• Matematik model
  • Instituti




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet44/94
    Sana17.12.2023
    Hajmi2,53 Mb.
    #121790
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   94
    Bog'liq
    Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

    Matematik model – ob’ektning xossalarini matematik terminlarida to`la 
    ifodalaydi. Har qanday qurilmaning universal modeli bo`lib, uning elementlarini 
    differentsial tenglamalar yordamida ifodalashdir. Asosiy qiyinchilik, bunda olingan 
    nochiziqli tenglamalar uchun echish usullarning noma`lum bo`lishidir. Bu turdagi
    model ilmiy-texnik tadqiqotlarning asosiy modeli hisoblanadi. Masalan, ekish 
    sektsiyasi tebranishining differentsial tenglamasi. 
    Deyarli har qanday analitik yoki fizikaviy modelni EHM da raqamli shaklda 
    amalga oshirish mumkin - bunda matematik model yoki EHMda modellashtirish 
    hosil bo`ladi.
    Matematik model – bu “abstrakt” model bo’lib, abstrakt til, xususan sistema 
    faoliyatini ifodalaydigan matematik nisbatlar yordamida o’rganilayotgan 
    sistemaning formal tasvirlashni anglatadi. “Abstract” – tarjimada “tasvirlash” 
    ma’nosini ahglatadi,  
    Matematik model - o`rganilayotgan ob`ekt (sistema)ning asosiy xossalarini 
    ifodalovchi va u haqidagi ko`plab informatsiyani qulay shaklda tasvirlovchi sun`iy 
    sistema. 
    Matematik modellarni ishlab chiqish sabablari: texnologik tizimlarni 
    loyihalash jarayonida tavsiflash, tadqiq qilish, loyihalash va optimallashtirish.
    Matematik model inson faoliyatining turli-tuman sohalariga tobora kengroq va 
    chuqurroq kirib bormoqda, tadqiqotning samarali vositalaridan foydalanishga imkon 
    bermoqda. Shuning uchun fan va texnikaning turli sohalaridagi mutaxassislarning 
    matematik madaniyati o`suvi ko`zga tashlanmoqda. Ular jiddiy qiyinchiliklarsiz 
    hisoblashning umumiy nazariy qoidalari va usullarini o`rganmoqdalar. Biroq faqat 
    matematik bilimlarni egallash amaliyotda u yoki bu amaliy vazifani bajarish uchun 
    hali etarli bo`lmaydi, vazifani boshlangich ifodasini matematika tiliga o`tkazish 
    bo`yicha malaka ham hosil qilish zarur, ya`ni aniq amaliy vaziyatlarda yuzaga 
    keluvchi matematik vazifalarni qo’yish usullarini bilish zarur. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   94




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish