68
4.4-rasm. Optimallashtirishning formal tarxi
MATLAB
®
(qisq. ingl.
«MATrix LABoratory»)– bu kasbiy tijorat
dasturlar paketi bo`lib, MathWorks kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
MATLAB
®
dasturlar paketi murakkab matematik
va texnikaviy masalalarni
yechishga mo`ljallangan. MATLAB
®
– o`zining shaxsiy dasturlashtirish tiliga ega
bo`lgan interpretatordir. Bu til foydalanuvchilarga o`zlarining sohalaridagi
masalalarni yechishga mo`ljallangan shaxsiy ilovalarni (dasturlarni)
yaratish
imkoniyatini beradi.
MATLAB
®
ning amalda qo`llanilayotgan istalgan operatsion tizim
platformasi uchun versiyasi mavjud –
Windows XP, UNIX, VAX platformalari
uchun. Linux operatsion tizimi uchun o`z imkoniyatlari bo`yicha MATLAB
®
paketiga o`xshash shaxsiy paket mavjud.