7-bosqich. Natijalarni joriy etish va iqtisodiy samaradorlikni hisoblash:
Bu bosqich olingan natijalarni mualliflar ishtirokida sanoatga tadbiq etish
texnologik va konstruktorlik printsiplarini ishlab chiqish va iqtisodiy samarani
belgilash ishlaridan iborat.
Albatta ko`rib chiqilgan ilmiy tadqiqot strukturasi qat`iy emas, balki ba`zi bir
tadqiqotlarda bu bosqichlar navbati boshqacha yoki ba`zi bir bosqichlar bir necha
marta qaytarilib o`tkazilishi mumkin, lekin aytib o`tilgan bosqichlar hamma ilmiy
tadqiqotlarda bo`ladi.
4.Ilmiy tadqiqotda muammoni qo`yish
Formulating the research problem
14
:
Ilmiy bilish ilmiy muammoni hal qilish bilan bog’liqdir. Muammolarning
bo`lmasligi tadqiqotlarning to`xtab qolishi va fanning bir joyda qotib qolishiga olib
kelgan bo`lur edi.
Ilmiy tadqiqot ishlarida quyidagilar farqlanadi: ilmiy yo`nalish, muammolar va
mavzular.
Ilmiy yo`nalish - fanning muayyan tarmogida yirik, fundamental, nazariy
eksperimental masalalarni hal etishga bag’ishlangan jamoaviy ilmiy tadqiqot sohasi.
Ilmiy yo`nalish quyidagi tuzilmaviy birliklarga bo`linadi: mujassama muammolar
va muammolar, mavzular va masalalar.
Muammo - murakkab ilmiy masala bo`lib, hal etishni, tadqiq etishni talab
qiladi. U muammoviy vaziyat natijasi hisoblanadi, bu mavjud eski bilimlar va
empirik yoki nazariy tadqiqotlar natijasida yangidan topilgan bilimlar o`rtasida
ziddiyat yuzaga kelishi tufayli hosil bo`ladi.
Mavzu - bu ilmiy masala bo`lib, tadqiqot talab qiluvchi muammolar muayyan
sohasini qamrab oladi. U ko`plab tadqiqiy masalalarga - muammoning aniq bir
sohasiga taalluqli ancha mayda ilmiy masalalarga asoslanadi. Masalani yoki
masalani hal etishda muayyan tadqiqot vazifasi echiladi, masalan, yangi materialni
ishlab chiqish, konstruktsiya, ilg’or texnologiya va h.k.lar ni yaratish. Bunda ularni
bajarish faqat nazariy ahamiyat kasb etibgina qolmay, balki asosan kutilayotgan
muayyan iqtisodiy samaraga ega amaliy ahamiyat ham kasb etadi.
Muammo va mavzuni tanlash qiyin va mas`uliyatli ishdir, u bir necha
bosqichda o`z yechimini topadi.
14
Kothari C.R. Research methodology (Methods & Techiques) // New Delhi: New age international limited, 2009. -
pp.12-30
30
Birinchi bosqichda, muammoviy vaziyatdan kelib chiqib, muammo ifoda
etiladi va kutilayotgan natija umumiy tarzda belgilanadi.
Ikkinchi bosqichda, muammoning dolzarbligi, uning fan va texnika uchun
ahamiyati aniqlanadi.
Uchinchi bosqichda muammo tuzilmasi ishlab chiqiladi: kichik mavzular,
savollar va ular o`rtasidagi bog’liqlik farqlanadi. Natijada muammo daraxti
shakllanadi.
Keyinchalik, muammolar asoslangandan, uning tuzilmalari ishlab chiqilgandan
so`ng ilmiy xodim (yoki jamoa), qoidaga ko`ra, ilmiy-tadqiqot mavzuini mustaqil
tarzda tanlaydi.
Ko`pincha mavzuni tanlash tadqiqotni olib borishdan ko`ra murakkabroqdir.
Ilmiy tadqiqot mavzusiga bir qator talablar qo`yiladi.
1. Mavzu dolzarb bo`lishi, hozirgi paytda hal etishpi talab qilishi zarur.
Fundamental tadqiqotlar bilan bog’liq mavzular dolzarblik darajasini belgilash
uchun hozircha tegishli mezonlar yo`q. Shuning uchun, mazkur holda dolzarblikni
yirik olim yoki ilmiy jamoa belgilaydi. Mavzuning amaliy tavsifiga kelsak,
ularning dolzarbligi, qoidaga ko`ra, ishlab chiqarish muayyan tarmog’ining
rivojlanish va iqtisodiy samaradorlik talablariga ko`ra belgilanadi.
2. Mavzu yangi ilmiy masalani hal etishi va ilmiy yangilik tavsifiga ega
bo`lishi kerak.
3. Ilmiy mavzuga qo`yiladigan muhim talablar bo`lib iqtisodiy
samaradorlik va ahamiyatlilik hisoblanadi. Amaliy tadqiqotlar bilan bog’liq
mavzular tanlash bosqichida taxminiy belgilanadigan iqtisodiy samara berishi lozim.
Fundamental tavsifdagi mavzuni tanlashda iqtisodiy samaradorlik mezoni
ahamiyatlilik mezoniga o`z o`rnini bo`shatib beradi.
4. Mavzu ilmiy yo`nalishiga mos bo`lishi kerak. Bu ilmiy jamoa malakasi va
vakolatidan eng to`liq ravishda foydalanishga imkon beradi. Natijada ishlanmaning
nazariy darajasi, sifati va iqtisodiy samarasi oshadi, tadqiqotning bajarilish muddati
qisqaradi.
5. Joriy etilish mavzuning muhim tavsifi bo`lib hisoblanadi. Mavzuni
ishlab chiquvchilar uni rejadagi muddatda tugatilish imkoniyatini belgilashlari va
buyurtmachining ishlab chiqarish sharoitlariga joriy etilishini aniqlashlari
kerak. Ular tegishli ishlab chiqarishni, uning hozirgi vaqtdagi va kelgusidagi
talablarini yaxshi bilishlari kerak.
Mavzuni tanlash mamlakat va xorijiy adabiyot manbalarini ya`ni hal
qilinayotgan masalaga bag’ishlangan bo’lishi talab etiladi. Adabiyotlar diqqat bilan
o`rganib chiqishi kerak. Bu “velosipedni qayta kashf etmaslik” uchun, shuningdek
zamonaviy ilmiy-tadqiqotlar yo`nalishini aniqlash uchun zarur.
Keyingi yillarda mavzuni tanlashda eksperiment baholash usuli keng
qo`llanilmoqda. Buning ma`nosi shundaki, rejalashtirilayotgan mavzu mutaxassis-
ekspertlar tomonidan baholanadi. Har bir ekspert mavzularga qo`yiladigan tegishli
talablarni ballarda baholaydi.
|