissertatsiyasi tarkibiy qismlarining mazmuni va hajmi fakul’tet O`quv-metodik 
    kengashining qarori bilan o`zgartirilishi va ko`paytirilishi mumkin. 


    41 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   94




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish