• Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar
  • Ilmiy bilishda gipotezalarni tasdiqlash yoki inkor etish mezonlari




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/94
    Sana17.12.2023
    Hajmi2,53 Mb.
    #121790
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   94
    Bog'liq
    Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

    Ilmiy bilishda gipotezalarni tasdiqlash yoki inkor etish mezonlari 
    quyidagilardan iborat
    1. mavjudligi g’oyasi gipotezaning asosiy mazmunini tashkil etgan predmet 
    yoki hodisani borliqda to`g’ridan-to`g’ri topish; 
    2. gipotezaning o`zidan haqqoniy bilimlar, oqibatlar, xulosalarni deduktiv 
    keltirib chiqarish; 
    3. mazkur oqibatlar va xulosalarni amaldagi real ahvolda taqqoslash; 
    4. gipotezani amaliyot, sinov, vaqt bilan tasdiqlash yoki inkor etish. 
    Gipotezani tekshirish uning to`g’ri yoki soxtaligini ko`rsatadi. Birinchi holda 
    gipotezada ilgari surilgan farazlarni isbotlash, ikkinchi holda esa ularni inkor etish 
    haqida gap boradi. Gipotezaning to`g’riligini nazariy tekshirish uchun uning 
    asoslaridan mantiqiy xulosalar, oqibatlar chiqariladi. Bunday oqibatlar qancha ko`p 


    35 
    bo`lsa, gipotezani tekshirish shuncha ishonchli bo`ladi. Gipotezadan chiqarilgan 
    oqibatlar haqiqatga mos kelsa, u o`z tasdig’ini topadi, aks holda u soxta deb e`lon 
    qilinadi va chetga suriladi. Ilmiy ijod, ilmiy izlanish mavjud gipotetik bilimning 
    haqiqatga mosligini tekshirishga yo`naltirilgandir. Bunda jumboqli vaziyat yuzaga 
    kelishi - bir bilim sohasidagi turli faktlar qarama-qarshi gipotezalarni tasdiqlashi 
    mumkin. Masalan, optikada yorug’likning tabiati haqida ikki qarama-qarshi 
    gipoteza -korpuskulyar va to`lqinli gipotezalar, tekshirilgan, sinovdan o`tkazilgan 
    faktlar mavjud edi. Yorug’likning kvant nazariyasi yaratilganidan keyingina 
    yorug’likning dualistik, korpuskulyar-to`lqinli tabiatini to`g’ri tushuntirishga 
    muvaffaq bo`lindi va bu ikkala gipotezaga ham hayotga yo`llanma berdi.
    Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar 
    1. Ilmiy tadqiqotlar o`z maqsadiga, ilmiy tadqiqot chuqurligi va xarakteriga, 
    hamda tabiat va ishlab chiqarish bilan bog’liqlik darajasiga ko`ra qaysi turlarga 
    bo`linadi? 
    2. Ilmiy nazariyaning asosiy belgilariga nimalar kiradi? 
    3. Tadqiqot turlariga ta`rif bering. 
    4. Nazariy tadqiqot metodlariga nimalar kiradi? 
    5. Empirik –nazariy tadqiqot metodlariga nimalar kiradi? 
    6. Empirik tadqiqot usullarini tushuntiring. 
    7. Eksperement nima? 
    8. Tadqiqotlar strukturasini tushuntiring.
    9. Muammoning tug’ilishi va qo`yilishini izohlab bering. 
    10. Birlamchi gipotezani ilgari surmoq va asoslamoq qanday amalga 
    oshiriladi? 
    11. Ilmiy muammoga tushuntirish bering. 
    12. Ilmiy ijodda gipotezaning rolini tushuntiring. 


    36 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   94




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ilmiy bilishda gipotezalarni tasdiqlash yoki inkor etish mezonlari

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish