84
Tasodifiy xatolik - bir kattalikni ketma-ket o`lchashlarida kuzatiladigan turli
natijalarda xosil bo`ladi. Misol, detalning diametrini
mikrometr yordamida
o`lchashda 50, 49,99, 49,98, 50,01
mm olingan bo`lishi mumkin. Bu
tasodifiy xatolik asosida erishilgan. Partiya detallarida ishlov berilgan o’lchamlarda
hosil bo`ladigan tasodifiy xatoliklar normal taqsimot qonuniga, ya`ni Gaussning
grafik tasviri asosida tahlil qilinadi.
Tizimli xatolik - bunda ketma-ket o`lchovlarning o`rtacha qiymati, ma`lum
bo`lgan aniq qiymatdan farqlanadi va ketma-ket o`lchovlarning qaytarilishi soniga
bog’liqmas ravishda farqlanishi davom etadi. Misol: detallarga ishlov berishda
aniqlikka ko`p omillar ta`sir etadi. Bunday omillarning
ayrimlari doimiy yoki
o`zgaruvchan xarakterga ega bo`lgan tizimli xatoliklarni keltirib chiqaradi. Agar
partiya detallarining ichki tsilindrik yuzasiga razmerida xatoligi bor kesuvchi asbob-
masalan razvyortka bilan ishlov berilgin bo`lsa bunda doimiy xarakterga ega bo`lgan
tizimli xatolikka yo`l qo`yilgan bo`ladi.
Ishlov berish jarayoni davom ettiriladigan bo`lsa, keyingi partiya detallariga
ishlov berishda razvyortkaning kesuvchi qirralari emiriladi va jarayon intensivlashib
boraveradi. Shu bilan birga ishlov berilayotgan diametr kichrayib boraveradi.
Bunday xatolik ham tizimli xatolik bo`lib hisoblanadi, lekin o`zgaruvchan
xarakterga ega bo`lgan tizimli xatolik deb ataladi.
Demak tizimli xatolikka yo`l
qo`yish aniq qonuniyatga bo`ysungan holda ro`y beradi. Tizimli xatolikka olib
keluvchi omillarga: ishlov beruvchi dastgoh xatoligi, kesuvchi asbob, moslamalar
xatoligi, detallarning kesuvchi asbob va dastgoh detallarining kesish kuchi ta`sirida
deformatsiyalanishi kabi omillar kiradi.
34
34
Engineering Metrology and Measurements/ Hozef A. Gandhi. Darshan Institute of Engineering & Technology,
Rajkot . p.1.23