• Ikkinchi bosqich
  • To`rtinchi bosqich
  • Eksperimentlarni belgilash va bosqichlari




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet64/94
    Sana17.12.2023
    Hajmi2,53 Mb.
    #121790
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   94
    Bog'liq
    Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

    2.Eksperimentlarni belgilash va bosqichlari 
     
    Har qanday eksperiment to`rt asosiy bosqichga bo`linishi mumkin: 
    Birinchi bosqich - eksperiment vazifalarini qo`yish (uning maqsadini 
    aniqlash), u qabul qilingan ishchi gipotezadan kelib chiqadi; 
    Ikkinchi bosqich - eksperimentni rejalashtirish, ya`ni tajribalarni o`tkazish 
    ketma-ketligini va ularning sonini aniqlash
    Uchinchi bosqich - eksperimentni tayyorlash va o`tkazish. Bu bosqichga sinov 
    jihozlarini tanlash, ularni ishga tayyorlash (tekshirib ko’rish va kalibrovka qilish), 
    tajribalarini o`tkazish, olingan oraliq natijalarni tekshirish; 
    To`rtinchi bosqich - ishlov berilgan eksperiment natijalarining tahlili va bu 
    tahlil asosida qarorlarni qabul qilish
    Eksperimentning bosqichlari va tarkibiy qismlari 5.1-jadvalda keltirilgan.


    90 
    Vazifani qo`yish - bu tadqiqot qilinayotgan ob`ekt yoki jarayonning mantiqiy 
    modelini qurish bo`lib, u oldindan ishlab chiqilgan ishchi gipoteza asosidagi 
    eksperiment maqsadini o`z ichiga oladi. 
    Eksperimentning maqsadi - eksperiment identifikatsiyalash yoki maqbullash 
    (optimallashtirish) maqsadida olib boriladi. 
    Identifikatsiyalash - qandaydir taxminiy nazariy bo’lanishga, eksperiment 
    natijasida olingan ma`lumotlarni mos kelishi haqidagi gipotezani tekshirishdir. 
    Ya`ni, eksperiment, nazariy tadqiqotlar natijalarini hamda eksperiment davrida 
    olingan funktsional yoki statistik bog’lanishlarni tekshirish va tasdiqlash maqsadida 
    o`tkaziladi. Texnikaviy eksperimentlarning asosiy ko`pchiligi ushbu guruhga 
    kiradi. 
    Maqbullash (optimallashtirish) - eng maqbul yechimni qidirish, ya`ni, 
    eksperimental yo`l orqali tadqiqot qilinayotgan ko`rsatgich yoki maqsad 
    funktsiyasini (maqbullash ko`rsatkichini) ekstremal qiymatlarini (maksimumi yoki 
    minimumini) topishdir. 
    Maqsad funktsiyasi va bog’liqmas o`zgaruvchilar. Eksperimentda, tadqiqot 
    qilinadigan o`zgaruvchi yoki bir necha o`zgaruvchilarni to`g’ri tanlash juda 
    muhimdir. Bular maqsad funktsiyasi deyiladi, ya`ni u bog’liqmas o`zgarib 
    turadigan 
    o`zgaruvchilarni 
    (faktorlarni) 
    tadqiqot 
    qilinayotgan 
    bog’liq 
    o`zgaruvchilar bilan bog’lovchi funktsiyadir: 
    Y=F( x
    1
    , x
    2
    , ...., x
    n
    )
    (5.1) 
     
    bu yerda x
    1
    , x
    2
    , ...., x
    n
    -bog’liqmas o`zgaruvchilar yoki argumentlar. 
    Maqsad funktsiyasi - bir ma`noga ega bo`lishi va tadqiqot ob`ektini eng to`la 
    ravishda miqdoriy baholashi kerak. 
    Agar eksperiment maqsadi - identifikatsiyalash bo`lsa, unda maqsad 
    funktsiyasi nazariy tadqiqotlar natijasida olingan formula orqali baholanadi. Bu 
    formula orqali bo’g’liqmas o`zgaruvchilar (faktorlar) topiladi, ular eksperiment 
    jarayonida boshqariladi va o`zgartiriladi. 
    Agar eksperiment maqsadi - maqbullash bo`lsa, unda maqsad funktsiyasi 
    noma`lum regressiya koeffisientlarini polinominal tenglama yordamida matematik 
    modellashtiriladi: 
     
     Y= 

    0
     + 


    x
    1



    x
    2
     +... + 

    n
    x
    n
    (5.2) 
    bu yerda: 

    n
    -regressiya koeffitsienti, x
    n 
    -eksperiment jarayonida o`zgartirish 
    mo`ljallangan faktorlar. 
    Eksperiment natijasida regressiya koeffisientlarining sonli qiymatlari topiladi
    va har bir faktorni, uni maqsad funktsiyasiga ta`siriga ko`ra muhimligi aniqlanadi. 


    91 
    5.1-jadval. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   94




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Eksperimentlarni belgilash va bosqichlari

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish