• Asosiy mazmun. O`quvchilar kategoriyasi Mundarija Bo`lim va paragraflar mazmuni. Ma`lum bir bo`limlarning hajmi
  • Ikkinchi bosqich - axborot manbalari bilan tanishish




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet35/94
    Sana17.12.2023
    Hajmi2,53 Mb.
    #121790
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   94
    Bog'liq
    Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

     Ikkinchi bosqich - axborot manbalari bilan tanishish. Axborotni o`rganish 
    o`z navbatida ikki ketma-ketlikdan iborat bo`ladi: tanishish va o`qish.
    Axborot manbasini o`rganish quyidagi sxema orqali amalga oshiriladi:
     
     
    Axborot manbasini o`rganish sxemasi 
    Jild 
    Zarvaraq 
    Nashr nomi va yili, nomeri (1-,2-va 
    boshqa, tuzatilgan, to’ldirilgan)
     
    Kitobning nomi va muallifining ismi 
    sharifi 
    Diqqat qilish ob`ekti
    Olinadigan axborot
    Chiqish 
    ma’lumotlari 
    Original kitob yoki tarjima 
    Annotatsiya 
    Asosiy mazmun. O`quvchilar 
    kategoriyasi 
    Mundarija 
    Bo`lim va paragraflar mazmuni. 
    Ma`lum bir bo`limlarning hajmi 


    47 
     
    Axborotlarni, bilimlarni yig’ish texnikasi turlicha bo`lishi mumkin. Ammo, 
    printsipda ilmiy - texnik axborotlarni yig’ishda ularni mexanik yig’indi sifatida 
    emas, balki mantiqan o`zaro bog’langan holda, ya`ni ilmiy tadqiqotlarni algoritmi 
    asosida yig’ish, maqsadga muvofiq bo`ladi. Amalda bu, yig’ilayotgan axborotlarni 
    bo`limlar bo`yicha ro`yxatini tuzish bilan bog’liq bo`ladi. Bunda quyidagilar tavsiya 
    qilinadi: 
    1) Masalaning qo`yilishini va uning yechimini tushunib olish va bu haqda 
    albatta yozib qo`yish kerak bo`ladi. Ya`ni, bunda keyinchalik o`rganish maqsadida, 
    mexanik ko`chirmalardan qo’chish kerak. 
    2) Belgilashlarning hammasi ham standartlashtirilmaganligi va bir xil 
    kattaliklarni turlicha belgilashlari sababli, belgilashlarning yagona tizimini kiritish 
    maqsadga muvofiqdir. 
    3) Yangi axborotni ma`lum bo`lganlarga nisbatan qo`shimcha sifatida 
    tushunishga harakat qilish kerak va bunda oldin qilingan yozuvlarga tegishli 
    o`zgartirishlarni kiritish maqsadga muvofiqdir. 
    4) Manbani tushunishni kengaytirish maqsadida, o`rganilayotgan har bir 
    manba yuzasidan maksimal imkoniyat darajasida qo`shimchalar va tushuntirishlar 
    qilish kerak. 
    5) Esda saqlashning yengillashtirish va ko`rgazmaliligini ta`minlash 
    maqsadida, bir necha oddiy tushuntirishlar, rasmlar, grafiklar va sxemalarni 
    kiritilishi zarur bo`ladi. 
    6) Har bir ishlab chiqilayotgan manbani sodda sonli misollar bilan to`ldirib 
    borish, ya`ni kiritilgan formula va algoritmlarni ishga yaroqligiga ishonch hosil 
    qilish kerak bo`ladi. 
    7) Vaqti - vaqti bilan kartoteka mazmunini ko`rib chiqish va materiallarni 
    umumlashtirish maqsadga muvofiqdir. Bunda bir necha yozuvlar bittaga 
    birlashtiriladi. 
    8) Yangi g’oya, fikrlarni tushunib olishga o`zaro fikr almashuvi ham yordam 
    beradi - og’zaki su`bat, yozuvlar bilan almashish, ma`ruzalar qilish va boshqalar. 
    Ilmiy-texnikaviy axborotni ishlab chiqishda ko`chirma, annotatsiya, 
    konspektlar qo`llaniladi. 
    Ko`chirma - axborot ayrim qismlarining qisqa (yoki to`liq) mazmuni. Ularning 
    qimmati juda yuqori, chunki ular kichik hajmda ko`pgina axborot to`plashga imkon 
    beradi va keyingi tadqiqotiy ish uchun asos bo`lib hisoblanadi. 
    Annotatsiya - birinchi manba axborotining qisqacha mazmuni. Ular yordamida 
    matnni xotirada tezda tiklash mumkin bo`ladi. 
    Konspekt - u yoki bu birinchi manbaadagi axborotning mazmunini to`liq 
    bayoni. U mazmunga ko`ra to`liq hamda hajmga ko`ra iloji boricha qisqa bo`lishi 
    kerak. Konspektni o`z so`zlari bilan tuzish kerak, bu o`qilganni anglash va taxlil 
    etishni talab qiladi va shu bilan tadqiqotiy ishga katta foyda keltiradi. Ishlanayotgan 
    axborotni eslab qolishning turli usullari mavjud: mexanik, mazmuniy, ixtiyoriy, 
    g’ayriixtiyoriy. 


    48 
    Shuni ta`kidlash joizki, ishlanayotgan axborotni eslab qolishning universal 
    usuli yo`q. Amalda, ko`pincha, usullar majmuidan axborotning u yoki bu qismi 
    tavsifiga bog’liq holda foydalaniladi. 
    Ishlanayotgan axborotni tahlil qilish - ilmiy tadqiqotning muhim vazifalaridan 
    biri. 
    Tahlil jarayonida ham axborot manbaini, ham ulardagi axborotni tasniflash va 
    sistemalashtirish zarur. Manbalarni ikki xil sistemalashtirish mumkin: xronologik 
    tartibda va mavzu bo`yicha. 
    Birinchi holda barcha axborot mavzu bo`yicha ilmiy bosqichga ko`ra 
    sistemalashtiriladi, bular uchun sifat sakrashlari xosdir. Keyin har bir bosqichda 
    tegishli manbalar (bosqichlar) e`tibor bilan tanqidiy tahlil qilinadi. Buning uchun 
    yuqori darajada eruditsiya va bilmga ega bo`lish zarurdir. 
    Ikkinchi holda (mavzuli tahlil)da axborotning butun hajmi ishlab chiqilayotgan 
    mavzu masalalari bo`yicha sistemalashtiriladi. Bunda katta e`tibor ilmiy-texnikaviy 
    informatsiyaning so`nggi nashriga qaratiladi, ularda mazkur masala tadqiqoti yakuni 
    keltirilgan bo`lishi mumkin. Keyinchalik tanlov asosida alohida qiziqish tug’dirgan 
    boshqa manbalar tahlil etiladi. 
    Axborotni tahlil etishning ikkinchi talqini sodda va kam vaqt talab qiladi. Shu 
    bilan birga mazkur talqin bo`yicha mavzu bo`yicha to`liq bo`lmagan axborot hajmi 
    tahlil etiladi. 
    Ishlab chiqish (o`rganish, eslab qolish va tahlil) natijalari bo`yicha ilmiy-
    texnikaviy axborot belgilanadi:
    - dolzarblik va mavzuning yangiligi; 
    - mavzu bo`yicha nazariy va eksperimental tadqiqotlar sohasidagi so`nggi 
    yutuqlar; 
    - ilmiy tadqiqotning maqsad va vazifalari; 
    - mavzu bo`yicha ishlab chiqarish tavsiyalari; 
    - ilmiy ishlanmalarning texnikaviy, iqtisodiy va ekologik maqsadga 
    muvofiqligi. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   94




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ikkinchi bosqich - axborot manbalari bilan tanishish

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish