• Har qanday eksperiment uch asosiy tarkibiy qismdan iborat bo`ladi
  • Eksperimentator, ish boshlashdan oldin
  • Instituti




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet62/94
    Sana17.12.2023
    Hajmi2,53 Mb.
    #121790
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   94
    Bog'liq
    Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

    Eksperiment - ilmiy ishning ko`rinishi bo`lib, u ob`ektiv qonuniyatlarni 
    o`rganish 
    uchun 
    o`tkaziladi 
    va 
    o`rganilayotgan 
    ob`ektga 
    maqsadga 
    muvofiqlashtirilgan ta`sirlardan iborat bo`ladi. Eksperiment, bu maxsus 
    o`tkaziladigan ilmiy tajriba yoki aniq hisobga olinadigan sharoitlarda hodisalarni 
    kuzatishdir. Eksperimentda, uning o`tkazilish holatini kuzatish, uni boshqarish, va 
    kerak bo`lsa uni qaytarish imkoniyati yaratiladi. Eksperimentni passiv kuzatishdan 
    farqi, tekshiruvchining o`rganilayotgan ob`ektga ta`sir etish imkoniyatining 
    borligidir. 
    Eksperiment tadqiqotlarining asosiy maqsadi - nazariy tushunchalarni (ishchi 
    gipotezalarni) tekshirish. Har qanday eksperiment uch asosiy tarkibiy qismdan 
    iborat bo`ladi
    1. Eksperimentator faoliyati - sub`ektiv tomon; 
    2. Tadqiqot ob`ekti - ob`ektiv tomon; 
    3. Vositalar: instrumentlar, asboblar va jihozlar. 


    88 
    Eksperiment tadqiqotlar yaxshi tayyorgarlikdan so`ng o`tkazilib, u mumkin 
    bo`lgan kam vaqt sarfi va vositalarni hamda olingan natijalarning yuqori 
    ishonchliligini ta`minlashi kerak bo`ladi. 
    Eksperimentator, ish boshlashdan oldin: 
    • eksperiment maqsadini aniq ifodalash; 
    • eksperiment o`tkazishning rejasini va tekshirish ob`ektini tayyorlashi, 
    o`lchov vositalari va asboblarni ham tayyorlashi kerak bo`ladi; 
    Eksperimentni qo`yishda, ishonchli natijalarni olish uchun: 
    • o`rganilayotgan ob`ektni xalaqit beruvchi, ikkilamchi faktorlardan ajratib 
    olish; 
    • o`ta bir xil sharoitlarda tajribani ko`p marotaba qaytarish imkoniyatiga ega 
    bo`lish; 
    • kerakli diapazonda sharoitlarni o`zgartirish imkoniyatiga ega bo`lish kerak 
    bo`ladi. 
    O`lchov asboblarini tanlash eksperiment maqsadi va rejasi bo`yicha amalga 
    oshiriladi. O`lchov vositalari kerakli aniqlik darajasini, xatoliklarni yuqori darajada 
    yo`q qila olishni ta`minlash kerak. 
    Barcha eksperiment tadqiqotlarni tabiiy va sun`iylarga bo`lish mumkin. Tabiiy 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   94




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish