• Tahlil (analiz) va sintez usullari o`zaro bog’liq va bir-birini to`ldiradi
  • -rasm. Tizimlarning kelib chiqishi bo`yicha tasnifi




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet41/94
    Sana17.12.2023
    Hajmi2,53 Mb.
    #121790
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   94
    Bog'liq
    Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

    4.2-rasm. Tizimlarning kelib chiqishi bo`yicha tasnifi 
    Tizim chegaralari – tizimning o`zini va atrof-muhitga ajratuvchi vaziyatni 
    Tizimni tadqiq etish uchun bilishning analitik va sintetik usullari – tahlil 
    (analiz) va sintez keng qo`llaniladi. Tahlil usulining mohiyati tadqiqot ob`ektini 
    tarkibiy qismlarga fikran yoki amalga bo`lishdan iboratdir. Bunda ob`ektning ayrim 
    elementlarining mohiyati, ularning aloqasi va o`zaro ta`siri o`rganiladi. Tahlildan 
    farqli o`laroq sintez usuli ob`ektni idroklash, yagona butunlikni tadqiq qilish, uning 
    qismlarining o`zaro aloqalari birligidan iboratdir. 
    Tahlil (analiz) va sintez usullari o`zaro bog’liq va bir-birini to`ldiradi
    Tahlil va sintez ancha oddiy operatsiyalarni - dekompozitsiya va 
    agregatlashtirishni o`z ichiga oladi. Dekompozitsiyada yaxlit qismlarga ajratiladi, 
    agregatlashtirishda esa qismlar yaxlit qilib birlashtiriladi. Bu operatsiyalarni o`z 
    navbatida algoritmlash mumkin. Dekompozitsiya - yaxlit qarashlilik, tegishlilik 
    alomatlarini saqlagan holda tizimni ayrim qismlarga (elementlarga) bo’lish va 
    elementlardan iyerarxik tizim tashkillashtirish. 
    Yaxlitni qismlarga dekompozitsiya qilishda tizim kichik tizimlarga, maqsad - 
    kichik maqsadlarga, masala - kichik masalalarga ajratiladi. Bu jarayon yaxlitning 


    56 
    murakkabligiga bog’liq ravishda yana takrorlanishi mumkin, bu daraxtsimon 
    (pog’onali) tuzilmaga olib keladi. 
    Tizimni har qanday dekompozitsiya qilish asosi bo`lib, uning modeli 
    hisoblanadi. 
    Tadqiqot ob`ektini, qoidaga ko`ra, murakkab, kuchsiz tuzilgan va yomon 
    formallashtirilgan dekompozitsiyani ekspert amalga oshiradi. Natijada ular tuzgan 
    daraxtsimon tuzilma sifati uning vakolatliligi va qo`llanayotgan dekompozitsiya 
    usuli darajasiga bog’liq bo`ladi. Ekspert odatda yaxlitni qismlarga oson ajratadi, 
    lekin, qoidaga ko`ra, taklif etilayotgan qismlar jamlamasining to`liq va ortiqcha 
    emasligini isbotlashda qiyinchilikka duch keladi. Yaxlitni dekompozitsiyalashdagi 
    qismlar soni asos sifatida olingan model tarkibidagi unsurlar qancha bo`lsa 
    shunchani tashkil etadi. Dekompozitsiyaning to`laqonliligi, modelning 
    tugallanganligiga bog’liq. 
    Tadqiq etilayotgan yoki tuzilayotgan tizim formal turdagi modellar bilan 
    tavsiflanadi: tarkib modelituzilma modeli va tuzilmaviy tarz ko`rinishidagi model
    Shunday savol tug’iladi - dekompozitsiya asosiga qanday modelni olish kerak? 
    Dekompozitsiya asosi bo`lib, ko`rilayotgan tizimning faqat aniq, mazmunli 
    modeli xizmat qilishi mumkin. Bu model tanlangan formal modeldan uning 
    mazmunini to`ldirish yo`li bilan olinadi.
    Dekompozitsiyaning to`laqonligi formal modelning to`laqonliligiga bog’liq 
    bo`lgan asos model to`laqonligi bilan belgilanadi.
    Agregatlash- ko`plab unsurlarni yagona butunlikka birlashtirish va mazkur 
    ko`plab unsurlar munosabatini belgilash. 
    Ko`plab unsurlar qanday hosil bo`lishi va mazkur ko`pchilik o`rtasidagi 
    munosabat qanday o`rnatilishi (ya`ni aniqlanishi yoki majbur etilishi)ga bog’liq 
    ravishda agregatlashning behad ko`p masalalari olinadi. Natijada agregatlar deb 
    nomlanuvchi unsurlar turli majmui hosil bo`ladi. Tizimli tadqiqotlarda oddiy 
    agregatlar bo`lib konfngurator, agregatlar-operatorlar va agregatlar-tuzilmalar 
    hisoblanadi. 
    Hozirgi zamon ishlab chiqarishning yuqori va qat`iy talablariga javob bera 
    oladigan optimal texnologik tizimlarni tahlil etish va sintez qilish tizimning yaxlit 
    ko`rib chiqishsiz, har bir jihozlarning o`zaro hamda tizim bilan ta`siri va harakatisiz 
    mumkin emas. Bu texnologik tizimning faoliyatini juda yuqori saviyada miqdoriy 
    baholashdan foydalangan holda tashkil etish evaziga ro`yobga kelishi mumkin. 
    Bunda ishlab chiqarish samaradorligi tizim elementlarining o`zaro ta`siri 
    sharoitlariga, hamda elementlar ichida boradigan jarayonlarga bog’liq. 
    Har qanday oziq-ovqat yoki kimyo sanoati texnologik qurilmasining tahlili 
    shuni ko`rsatadiki, bu qurilmaning faoliyat sifati qurilma ichida boradigan fizik-
    kimyoviy va biokimyoviy hodisalarning o`zaro ta`siriga bog’liq. Tizim sifatidagi 
    qurilmaning murakkablik darajasi elementar fizik-kimyoviy va biokimyoviy 
    effektlarning ko`p qirraligiga hamda qurilma ichidagi ma`lum fazoda va 
    qurilmaning o`zida har xil xarakterli hodisalar o`zaro ta`sirining ko`pligi bilan 
    aniqlanadi.


