• Asosiy tayanch so’z va iboralar
  • Ma`ruza maqsadi
  • Instituti




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet52/94
    Sana17.12.2023
    Hajmi2,53 Mb.
    #121790
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   94
    Bog'liq
    Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

     
     
    Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar 
     
    1.Axborotlarni o`zlashtirishdagi asosiy tavsiyalarni ayting. 
    2.Axborot manbalari to’g’risida nimalarni bilasiz? 
    3.Axborotlarni yig’ishdagi asosiy tavsiyalari nimalardan iborat? 
    4.Ilmiy axborotlarni o`rganish. 
    5.Yangi material o`rganilayotganda asosiy shior qanday bo`lmog’i kerak? 
    6.Ilmiy axborotlarni tahlil qilish. 
    7.“Tizim” tushunchasiga izoh bering. 
    8.“Tizimiylik” deganda nimani tushunasiz? 
    9.Iyerarxik tahlil nima? 
    10.“Model" tushunchasini tushuntiring. 
    11.Qanaqa model turlarini bilasiz? 
    12.Og'zaki (verbal), grafik va fizik modellarni tushuntiring. 
    13.Matematik model nima? 
    14.Matematik modelni ishlab chiqish tarxini tushuntiring. 
    15.Murakkab sistemalar matematik modellarini ishlashning ikki xil 
    yondashuvi - determinik va stoxastik yo`ndashuvlarni tushuntiring. 
    16."MATLAB" va "Simulink" dasturiy paketga tushuncha bering. 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    Ma’ruza 6. 
    Ilmiy tadqiqotda o`lchash metodikasi va texnikasi 
    Reja: 
    1. Umumiy tushunchalar. 
    2. O`lchov asboblari va qurilmalari. 
    3. O`lchovdagi xatoliklar tasnifi. 
    Asosiy tayanch so’z va iboralar


    71 
    O`lchash. O`lchov vositalari. O`lchash natijalarini baholash. O`lchov turlari. 
    O`lchashdagi xatoliklar ko`rinishlari. Xatolik sinflari. 
     
    Ma`ruza maqsadi: O`lchov vositalarini tanlash va xatoliklari bo`yicha 
    baholashni o`rganish. 
    1. 
    Umumiy tushunchalar 
    Maqbul yechimlarni izlashni o`z oldiga qo`ygan zamonaviy darajada 
    loyihalashtirish - juda ko`p o’lchash va hisoblash ishlaridir. O’lchash ishlari esa har 
    doim o’lchash uslubiyoti, o’lchashlardagi noaniqliklar va boshqalar bilan
    bog’langan ma`lum bir darajadagi aniqlikka ega bo`ladi. Shu bilan birga, 
    texnologik jihozlar tizimlarini loyihalashtirish uchun ularni xarakterlovchi 
    boshlang’ich ma`lumotlar bo`lib katalog va boshqa bildirgi materiallar xizmat 
    qiladi, bu ma`lumotlar ham o`zining xatoliklariga ega bo`ladi. Shuning uchun, 
    o`lchov qurilmalarining ishidagi aniqlikni baholash, o`lchov va hisoblardagi 
    xatoliklar tabiatini bilish, o`lchov vositalaridan to`g’ri foydalanishni bilish -
    mutaxassislarning tadqiqot mavzusidan qat`iy nazar, ularga zarur bo`ladi. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   94




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish