• Uchinchi daraja
  • Beshinchi daraja
  • To`qqizinchi daraja
  • Instituti




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet32/94
    Sana17.12.2023
    Hajmi2,53 Mb.
    #121790
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   94
    Bog'liq
    Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

    Birinchi daraja: Chop etilgan materialda, yangi fizik hodisalar va effektlarning 
    olinganligi to`g’risida xabar beriladi. 
    Ikkinchi daraja: Oldindan ma`lum fizik effektni qandaydir ko`rsatkichlari 
    bo`yicha tadqiqotlar o`tkaziladi (tashqi jarayonlar o`zgarganda va uning 
    barqarorligi, inertsialiligi, chiziqli yoki nochiziqlilik turi va boshqalar). 
    Uchinchi daraja: Tadqiqotning yangi ob`ekti yoki yangi matematik model 
    tavsiya qilinadi. 
    To`rtinchi daraja: Yangi vazifalarni shakl jihatdan qo`yish masalalari tavsiya 
    qilinadi (shu qatorda o`zgaruvchilarni o`lchovlarini aniqlash ham). 
    Beshinchi daraja: Tenglamalar tizimini oldin noma`lum bo`lgan yechimlari 
    ko`rsatiladi. 
    Oltinchi daraja: Oldin yechilgan masalalarni, boshqa xususiy yechish usullari 
    tavsiya etiladi. 
    Ettinchi darajaKonstruktorlik, texnologik va boshqa turdagi yutuqlar haqida, 
    ularga erishish yo`llari ko`rsatilmagan holda, xabar beriladi. 
    Sakkizinchi daraja: Oldin ma`lum bo`lgan masalalarning turlarini konkret 
    sonli natijalari haqida ma`lumot ko`rsatilib o`tiladi. 
    To`qqizinchi daraja: Ma`lum vazifalarni qo`yishda va yechishda paydo 
    bo`lgan ba`zi bir o`zgarishlar to`g’risida xabar beriladi (hisobga olgan yoki olmagan, 
    aniqlash, ko`rsatkichlarni o`zgarishi va boshqalar). 
    O`ninchi daraja: Oldin ma`lum bo`lgan vazifalar yangi terminlarda 
    izohlanadi. 
    Agar tasodifiy holda yuzta (N=100) maqolalar tanlab olinsa, ular darajalari 
    bo`yicha tarqatilsa, i-darajasiga mos keluvchi N
    i
    son topilsa, va f (i) = N
    i
    / N
    diagrammasi qurilsa, unda asosiy ko`pchilik axbarotlar 7, 8, 9, 10 darajalarga 
    to`g’ri kelishi kuzatiladi. Bu darajadagi axborotlarni o`rganmasdan o`tkazib 
    yuborish, uncha katta zarar keltirmaydi. 
    Shunday qilib, juda ko`payib ketayotgan axborotni kuzatib turish uchun 
    quyidagi sxemani taklif qilish mumkin:
    • axborot darajasi aniqlanadi;
    • har bir materialga darajasiga nisbatan teskari proportsional vaqt ajratiladi;
    • kichik darajali axborotlar umumlashtirish yo`li bilan o`rganiladi. 
    Axborot darajasi odatda chop etilgan materialni kirish va xulosalar qismini 
    o`qib chiqish orqali aniqlanadi. Tajriba shuni ko`rsatadiki, ushbu qismlar bo`yicha 
    darajani aniqlash imkoniyati bo`lmasa, bu materialning darajasi pastligi to`g’risidagi 
    holatni to`g’ri baholaydi va ularni juda sinchiklab o`rganish zarurligi yo`qoladi. 
    Axborot miqdorini kamaytirishning eng effektiv printsiplaridan biri - bilimlarni 
    umumlashtirishdir. Umumlashtirish - bu tashqaridan turib turli ko`rinishdagi 
    axborotlarga yagona nuqtai-nazarni topishdir. 
    Hozirgi paytda, ilmiy xodimlar uchun, o`ziga yangi bo`lgan bilim sohasini 
    o`zlashtirishdagi ma`lum bir qiyinchiliklar axborot manbalarining yetishmasligida 


    45 
    emas, balki ularning ortig’i bilan ta`minlanganligidadir. Bunda, qisqa yo`l bilan to`la 
    axborot beruvchi manbalarni tanlash muammosi paydo bo`ladi. 
    Nashr qilinadigan axborot materiallari quyidagilardir: monografiya shaklidagi 
    kitoblar va o`quv qo`llanmalari, respublika va xorijiy davlatlarning davriy 
    nashrlari, ilmiy to`plamlar, ekspress - axborotlar va referativ jurnallar

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   94




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish