92
3.Jarayonning kirish va chiqish ko`rsatkichlari
Eksperimentni har qanday rejalashtirish usulida tadqiqotchi o`lchash va
tekshirish zarur bo`lgan
jarayonning chiqish va
kirish ko`rsatkichlarini, ya`ni
faktorlarni o`rnatishi kerak.
Chiqish ko`
rsatkichlari ob`ektni va olinayotgan mahsulotni xossalarini
baholaydi, u texnikaviy - texnologik,
texnikaviy-iqtisodiy, iqtisodiy, statistik va
boshqa ko`rinishda bo`lishi mumkin.
Texnikaviy-texnologik ko`
rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
mahsulotni
fizikaviy, mexanik, fizik-kimyoviy va boshqa xarakteristikalari, shuningdek
mahsulotning chiqishi;
texnikaviy-iqtisodiy ko`
rsatkichlarga - unumdorlik, foydali
vaqt koeffitsienti, ob`ektni ishonchlilik va uzoqqa chidamliligi,
jarayonni
barqarorligi va boshqalar;
iqtisodiylarga - mashina va mexnatni unumdorligi,
mahsulotning tannarxi, foyda, foydalilik (rentabellik), eksperiment uchun sarflar va
boshqalar;
statistiklarga - dispersiya, variatsiya koeffitsienti va boshqalar.
Jarayonni chiqish ko`rsatkichi oddiy, oson
aniqlanadigan yoki hisoblab
chiqariladigan, uni aniqlashdagi xatoliklarni hisobga olgan holda yagona sonli
baholashga ega bo`lishi kerak.
Kirish ko`
rsatkichlari (faktorlari) - ob`ektga tashqi muhitni ta`sir usullariga
mos
keluvchi
o`zgaruvchan
kattaliklardir.
Ular
ob`ektning
o`zining
xarakteristikalarini va kirishdagi mahsulotlarning xossalarini aniqlaydi. Faktorlar
miqdoriy va sifatli bo`lishi mumkin.
Miqdoriy faktorlarni o`lchash, tortib ko’rish
mumkin,
faktorning miqdoriy qiymati faktorning darajasi ham deb ataladi.
Sifatli
faktorlar - bular turli ishlab chiqarish jarayonlari, turli ko`rinishdagi xom-ashyolar,
turli mashinalar va boshqalardir.
Eksperimentni rejalashtirishda, jarayonni aniqlovchi barcha ahamiyatli
faktorlarni hisobga olish kerak. Agar hisobga olinmagan faktor tasodifiy qiymatlarni
qabul qilsa va
u nazorat qilinmasa, bu tajriba xatosini ortishiga olib keladi.
Faktorlarni tanlashda quyidagi talablarni hisobga olgan holda bajarilishi
zarurdir:
•
faktorni o`lchovliligi; ya`ni uni, kerakli aniqlik darajasi bilan bor bo`lgan
o`lchash texnikasining vositalari orqali o`lchash imkoniyati;
•
boshqaruvchanlik; ya`ni ushbu faktorni bir necha oldindan berilgan
darajalarda
ushlab turish imkoniyati;
93
•
faktorlarning moslanganligi; ya`ni ikki yoki undan ortiq faktorlarning
ko`zda tutilgan kombinatsiyalarini amaliy jihatdan hosil qilish imkoniyati;
•
faktorlarni korrelyatsiyalashganligi; ya`ni
turli darajadagi har qanday
faktorni boshqa faktorlarning darajalariga bog’liqmas ravishda o`rganish
imkoniyati (faktorlarning bog’liqmasligi).