• 4. Eksperimentlarni rejalash Faoliyat, laboratoriya qurilmasi va bajarish usullari eksperiment rejasini belgilaydi. 35
  • -rasm. Jarayonning kirish (E




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet67/94
    Sana17.12.2023
    Hajmi2,53 Mb.
    #121790
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   94
    Bog'liq
    Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

    5.1-rasm. Jarayonning kirish (E
    j
    , τ, W
    b
     va t
    b
    ) va chiqish (Y
    i
    , t
    i
     W
    i

    ko`rsatkichlari 
    4. Eksperimentlarni rejalash
    Faoliyat, laboratoriya qurilmasi va bajarish usullari eksperiment 
    rejasini belgilaydi.
    35
     
     
    Ko’p yillik tajriba shuni ko’rsatadiki, tadqiqotchida eksperimentning aniq 
    rejasining bo’lmasligi, odatda, ko’p vaqtini sarf bo’lishiga va uncha muhim 
    bo’lmagan natijalarga olib keladi. Shuning uchun, eksperimental ishlarni 
    murakkablashuvi bilan bir qatorda, uni rejalashtirish usullari ham takomillashtirib 
    borildi.
    Eksperimental tadqiqotlarning an`anaviy usullari asosida tadqiqot 
    qilinayotgan bog’lanishni bir faktorni o`zgartirish va boshqalarining o`zgarmasligi 
    holida aniqlash bir faktorli eksperiment deyiladi. 
    Bunda, tadqiqot qilinayotgan hodisa yoki ob`ektga har bir faktorning alohida 
    ta`siri o`rganiladi.
    Bunday eksperimentni klassik rejalashtirishda, eng avvalo faktorlarni quyi va 
    yuqorigi qiymatlari o’rnatiladi, ya`ni uning chegaraviy darajalari, va keyinchalik 
    quyidan yuqoriga ketma-ket, yoki aksincha, faktor qiymatlari qabul qilingan 
    o’zgartirish intervaliga mos ravishda, sakrab o’zgartiriladi. Eksperimentni, bunday 
    ketma-ket rejasi qandaydir yangi qurilmani sinovi paytida juda qulaydir. 
    35
    Gary W. Oehlert. A first course in design and analysis of experiments / Gary W. Oehlert. p. cm. Includes 
    bibligraphical references and index. ISBN 0-7167-3510-5. Copyright 2010. –p.4 


    94 
    Hozirgi paytda, eksperimental tadqiqotlarning samaradorligini oshirish uchun, 
    tadqiqotdagi ob`ektga bir qator faktorlarning (ko`p faktorli eksperiment) ta`sirini bir 
    vaqtning o`zida tekshirish imkoniyatini beruvchi matematik rejalashtirish keng 
    qo`llanilmoqda. 
    Bunday ko’p faktorli eksperimentni klassik rejalashtirishda, eksperimentga
    ishtirok etuvchi barcha bogliqmas o’zgaruvchilar (faktorlar) bittasidan tashqari, 
    qandaydir ma`lum bir darajada o’zgarmas va stabillashtirilgan qiymatga ega
    bo’ladi, bitta o’zgaruvchi esa qabul qilingan intervallarga mos ravishda barcha 
    diapazonda o’z qiymatlarini o’zgartiradi. Eksperiment natijasida, x
    2
    x
    3
    va boshqa 
    o’zgaruvchilarning o’zgarmas darajasida x
    1
    bogliqmas o’zgaruvchini ifodalovchi 
    maqsad funktsiyasini olamiz. Keyin, navbatdagi faktor o’zgartiriladi, qolganlari 
    stabillashtiriladi, va natijada boshqa faktorni ifodolovchi maqsad funktsiyasi olinadi.
    Shunday qilib, ko’p faktorli eksperimentni klassik rejasi, ketma-ket bir 
    faktorli eksperimentni yigindisidan iborat bo’ladi. Bu reja xususiy va to’la bo’lishi 
    mumkin.
    Eksperimentni rejalashtirish (ER), eksperimental tadqiqotlarini o`tkazishda 
    matematik statistikaning qoida va qonunlarini ishlatish bilan xarakterlanadi. Bunda 
    matematik statistika usullari nafaqat eksperiment natijalariga ishlov berish uchun 
    emas, balki uni maqbul ravishda tashkillash vositasi bo`lib ham xizmat qiladi, ya`ni 
    murakkab tizim va jarayonlarni, eksperimentni yuqori samaraliligini va
    tekshirilayotgan faktorlarning aniqligini ta`minlash bilan bir qatorda, tadqiqot qilish 
    va maqbullash imkoniyatini beradi. Eksperimentni rejalashtirishning asosiy 
    afzalligi - bu hodisalar mexanizmi to`g`risida to`la bilimga ega bo`lmagan holda 
    ham eksperimentlarni maqbul boshqarishdir. 
    Eksperimentni rejalashtirish, matematik statistikaning bir bo`limi sifatida 100 
    yillar oldin paydo bo`lsada, hozirda u keng va samarali amaliy qo`llanishga ega 
    bo`layotgan mustaqil fandir. Shunday qilib, eksperimentni rejalashtirish - bu 
    tajribalarni, qaysidir maqbul xossalarga asosan, qandaydir oldindan tuzilgan sxema 
    bo`yicha bajarishdir. 
     


    95 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   94




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish