• Laboratoriya eksperimentlari
  • Ishlab chiqarish eksperimenti
  • Instituti




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet63/94
    Sana17.12.2023
    Hajmi2,53 Mb.
    #121790
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   94
    Bog'liq
    Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

    eksperimentlar sotsial xolatlarni tekshirish uchun ishlatiladi (ishlab chiqarishda
    turmushda va hokazo). Sun’iy eksperiment fanning ko`p tarmoqlarida ishlatiladi, 
    ayniqsa texnik fanlarda. 
    Eksperiment tadqiqotlar laboratoriya va ishlab chiqarish eksperimentiga 
    bo`linadi.
    Laboratoriya eksperimentlari tipik asboblar, maxsus modellar, stendlar, 
    jihozlar va hokazo ishlatilib, o`tkaziladi. Bu tadqiqotlar kerakli sondagi tajribalarni 
    o`tkazish, va oz sarf orqali yaxshi ilmiy ma`lumot olishini ta`minlaydi. Lekin, 
    laboratoriya sharoitida har qachon ham real ishlab chiqarish yoki jarayon 
    o`tkazilayotgan shart-sharoitlar to`la modellashtirilmaydi, shuning uchun ishlab 
    chiqarish eksperimenti o`tkaziladi. 
    Ishlab chiqarish eksperimenti tadqiqot ob`ektini real sharoitlarda, real ishlab 
    chiqarishning turli ko`rinishdagi ta`sirlarini hisobga olgan holda olib boriladi, faqat 
    ishlab chiqarish sharoitlaridagi eksperimentni o`tkazish juda katta tayyorgarlikni 
    talab qiladi. 
    Ba`zida, birlamchi eksperimentlarni o`tkazishga to`g’ri keladi. U, 
    o`rganilayotgan hodisalarga barcha faktorlarning ta`sirlarini tasnif (klassifikatsiya) 
    qilish uchun birlamchi qiymatlar yetishmaganda o`tkaziladi. Bu eksperimentlar 
    natijasida, tadqiqotning to`la o`tkazish dasturi yaratiladi. 
    Eksperiment tadqiqotlarni samarali (effektiv) o`tkazish uchun oldindan 
    tayyorgarlik ko’rish kerak, buning uchun: 
    - eksperiment o`tkazish uslubiyotini yaratish; 
    - kerakli materiallar, asboblarni tayyorlash; 
     - kerakli qurilmalar, stendlarni yaratish kerak bo`ladi. 
    Eksperiment uslubiyoti o`z ichiga quyidagilarni oladi: eksperimentlarni 
    maqsadi va vazifasi; o`zgartiriladigan faktorlarni tanlash, o`lchash usullari va 


    89 
    vositalari; eksperimentni o`tkazish ketma-ketligini aniqlash, olingan eksperiment 
    qiymatlarni qayta ishlash va ta`lil qilish. 
    Eksperimentning maqsadi va vazifalari ishchi gipoteza va nazariy ishlamalar 
    asosida chiqariladi. 
    O`zgaruvchi faktorlarni tanlash esa tadqiqot qilinayotgan ob`ekt yoki jarayon 
    to`g’risidagi nazariy ma`lumotlar asosida amalga oshiriladi. Maqsad va vazifalardan 
    asosiy va ikkilamchi faktorlar aniqlanadi. 
    Eksperiment o`tkazishda o`lchov usullari va vositalarini to`g’ri tanlash kerak. 
    O`lchov apparatlari mumkin bo`lgan faktorlarni o`zgarish diapazoni va kerakli 
    aniqlikka mos ravishda tanlanadi. 
    Eksperimental tadqiqotlarni o’tkazish mehnat va ashyoviy vositalarning 
    ko’plab sarflari bilan bog’langandir. Shuning uchun tajribalarni o’tkazish vaqtini
    va sarflarini sezilarli kamaytirishni ta`minlovchi eksperimental tadqiqotlarni
    usullarini o’rganish muhim. Ushbu talablarga eksperimentni rejalashtirish va 
    uning tahlilini matematik usullaridan foydalanish to’la javob beradi.
    Keyingi paytlargacha, matematik usullar, xususan matematik statistika 
    usullari, eksperimental tadqiqotlarning yakunlovchi bosqichlarida, eksperimentda 
    olingan natijalarga ishlov berish uchun qo`llanilgan.
    Eksperimentlarni rejalashtirish esa matematik usullardan foydalanmasdan 
    amalga oshirilgan bo’lib, to’la ravishda eksperimentatorning intuitsiyasiga bog’liq 
    bo’lgan. 
    Eksperiment 
    jarayonini 
    matematik 
    statistika 
    usullari 
    bilan 
    formallashtirilgandan so’ng, eksperimental ishlarni o’tkazish va rejalashtirishdagi 
    tartibsizlikni yoqotishga olib keladi. Ushbu formallashtirish quydagilarni amalga 
    oshirish imkonni beradi:
    - bir qator maqbul (optimal) xususiyatlarga ega bo’lgan eksperimentni 
    matematik modelini olish, misol uchun bir vaqtni o’zida natijalarning katta 
    aniqligini ta`minlash bilan tajribalar sonini kamaytirish;
    - eng yaxshi yo’llar orqali eksperiment natijalariga ishlov berish va olingan 
    (qayta ishlangan) natijalardan aniq formallashgan qoidalar asosida yechimlarni 
    qabul qilish. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   94




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish