• Hal etilayotgan masala kengayishi bilan tizim chegarasi ham kengayadi.
  • Instituti




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/94
    Sana17.12.2023
    Hajmi2,53 Mb.
    #121790
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   94
    Bog'liq
    Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

    Uchinchidan, tizimda elementlar o`rtasida aloqa va munosabatlar 
    kommunikatsiyasining mavjudligi;
    To`rtinchidan, tizimning o`zaro aloqadorligi va boshqa tizimlar bilan aloqasi; 
    Beshinchidan, boshqa tizimlardan ajratib turish imkoniyat va sifat belgilari. 
    23
    И.А.Каримов. Ўзбекистон: иqтисодий ислохотларни янада чуqурлаштириш йўлидан. Т., «Ўзбекистон», 
    1995. с. 226-227. 


    54 
    Tizimlarning kelib chiqish bo`yicha barcha rang-barangliklari uch sinfga 
    bo`linadi (4.2-rasm): 
    • tabiiy; 
    • sun`iy;
    • aralash tizimlar. 
    Bular ham o`z navbatida kichik sinflarga bo`linadi. Barcha sinflar uchun kichik 
    sinflar darajasida to`liq emaslik xos, bu tizimlarning etarlicha o`rganilmaganligi 
    yoki ular rivojining takomilga etmaganligi bilan bog’liq. Xususan, sun`iy tizimlar 
    sinfining to`liq emasligi sun`iy tafakkur tizimining rivojlanishi hali takomiliga 
    etmaganligi bilan bog’liqdir. Shuni ta`kidlash joizki, aralash tizimlar quyi sinfining 
    zaruriy unsurlari bo`lib tirik organizmlar yoki insonlar hisoblanadi. Masalan, 
    ergonomik tizimlarga inson-operator kiradi, biotexnikaviyga - tirik organizmlar
    tashkiliyga - insonlar jamoasi va h.k. kiradi. 
    Tizimiylik – moddaning umumiy xossasi, uning mavjud bo`lish shakli, demak, 
    tafakkur bilan birgalikda inson amaliyotining ajralmas xossasi.
    Tizimiylikning asosiy belgilari quyidagilar hisoblanadi: 
    tizimviylikning strukturalanganligi; 
    uning tarkibiy qismlarini o`zaro bog’liqligi; 
    tashkil etilgan butun tizimning muayyan maqsadga bo`ysunganligi. 
    Mazkur belgilar insonning ongli va amaliy faoliyatiga mos keladi. Har qanday 
    inson faoliyatida muyayyan maqsadni ko`zlaydi. Shu bilan birga har qanday harakat 
    yanada maydaroq harakatlarga bo`linadi (strukturalanadi). Bular muayyan 
    muntazamlikda, muayyan algoritm bo`yicha amalga oshadi.
    Struktura (lot. structūra) tushunchasini keng ma`noda elementlar va ular 
    o`zaro bog’lanishlari majmui deb ishlatiladi. Struktura- bu sistemaning 
    tartiblanganligi, tashkillashganlik darajasidir. 
    Tizim strukturasi - butun sistemaning ichki tashkillanishi, tashkil qilgan 
    komponentlarning o`zaro bog’lanishi, ta`sirining o`ziga xos usulidir.
    Tizim chegarasini aniqlash uning modelini ishlab chiqish va tizimviy 
    tahlilda muhim vazifa hisoblanadi. Tizim chegarasi hal etilayotgan masalaga bog’liq 
    bo`ladi. Hal etilayotgan masala kengayishi bilan tizim chegarasi ham kengayadi.
    fazodagi tavsifiy sathi. 
    Tizimli yondashuv fan metodologiyasida katta evristik, ijodiy-kreativ 
    ahamiyatga ega. Uning asosiy vazifasi murakkab ob`ektlar - har xil tip va turkumga 
    mansub tizimlarni o`rganish va tuzish metodlarini ishlab chiqishdan iborat. 
    Biologiya, psixologiya, ijtimoiy va texnik fanlardagi ko`p pog’onali, ierarxik, o`zini 
    o`zi uyushtiruvchi ob`ektlarni bilish, o`rganishda mazkur metoddan ayniqsa keng va 
    samarali foydalaniladi.
    Tizimli yondashuvning muhim vazifalari quyidagilardan iborat: 
    ─ bilish ob`ektini yaxlit, murakkab uyushgan tizim sifatida ko`rib chiqish; 


    55 
    ─ tizimning umumlashtirilgan modelini, uning alohida qismlari va 
    jihatlarining modellarini tuzish; 
    ─ tizimlar nazariyalari hamda har xil tizim nazariyalari va ishlovlarining 
    tuzilishini va samaradorligini o`rganish.

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   94




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish