• Real vaziyatlar turli maqsadlarda modellashtiriladi. Ulardan asosiysi - yangi natijalarni yoki hodisaning yangi xossalarini oldindan aytib berishdir.
  •   4.3-rasm. Matematik modelni ishlab chiqish tarxi




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet46/94
    Sana17.12.2023
    Hajmi2,53 Mb.
    #121790
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   94
    Bog'liq
    Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

     


    62 
    4.3-rasm. Matematik modelni ishlab chiqish tarxi
    24
     
    Biroq, taklif etilayotgan modelning aynanligi haqidagi xulosa bunday 
    tekshirishda sezilarli darajada sub`yektivdir. Modelni mavjud narsani tasvirlashga 
    majbur etish mumkin, biroq u hali o`sha mavjudlik emas. 
    Real vaziyatlar turli maqsadlarda modellashtiriladi. Ulardan asosiysi - 
    yangi natijalarni yoki hodisaning yangi xossalarini oldindan aytib berishdir. 
    Ko`pincha bunday oldindan aytishlar barcha ehtimollarga ko`ra kelajakda o`z 
    o`rniga ega bo`ladi. Bashorat hodisalarga ham taalluqli bo`lishi mumkin. Bularni 
    bevosita eksperiment yo`li bilan tadqiq etish mumkin emas (kosmik tadqiqotlar 
    programmalaridagi bashoratlar). Boshqa modellar o`lchov ko`lamini ancha qulay 
    qilish maqsadida quriladi. Masalan, harorat uchun chiziqlik shkala termometrda 
    foydalaniladigan matematik model hisoblanadi. Texnikaviy ob`ektlardagi 
    matematik modellar avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT)da keng 
    qo`llaniladi. Bu modellarni mikro-, makro- va metomiqyoslarda bajarish mumkin, 
    bular ob`ektdagi jarayonlarni ko`rib chiqish detallashtirilgan darajasiga ko`ra 
    farqlanadi. 
    Mikromiqyosdagi texnikaviy ob`ektning matematik modeli bo`lib xususiy 
    hosilalardagi deferentsial tenglamalar sistemasi hisoblanadi, bular belgilangan 
    chegara shartlari bilan yaxlit muhitdagi jarayonlarni ifoda etadi. 
    Makromiqyosdagi texnikaviy ob`ekt matematik modeli bo`lib, belgilangan 
    boshlang’ich shartli oddiy deferentsial tenglamalar sistemasi hisoblanadi. 
    Metomiqyosda avtomatlashtirilgan boshqaruv nazariyasi va ommaviy xizmat 
    nazariyasini tadqiq etish predmeti bo`lgan ob`ektlar uchun matematik model 
    tuziladi. 
    24
    Л.В. Перегудов, М.Х. Саидов, Д.Е. Алиqулов. Илмий ижод методологияси.- Тошкент: "Молия" нашриёти, 
    2002 й. - б.22


    63 
    Modellashtirishning boshlang’ich jarayonida ko`rib chiqilayotgan matematik 
    o`zgaruvchanlik tabiatini belgilash qabul qilinadigan muhim echim hisoblanadi. 
    Amalda ular ikki sinfga bo`linadi: 
    • aniq o`lchash va boshqarish mumkin bo`lgan determinlangan 
    o’zgaruvchilar; 
    • aniq o`lchash mumkin bo`lmagan va tasodifiy tavsifga ega stoxastik 
    o`zgaruvchilar.

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   94




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



      4.3-rasm. Matematik modelni ishlab chiqish tarxi

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish