• 5. Ilmiy tadqiqotda gipotezani ilgari surish va asoslash Ilmiy tadqiqot jarayonida ilgari suriladigan gipoteza
  • Muammo to`g’ri qo`yilgan deb hisoblanishi uchun




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/94
    Sana17.12.2023
    Hajmi2,53 Mb.
    #121790
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   94
    Bog'liq
    Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

    Muammo to`g’ri qo`yilgan deb hisoblanishi uchun: 
    1) o`rganilayotgan muammoning tarkibiga kiritish mumkin bo`lgan muayyan 
    ilmiy bilim (ma`lumotlar, nazariya, metodika) mavjud bo`lishi; 
    2) muammo shaklan to`g’ri tuzilgan bo`lishi; 
    3) muammo o`rinli bo`lishi, ya`ni uning asoslari soxta bo`lmasligi; 
    4) muammo muayyan darajada chegaralangan bo`lishi; 
    5) yechimning mavjudlik sharti va uning yagonaligi ko`rsatilgan bo`lishi; 
    6) maqbul yechim belgilari hamda yechimning maqbulligini tekshirish 
    usullari haqidagi shartlar qabul qilinishi lozim.
    Shunday qilib, pirovard natijada barcha ilmiy muammolar ham o`z 
    yechimini topavermaydi: ayrim muammolar ular qo`yilganidan keyin uzoq vaqt 


    33 
    mobaynida yechilmay qolaveradi (masalan, Frem teoremasi bir necha yuz yillar 
    mobaynida yechilmay kelgan), ayrim muammolar o`z yechimini topmaydi 
    (masalan, aylana kvadraturasi, burchak trisektsiyasi va kubning ikkilanmasi
    haqidagi masalalar), ba`zi bir muammolar esa olimlarning almashayotgan
    avlodlari diqqat markazidan butunlay yo`qoladi.
    5. Ilmiy tadqiqotda gipotezani ilgari surish va asoslash 
    Ilmiy tadqiqot jarayonida ilgari suriladigan gipoteza haqiqatni ijodiy qidirish, 
    yangi ilmiy bilimni shakllantirish va o`stirishning navbatdagi shaklidir. Ilmiy ijodda 
    gipoteza ilmiy bashorat bilan amaliyot o`rtasida bog’lovchi rol o`ynaydi hamda 
    ob`ekt ichida va bilishning turli ob`ektlari o`rtasida mavjud aloqalar va o`zaro 
    munosabatlar haqida ilmiy asoslangan taxmin hisoblanadi.
    Gipoteza – bu hali haqiqat emas, balki taxmin qilingan, ehtimol tutilgan, real 
    mumkin bo`lgan va kutilgan ilmiy bilimdir. Ilmiy ijod mazkur bilimning 
    haqqoniyligi yoki soxtaligini isbotlab berishi kerak.
    Mavjud bilimlar umumlashmasi bo`lgan gipoteza ilmiy ijod, tadqiqot 
    jarayoniga faol ta`sir ko`rsatadi, olimning fantaziyasi, tasavvuri, intuitsiyasi, ilmiy 
    sezgisini qo`zg’atadi. U yangi bilimlar sari yetaklaydi. Ularni isbotlash uchun 
    dalillar qidirish mavjud bilimini kengaytiradi va teranlashtiradi, olimni yangi 
    g’oyalarni ilgari surish va ularni asoslashga olib keladi. Gipotetik bilim jiddiy 
    ehtimoliy xususiyatga ega.
    Olimning tafakkurida tug’ilgan dastlabki faraz intuitiv, ko`pincha tasodifiy, 
    kutilmagan xususiyatga egadir. Ba`zan u aql bovar qilmas mo`jiza bo`lib tuyuladi. 
    Ilmiy ijodning vazifasi uning haqiqiy yoki soxtaligini isbotlash, ilmiy tahlil va 
    izlanishda farazlar va gipotezalarni qo`llash mumkinligini asoslashdan iborat. 
    Binobarin, gipoteza bilim o`zini o`zi rivojlantirishi uchun evristik salohiyatni o`zida 
    mujassamlashtirgan.
    Gipotezada ilgari surilgan taxminlar ehtimoliy xususiyatga ega bo`lgani tufayli 
    («ma`lum shartlar bajariladigan bo`lsa, ob`ekt o`zini unday emas, bunday tutadi», 
    degan sxema bo`yicha), gipotezaning o`zi go`yoki ildamlab ketadi va uni asoslash 
    uchun tadqiqotchi yangni faktlar qidiradi, yangi tajribalar, kuzatishlar, o`lchashlar 
    o`tkazadi, o`z fan sohasi va qo`shni fan sohalaridagi bilish natijalarini tahlildan 
    o`tkazadi. Gipoteza, o`zini o`zi, o`zining fan tizimida bo`lish huquqini nazariy 
    asoslab, bilimga to`lib boradi.
    Olim o`z ijodiy laboratoriyasida ilmiy gipotezani hech bo`lmasa qisman 
    haqqoniy bilimga aylantirish umidida ilgari suradi va asoslaydi. J.S. Mill o`zining 
    «Mantiq tizimi» asarida shunday deb yozgan edi: «Ilmiy gipotezaning sharti abadiy 
    gipoteza bo`lib qolishda emas, balki kuzatilgan faktlarga uni taqqoslab, isbotlash 
    yoki bo`lmasa inkor etishdadir»
    15
    . Puxta qo`yilgan eksperiment ilmiy faraz, 
    gipotezadan haqqoniy nazariyaga o`tishga ko`maklashadi, ya`ni gipotezani 
    verifikatsiya qiladi, yoki uning soxtaligini ko`rsatadi, ya`ni ilgari surilgan gipotezani 
    15
    Дж.Ст. Милль. Система логики. -Москва, 1899. С. 389. 