    57 
    Misol tariqasida meva danagi mag’zidan yog’ olish texnologik tizimida 
    joylashgan danak mag’zini issiqlik ishlov berish jarayonini ko`rib chiqamiz (4.1-
    jadval). Bu jarayonni mukamallashtirish va issiqlik ishlov berishda danak mag’zida 
    kechagidan issiqlikmoddaalmashinuv va biokimyoviy hodisalarni o`rganish hamda
    har xil faktorlarning yog’ning chiqishi va sifatiga ta`sirini aniqlash maqsadida 
    jarayonni tahlil qilib, texnologik jarayonning ieraraxik strukturasini tuzamiz.
    Iyerarxik 
    ifodalash 
    atom-mokulekulyar 
    bosqichdan 
    butun 
    qurilma 
    masshtabidagi ishlov berilayotgan mahsulot qatlamigacha bo`lgan bosqichlarda 
    biokimyoviy va fizik jarayonlar amalga oshirilishi natijasida bo`ladigan fizik-
    kimyoviy effekt va hodisalar orasidagi o`zaro aloqalarni ochib berishga imkon 
    beradi.
    O`z navbatida har bir bosqichda ma`lum funktsiyalarni bajaruvchi, shu 
    bosqichga tegishli effekt va hodisalarni ichiga olgan o`zining tizimlarini ajratish 
    mumkin. Bizning misolimizda danak mag’ziga issiqlik ishlov berish jarayonini 
    ettiga o`zaro bog’lik iyerarxik bosqich bilan ko`rsatish maqsadga muvofiq bo`ladi. 
    Jadvalda iyerarxiya bosqichlari funktsiyalari bilan hamda bu bosqichlarda boradigan 
    hodisalar bilan ko`rsatilgan. 
    Iyerarxiyaning birinchi bosqichida oqsil, lipid, kletchatka va boshqalardan 
    tarkib topgan murakkab molekulalar strukturasi elementlari ko`rib chiqiladi. 
    Fermentlar, ingibitorlar, energiya tashuvchilarning funktsiyalari va danak mag’zini 
    infraqizil nurlar bilan ishlov berilganda kechadigan fizik-kimyoviy hodisalar 
    o`rganiladi. 
    Bu bosqich alohida hujayralarning faoliyati shartlari bilan xarakterlanadi.

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   94




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Tizimlarning kelib chiqishi bo`yicha tasnifi

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish