(verbal), grafik, matematik va fizik modellar




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/94
Sana17.12.2023
Hajmi2,53 Mb.
#121790
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   94
Bog'liq
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

(verbal), grafik, matematik va fizik modellar
Modelni tanlash ham aniq qoidalar bilan belgilanmagan. Og’zak(so`z orqali) 
modellarga to`la asoslangan fanlar mavjud bo`lsa ham, tadqiqot ob`ektini, tabiiy 
tillarning so`zlari orqali ifodalovchi bu model turi, ilmiy-texnik tadqiqotlarda faqat 
boshlangich bosqichlarida va yordamchi vosita sifatida qo`llaniladi. Buning asosiy 
sababi, og’zaki modelda yagona ma`noning yo`qligi, uni turlicha tushuntirish 
mumkinligi va nutq elementlari orqali analitik operatsiyalar o`tkazish 
imkoniyatining yo`qligidir. 
Shunga o`xshash cheklashlar grafik modellarga ham ta`luqlidir, bular turli 
ko`rinishdagi rasmlar, tuzilish sxemalari, grafiklar, chizmalardir. Ammo ba`zi bir 
tadqiqot sohalarida analitik modellarga yaqinlashtirilgan grafik modellarni yaratish 
mumkin. Misol uchun: plug korpusi ishchi yuzasini loyihalashning grafo-analitik 
usuli. 
Agar model o`zining tabiiy ob`ektidan faqat o`lchamlari (masshtablari) bilan 
farqlansayu, uning ichida kechadigan yoki o`zi bilan bog’liq jarayonlar tabiiy 
ob`ektdan farqlanmasa, bundan modellash fizik modellash bo`ladi.
Fizik model - oldingi qurilgan modellardan farqli ravishda axborotli 
ko`rinishda emas, balki ashyoviy bo`ladi. Bu, ma`lum bir darajada tadqiqot 
ob`ektiga adekvat bo`lgan fizikaviy qurilmadir. Ular ikki klass bo`yicha farqlanadi:
a) ob`ekt bilan tabiatan bir bo`lgan kichraytirilgan yoki kamaytirilgan 
(masshtabli) model (distillyator, maydalagich va h.k.larning kichraytirilgan 
modelida tajribalarni o`tkazish mumkin);
b) boshqa tabiatga ega bo`lgan model (dastgohning laboratoriya maketi
avtomobil burilishlarini virtual stendlardagi modeli bilan almashtirish). 


60 
Agar model sifatida ob`ektda boradigan jarayonni ifodalaydigan tenglama 
differentsial yoki boshqa matematik ifoda ishlatilsa, bunday modellash matematik 
modellash bo`ladi. 

Download 2,53 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   94




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



(verbal), grafik, matematik va fizik modellar

Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish