• 1-bosqich. Tanlangan mavzuning dopzarbligini asoslash va muammoni ifoda etish
  • Instituti




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/94
    Sana17.12.2023
    Hajmi2,53 Mb.
    #121790
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   94
    Bog'liq
    Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

    Eksperement deb – aniq belgilangan sharoitda ma`lum bir hodisani, jarayonni 
    va h.k.ni aniq maqsad yo`lida o`rganish uchun qo`yilgan tajribaga aytiladi.
    Bunda tadqiqotchiga bo`layotgan o`zgarishlarni qadam-baqadam kuzatish, 
    hodisalarga turli vositalar bilan ta`sir ko`rsatish, ularni avvalgi sharoitda takrorlash 
    imkoniyati tug’iladi. Eksperimentda kuzatish, qiyoslash va o`lchash usullaridan 
    foydalaniladi. Bunda bir yoki bir nechta omillarni boshqalarga ko`rsatgan ta`siri 
    o`rganiladi. Eksperiment ilmiy jihatdan asoslanishi va uning xatosi aniqlanishi 
    lozim. 
    Eksperiment - bu ilmiy bajarilgan tajriba bo`lib, ilmiy tadqiqotning mehnat 
    ko`p talab qiladigan texnik murakkab bosqichidir. Ko`p hollarda eksperiment 
    nazariy tadqiqotlardan keyin amalga oshiriladi. Bunda eksperiment nazariy 
    tadqiqotlar natijalarini tasdiqlaydi yoki rad etadi. Lekin boshqacha navbat bo`lishi 
    ham mumkin, ya`ni birinchi eksperiment o`tkaziladi keyin esa nazariy tadqiqotlar 
    o`tkaziladi. Bu hol qachon nazariy baza kam bo`lganda amalga oshiriladi. Bunda 
    nazariy tadqiqot eksperiment natijalarini umumlashtiradi.
    Empirik tadqiqot usullari farazni dalillash uchun asos bo`lib qolmay, balki 
    yangi ilmiy kashfiyotlar, qonunlar va boshqalarni ochish manbai hisoblanadi.
     
    3.Ilmiy tadqiqot strukturasi 
    Amaliy fanlar bo`yicha, ayniqsa texnikaviy fanlar bo`yicha tadqiqotlar bir 
    necha bosqichlarda olib boriladi, ana shu bosqichlar tadqiqotlar strukturasini tashkil 
    etadi.
    Ilmiy tadqiqotlar bajarish strukturasini 7 bosqichdan iborat sxema tarzida 
    ko`rsatish mumkin (1.2-rasm).
    1-bosqich. Tanlangan mavzuning dopzarbligini asoslash va muammoni 
    ifoda etish: bo`lajak tadqiqotlarga taalluqli muammolar bilan mamlakat va xorijiy 
    adabiy manbalar bo`yicha tanishish, uning dolzarbligini asoslash; muammolar 
    bo`yicha tadqiqotlarning muhim yo`nalishlarini belgilash va tavsiflash; bunday 
    axborotlarni to’plash va o’rganish butun tadqiqotlar davomida amalga oshirish 
    lozim. 
    Muammo (arabcha so`z bo`lib “masala”, “vazifa” ma`nolarini ifodalaydi) – 
    ilmiy bilishning hali bilib olinmagan va hal qilinmagan, lekin echilishi lozim bo`lgan 
    shakli, bosqichidir.

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   94




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish