52
axborot tizimga avtomatik ta`sir ko`rsatadi, tizimning belgilangan maqsad sari
muvofiq ravishda harakat qilishini ta`minlaydi. Inson - boshqaruvchi, operator,
menejerning vazifasi bu holda qarorlarni
tanlash va qabul qilish, dasturlar ishlab
chiqish, butun tizimning hamda uning barcha bo`g’inlari va kichik tizimlarining
normal ishlashini nazorat qilishdan iborat. Ishlab chiqiladigan dasturlar tizimning
ish rejimini maqbullashtirish va tizimni o`zgarayotgan tashqi sharoitlarga
moslashtirish, muqarrar sarf-xarajatlar va salbiy
omillarni minimallashtirish
imkonini berishi kerak. Bu erda axborotni qayta ishlash, tizimning holati haqida
haqqoniy ma`lumotlar olish avtomatlashtiriladi va komp’yuterlashtiriladi. Qayta
ishlangan axborotdan AABTning barcha bo`g’inlari o`z funktsiyalarini amalga
oshirish uchun zarur bo`lgan hajmda foydalanadi.
Axborotlashtirish va
avtomatlashtirish
tizimning
barcha bo`g’inlariga, boshqaruvning barcha
jarayonlariga kirib boradi. Mohiyat e`tibori bilan bu erda boshqaruv, menejment
uchun zarur axborotni tizimli tayyorlash va bunday axborotdan foydalanish haqida
gap borayotir.
Mazkur tizimlarning afzal jihatlari shundaki, ular:
─
Tizim va uning qismlari uchun kim javobgarligi;
─
ijtimoiy boshqaruv ob`ekti sifatida tizimning xususiyatlari, uning tarkibiga
qanday kichik tizimlar kirishi;
─
mazkur tizimni boshqarishning yakuniy yoki oraliq natijasiga qachon
erishilishi;
─
muammo va uning istalgan qismi qanday, qaysi usulda hal qilinishi;
─
natijaga qaerda erilishili;
─
natijaga erishish uchun qancha kuch va vositalar talab etilishi haqida
istalgan payt axborot olish imkonini beradi.
Boshqaruv axborot tizimlari boshlang’ich axborot asosida yangi axborot
olishda amalga oshiriladigan operatsiyalar, metodlar,
protseduralar, yondashuvlar
majmuidan tashkil topadi; bu boshqaruv uchun zarur axborotlar majmuidir; bu
ma`lumotlarni qayta ishlaydigan vositalar va xizmatchilar majmuidir.
Inson, uning ijtimoiy jarayonlarni boshqarish vazifalarini hal qilishga
yo`naltirilgan ijodi, irodasi, mehnati axborot tizimining negizini tashkil etadi.
Insonning mehnat va ijod predmeti - axborotga, komp’yuter va boshqa texnika
vositalaridan foydalanib, axborotni qaror qabul qilish va samarali boshqarish uchun
zarur shaklga solishga yo`naltirilgan
maqsadga muvofiq, ijodiy mehnati axborot
tizimining mohiyatidir.
Axborot tizimining bosh vazifasi boshlang’ich ma`lumotlar bazasi asosida
qarorlar qabul qilishning negizi bo`lib xizmat qiladigan ijtimoiy muhim, qimmatli
axborotni olishdan iborat. Boshlang’ich axborotni samarali, maqbul boshqarishni
ta`minlash uchun axborot tizimini ishga solish vositasi bo`lib xizmat qiladi.
Axborot tizimi axborotni to`playdi, qayd etadi, qayta ishlaydi va saralaydi. U
yuklangan dasturga muvofiq hisob-kitoblarni
amalga oshiradi, boshqarilayotgan
tizimda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan turli vaziyatlarni baholaydi, ma`lumotlarni
taqqoslaydi, talqin qiladi, ularni interpolyatsiya va ekstrapolyatsiya qiladi.
Axborotni integratsiya qilish - axborot tizimining yana bir vazifasidir.
Integratsiyaning mohiyati axborotdan kompleks, har tomonlama foydalanish, imkon
53
qadar ko`p vazifalarni hal qilish uchun maksimum qimmatli axborot olishdadir.
Axborot tizimi minimum birlamchi, boshlang’ich axborotdan qarorlar qabul qilish,
jarayonlarni oqilona boshqarish uchun maksimum ikkilamchi, hosila, sintez qilingan
axborot olish imkonini beradi. Integratsiyaning maqsadi - axborotni tizimning
samarali ishlashi va rivojlanishini ta`minlaydigan boshqaruvni amalga oshirish
imkonini beruvchi hajm, assortiment va shakllarda taqdim etishdan iborat.
Hozirgi zamon axborot jamiyatida axborot global va mintaqaviy, sohaviy va
shu kabi ma`lumotlar banklarida ijtimoiy borliqning
barcha sohalarida
integratsiyalashadi.