69
Simulink yordamida haqiqatga yaqinroq nochiziqli
modellarni tekshirish
mumkin. Masalan, ishqalanish, havo qarshiligi, mexanizmning siyqalanishi, keskin
to`xtashlarni va boshqa omillarni hisobga oluvchi real hodisalarni tasvirlovchi
modellarni tekshirish mumkin.
Shunday qilib,
Simulink – bu dinamik tizimlarni modellashtirish,
simulyatsiyalash va tahlil qilish uchun xizmat qiluvchi dasturlar paketidir. Bu paket
uzluksiz vaqtda, vaqt intervalida yoki ikkalasining ham uyg’unligida
modellashtirilgan chiziqli va nochiziqli tizimlarni qo`llab – quvvatlaydi. Bu tizimlar
ko`p tezlikli tizimlar bo`lishi mumkin, ya`ni turli tezliklar bilan tanlangan yoki
yangilangan har xil qismlarga ega bo`lishi mumkin.
Modellashtirish uchun
Simulink foydalanuvchining
grafik interfeysini
ta`minlaydi. Foydalanuvchining grafik interfeysi sichqonning
«click – and – drag»
operatsiyasi yordamida modelning blok–sxemasini shakllantirish imkoniyatini
beradi. Bu interfeys yordamida modellarni qog’oz va qalam bilan chizgan kabi
«
chizish» mumkin. Bunday imkoniyat oldingi modellashtirish paketlari
imkoniyatlaridan ancha ilgaralib ketgan. Avvalgi modellashtirish paketlari echilishi
lozim bo`lgan differentsial va chekli ayirmali tenglamalar ma`lum tilda yoki dastur
ko`rinishida tasvirlanishini talab qilar edi.
Simulink tarkibida turli bloklar mavjud
kutubxonani o`z ichiga oladi:
qabul qiluvchilar, manbalar, chiziqli va nochiziqli
komponentlar, ulatgichlar. Bundan tashkari, foydalanuvchi o`zining
bloklarini
yaratishi va sozlashi ham mumkin.
Modellar ierarxik tuzilmaga ega, shuning uchun modellarni yuqoridan pastga
tushiradigan va pastdan yuqoriga ko`tariladigan yondashishlarni qo`llab
shallantirish mumkin. Tizimni yuqori darajada ko`rib chiqish mumkin, keyin model
detallari ortib borayotgan darajalarini ochish uchun bloklarda sichqoncha tugmasini
ikki marta bosib darajalar orasida pasayib borish mumkin. Bu yondashish model
qanday tashkil etilganligini va uning qismlari o`zaro qanday ta`sir etishini
tushunishni ta`minlaydi.
Model aniqlangandan keyin, uni bajarish (ya`ni simulyatsiya qilish), ya`ni ishga
tushirish mumkin. Buning uchun integrallash usullaridan tanlash, yoki SIMULINK
menyusidan tanlashdan foydalanish,
yoki MATLAB
®
ning buyruqlar oynasida
buyruq kiritish kerak. Menyular interaktiv usulda ishlash uchun ayniqsa qulaydir,
buyruqlar satridan ishlash esa paketli modellashtirishni bajarishda juda foydalidir.
Masalan, Monte–Karlo usulini modellashtirish ketayotgan bo`lsa yoki parametrning
diapazondagi barcha qiymatlari uchun hisoblashlarni o`tkazish kerak bo`lsa
buyruqlar satridan foydalanish qulayrok bo`ladi. Maxsus namoyish etuvchi
bloklardan foydalanib, simulyatsiya jarayoni hali davom etayotgan bo`lsa
simulyatsiya natijalarini ko`rib borish mumkin. Bundan tashqari, parametrlarni
o`zgartirish va bu o`zgartirishlar qanday natija berishini darhol ko`rish mumkin
(«Agar . . . bo`lsachi?» turidagi tekshirishlarni o`tkazib, natijani bir zumda ko`rish
mumkin). Modellashtirish (simulyatsiyalash) natijalarini keyinchalik qayta ishlash
uchun MATLAB
®
ning ishchi fazosida joylashtirish mumkin.
Modellarni tahlil qilish asboblari linearizatsiyalashni va moslashish vositalarini
hamda MATLAB
®
ning ko`pchilik asbob vositalari va uning kutubxonalarini o`z
70
ichiga oladi. Moslashish vositalarini MATLAB
®
ning buyruqlar satri orqali yuklash
mumkin. MATLAB
®
va Simulink integrallashgani tufayli
muhitda uning istalgan
nuqtasida turib modellashtirish, tahlil qilish va modellarni tuzatish mumkin.