    34 
    fal’sifikatsiya qiladi. Binobarin, tajriba, eksperiment, fanning haqiqiy faktlari 
    to`g’riga o`xshash gipoteza bilan haqqoniy ilmiy nazariya o`rtasida demarkatsion 
    chegara rolini o`ynaydi. 
    Gipoteza o`zining rivojlanish jarayonida uch bosqichni bosib o`tadi: 
    • Dalilli materialning to`planishi. 
    • Gipotezaning shakllanishi. 
    • Amalda sinalishi va tasdiqlanishi. Shu tarzda gipoteza ilmiy nazariyaga 
    aylanadi. Oddiy gipotezada ob`ektning fizik xossalari haqida taxminlar qilinadi, 
    keyin esa uning matematik nazariyasi beriladi. Gipoteza ushbu hollarda asosli 
    hisoblanadi: 
    • Bilish tamoyillariga zid bo`lmasa. 
    • Avvaldan fanga ma`lum bo`lgan qonunlarni e`tiborga olsa, ammo yangilarini 
    ularga yaqinlashtirib qurmagan bo`lsa. 
    • Ilgari surilgan barcha omillarni tushuntirib bersa. 
    • Uni tekshirish mumkin bo`lsa. 
    • U mumkin qadar soddalik asosida qurilgan bo`lsa, (ya`ni o`zida kerak 
    bo`lmagan elementlarni saqlamasa). 
    • Mantiqqa zid bo`lmasa. 
    Ma`lumki, bitta hodisa uchun odatda bir emas, balki bir nechta gipotezalar 
    ilgari suriladi. Ayrim hollarda ularning ba`zilari bir-birini inkor etadi. Bu esa noxush 
    holat hisoblanmaydi, chunki turli gipotezalarning mavjudligi turli sohalar bo`yicha 
    tahlil qilishni talab qiladi, bu esa ilmiy umulashtirish jarayonini jiddiy tarzda amalga 
    oshirish uchun zamin yaratadi. Ma`lumki ma`lum bir narsani isbotlab yoki inkor 
    etib, olim yangilikni qidiradi. Gipoteza tasdiqlanadimi yoki yo`qmi, bunga bog’liq 
    bo`lmagan holda, u haqiqatni izlanishiga yordam ko`rsatadi. To`g’ri bo`lmagan 
    gipoteza ham foyda beradi, chunki uni inkor etish jarayonida haqiqatga olib 
    boruvchi yo`llar torayadi va qisqaradi. Agar gipoteza tasdiqlansa, u ilmiy nazariyaga 
    aylanadi. 
    Har qanday bilim ham ilmiy bo`lmaydi.
    Ilmiy bilim hodisalarning o`zaro bog’lanish va sodir bo`lish qonunlarini ochib 
    beradi va ularning kelgusidagi taraqqiyoti haqida bashorat qiladi. Ilmiy bilimning 
    haqqoniyligi amaliyotda mutlaqo tekshirish bilan kafolatlanadi. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   94




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muammo to`g’ri qo`yilgan deb hisoblanishi uchun

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish