• Tizim belgilari: Birinchidan
  • Hozirgi zamon axborot jamiyati




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/94
    Sana17.12.2023
    Hajmi2,53 Mb.
    #121790
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   94
    Bog'liq
    Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

    Hozirgi zamon axborot jamiyati - bu negizini alohida substantsiya - 
    insonning moddiy va ma`naviy olami bilan o`zaro ta`sirga kirishadigan axborot 
    tashkil etuvchi sivilizatsiyadir. Axborot yangi texnologiyalar, kompyuter dasturlari, 
    telekommunikatsion protokollar rolini bajarib, hozirgi zamon odamining moddiy 
    muhitini shakllantiradi, muttasil vujudga kelib, bir odamdan boshqa odamga 
    o`tishda shaklini o`zgartirib, shaxslar o`rtasidagi munosabatlarning asosiy vositasi 
    bo`lib xizmat qiladi. Hozirgi zamon jamiyatida axborot oqimlari jamiyat hayotining 
    barcha sohalarini, uning ma`naviy, ijtimoiy-madaniy hayotini, moddiy hayoti: 
    iqtisod, moddiy ishlab chiqarish, ijtimoiy boshqarish va hokazolarni qamrab oladi.
    Hozirgi zamon O`zbekiston jamiyati o`zining original, ijodiy ishlab chiqilgan 
    demokratik islohotlarni amalga oshirish va fuqarolik jamiyati qurishning «O`zbek 
    modeli»ni bosqichma-bosqich amalga oshirish jarayonida axborot tsivilizatsiyasiga 
    qo`shilar ekan, birinchi Prezidentimiz I. Karimovning quyidagi g’oyasiga 
    tayanmoqda: «Demokratik jamiyat qurish ijtimoiy hayotning barcha sohalarida 
    amalga oshirilayotgan islohotlarga o`zining erkinlik, baxt-saodat, farovonlik 
    haqidagi orzu-umidlarini bog’layotgan ko`p millatli O`zbekiston xalqining 
    manfaatlariga to`la javob beradi. Biz bu umidlarni oqlashimiz, chinakam erkin 
    odamlar davlatini qurishga intilishimiz kerak»
    23
    .
     
    3.Jarayonlarni o`rganishda tizimli tahlil 
    Tizim (qad. yunon.σύστημα - sistema) — muayyan yaxlit tuzilma, birlikdan 
    iborat, bir-biri bilan qonuniyat asosida boglangan unsurlar (narsalar, hodisalar, 
    qarashlar, bilimlar va h.k.) majmuidir.
    Tizim belgilari: 
    Birinchidan, yaxlitlik mavjudlikning umumiy sharti; 
    Ikkinchidan, ma`lum struktura, tizimosti va elementlarning mavjudligi; 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   94




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish